5-mavzu bo‘yicha glossariy Investitsiya


Download 38.3 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi38.3 Kb.
#1553927
  1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu. Glossariy


5-mavzu bo‘yicha glossariy


Investitsiya. Pul, moddiy va nomoddiy shakldagi kapitalni tadbirkorlik faoliyati obektlariga daromad olish va kelajakda ularning qiymatini ko’paytirish maqsadida yo’naltirish “investitsiya”lar deb ataladi.
Investitsiya faoliyati. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsiyalarni amalga oshirish bo’yicha qilayotgan amaliy harakatlari majmui “investitsiya faoliyati” deb yuritiladi. Korxonalar investitsiya faoliyatini amalga oshirish borasida turli maqsadlarni ko’zlayilar. Ayrim korxonalar uchun investitsiya faoliyati bilan shug’ullanish ularning asosiy faoliyat turi hisoblanib, kompaniyaning moliyaviy natijalari shu yo’nalishning natijalariga bevosita bog’liq bo’lsa, ayrimlari investitsiyalarni keyinchalik muhim ishlarni amalga oshirish uchun zahira sifatida ushlab turadi, boshqalari esa savdo munosabatlarini mustahkamlash yoki tijorat sohasidagi ustunlikka ega bo’lish uchun savdo investitsiyalariga mablag’ yo’naltiradi.
Investitsiyalar hisobini yuritishning vazifalari quyidagilardan iborat:
- investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq xo’jalik muomalalarini o’z vaqtida, to’liq va to’g’ri aks ettirilishini ta’minlash;
- investitsiyalarni toifalari bo’yicha to’g’ri turkumlanishini ta’minlash;
- investitsiyalarni baholash va qayta baholash muomalalarini to’g’ri amalga oshirish;
- investitsiyalarni bir toifadan boshqasiga o’tkazilishi muomalalarini to’g’ri amalga oshirilishini ta’minlash;
- investitsiyalardan olingan daromadlarni to’g’ri hisobga olinishi, soliqqa tortilishi va moliyaviy hisobotlarda to’g’ri ko’rsatilishini ta’minlash;
- turli toifadagi investitsiyalarni chiqib ketishi muomalalarini to’g’ri aks ettirilishini ta’minlash;
- investitsiyalar bilan bog’liq xo’jalik muomalalarni milliy standartlari talabi asosida yoritilishini taminlash.
Investitsiyalar turlari. Buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlari talablariga binoan xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalar quyilgan vaqtiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
uzoq muddatli investitsiyalar;
qiska muddatli investitsiyalar.

Download 38.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling