Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet97/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   173
Erkin bozor narxi (muvozanatli narx) — erkin bozorda sotuvchilar va 
haridorlar koʻpchilik boʻlganidan ulardan hech biri oʻzi xohlagan narxni 
oʻrnatolmaydi. Bu yerda talab-taklif nisbatiga qarab erkin savdolashuv narxi, yaʼni 
muvozanatli narx yuzaga keladi;
monopol narx — monopol bozorda sotuvchi yoki haridor ozchilik yoki 
yagona boʻlganida ular xohlagan narx oʻrnatiladi. Bu bozorga zoʻrlab kiritiladigan 
narx boʻlib, odatdagi narxlardan yuqori boʻladi va monopol foyda olishga xizmat 
qiladi;
Ulgurji narx — tovar ishlab chiqaruvchilar savdo firmalariga tovarlarni bir 
yoʻla koʻtarasiga sotishida qoʻllanadi. Tovar birjalari va savdo uylarida ham ulgurji 
narxlar qoʻllanadi;
shartnoma narxlari — sotuvchi va haridorlarning roziligi bilan 
belgilanadigan va oʻzaro tuziladigan shartnomada koʻrsatiladigan narx. Bunday 
narx, odatda, shartnoma muddati amal qiladigan davrda oʻzgarmaydi. Koʻproq 
milliy va xalqaro bozorlarda qoʻllanadi.
Chakana narx — tovarlar bevosita isteʼmolchilarga yakkalab sotilgan 
chog’da qoʻllanadi va miqdori ulgurji narxdan yuqori boʻladi;
Preyskurant narx — haridor uchun bildirgich yoki maʼlumotnoma narx 
boʻlib xizmat qiladi va haqiqiy narx preyskurantlar (koʻrsatkichlar)da eʼlon qilingan 
narx atrofida boʻlishini anglatadi;
Dotatsiyalangan narx — davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan, 
bozor narxidan pastroq qilib belgilangan narx, narxdagi farq byudjet beradigan 
dotatsiya bilan qoplanadi. Bu narxni oʻtish davrida turgan mamlakatlarda davlat 
aholini ijtimoiy himoyalash uchun qoʻllaydi;
Demping narx — bozorda oʻz mavqeini mustahamlash va raqiblarni siqib 
chiqarishda qoʻllanadigan maxsus pasaytirilgan narx, xalqaro bozorlarda koʻproq 
qoʻllanadi. 


174 
Bozor koʻlamiga koʻra, narxlar xududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor 
narxlariga boʻlinadi.
Hududiy narx — faqat maʼlum hududiy bozorga xos boʻlib, u shu hudud 
doirasidagi omillar taʼsirida hosil boʻladi.
Milliy bozor narxi — bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning 
xususiyatini aks ettiruvchi narxlardir.
Xalqaro narx — muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning 
nafliligi jihatidan jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro bozordagi 
talab va taklif nisbatini hisobga oladi. 
Narxlar farqining miqdoriy ifodasi narx diapazoni deyiladi. Narx diapazoni 
narxlar oraligʻining puldagi ifodasidir. narx diapazoni quyi, oʻrta va yuqori narxlarni 
oʻz ichiga oladi. Bu diapazon qanchalik katta boʻlsa, tovar muomalasi shunchalik 
tez yuz beradi, talab bilan narx oʻzaro bogʻlanadi.
Iqtisodiyot bir-biriga bogʻliq va yagona boʻlganidan turli tovarlar va xizmatlar 
narxlari bir-birini yuzaga chiqaradi, toʻldiradi va oʻzaro taʼsir koʻrsatadi. Ularning 
har biri oʻzi bilan bogʻliq keyingi mahsulot harajatlarini shakllantiradi. Koʻpgina 
sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurlar (metall, neft, ko’mir, gaz, 
yogʻoch, bugʻdoy, paxta kabi tovarlar) narxining oʻzgarishi bozordagi jami narxlar 
nisbatiga taʼsir koʻrsatadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling