Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Narx belgilashning nazariy asoslari va narxlashtirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
10.2 Narx belgilashning nazariy asoslari va narxlashtirish.
Narxlashtirish korxonaning bozorda aniq ulushga erishishi, ko’zda tutilgan foydani olishi va umuman tovarning qaysi hayotiy bosqichida, qanday siyosat yurgizib, raqobatchilar hatti-harakatlariga javob topishi demakdir. Hozir ko’pchilik korxonalar rahbarlarining (menejerlari) fikrlaricha narx siyosatini to’g’ri tanlash, yangi tovarni bozorga kiritish, tabaqalash, sotish xarajatlari va boshqa omildan ham muhimroq hisoblanadi. Chunki, keyingi vaqtda bank tizimi, transport vositalari va iqtisodiyotning boshqa sohalariga ko’proq erkinlik berish baho raqobatini kuchaytirmoqda. Narxning o’zgarishi orqali raqobat kuchayishiga, talabning oshishi yoki pasayishiga erishish mumkin. Aksincha, narx qancha past bo’lsa, talab shuncha 175 oshadi. Baho talab qayishqoqligining o’zgarishiga olib keladi. Ammo hamma haridorlar ham bahoning o’zgarishiga bir xil munosabatda bo’lmaydilar. Korxonalar o’z tovarlariga baho belgilashdan oldin, unga ta’sir etuvchi tashqi omillarni chuqur tahlil qilishlari zarur. Jahon tajribasida iste’molchilarni harid qilishlariga qarab quyidagi to’rt turga (segmentga) bo’lib o’rganiladi: - tejamli haridorlar - harid qilishda asosiy e’tiborni tovar bahosiga, sifatiga va assortimentiga qaratadigan haridorlar; - o’z mavqeiga ishongan haridorlar - tovar obraziga, korxona obro’-e’tiboriga va xizmat ko’rsatish darajasiga ko’proq ahamiyat beradilar; - nafosatli haridorlar - kichik firmalarni qo’llab – quvvatlash uchun ular tovarlari turlariga va bahoga ahamiyat bermaydi; - faqat tovar sotib olish jarayonidagi qulay sharoitlarga qarab (bahosidan qat’iy nazar) tovar harid qiluvchi iste’molchilar. Ba’zi haridorlar universal assortimentli va past baho bilan savdo qiluvchi do’konlarni ko’proq xohlashadi. Hukumat o’z tomonidan aholini ijtimoiy muhofaza qilish, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari va boshqa ayrim tovarlarning sotilishini chegaralab turish maqsadida baho siyosatiga ta’sir ko’rsatadi. Тovar harakati qatnashchilari: ishlab chiqaruvchi firma ko’proq foyda olish maqsadida monopol baho o’rnatishga, ulgurji va chakana savdo tarmoqlari ham o’z foydasiga ko’proq qo’shimcha hissa olishga harakat qiladi. Bahoga ta’sir etuvchi asosiy omil - bu raqiblar siyosatidir. Agar bozor to’yingan "haridorlar" bozori bo’lsa, boshqa omillar ta’siri sezilmaydi. Faqat narxlar raqobati orqali talab va taklif muvozanati ta’minlanadi. Shu bilan birga baho tovar ishlab chiqarish xarajatlari - xom ashyo, ish haqi, transport, reklama kabilarga bo’lgan sarflar ta’sir ko’rsatadi. Narxlashtirish strategiyasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi. Maqsadni aniqlash, narxlashtirishning umumiy siyosatini belgilash, baho strategiyasini amalga oshirish va narxni moslashtirish. Amaliyotda, narxlashtirishning uch xil maqsadi mavjud bo’lib, korxona ulardan birini tanlashi mumkin. 176 Birinchi holatda korxona bozorda o’z ulushini ko’paytirishga qiziqsa, ikkinchisida - foydani ko’paytirish kerakligi, daromad olish va investitsiya xarajatlaridan foyda kelishini ko’zlaydi. Uchinchisida - korxona bozordagi o’z holatini ushlab turishiga asoslangan strategiyasida, hukumat tomonidan bo’ladigan noxush harakatlarning oldini olishga, raqiblar ta’sirini pasaytirish, tovar harakati qatnashchilari bilan munosabatlarni saqlab qolish, yangi raqobat chiqishiga qarshi turish va bahoni muvozanatlashtirishga harakat qiladi. Narxlashtirishning umumiy siyosati doirasida, korxona tovarining bahosi uning aniq bozori va marketing faoliyati bilan bog’lanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling