Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Xorijiy mamlakatlarda boshqaruv tajribalari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12.5 Xorijiy mamlakatlarda boshqaruv tajribalari
Xorijda boshqarish bo‘yicha yapon tajribasi sanoati rivojlangan barcha mamlakatlarda o‘rganilmoqda. 1945-yildan so‘ng qisqa davrda yapon boshqaruvchilarining katta yutuqlari ko‘pchilikning diqqatini o‘ziga tortmoqda. Bu davrda yaponlar an’anaviy boshqarishning tashkiliy tizimini tubdan o‘zgartirdilar: unga ular maqsadga muvofiq Amerika menejmenti ekspertlarini kiritdilar. 219 Yapon biznesining bayroqdorlaridan biri Konosuke Matsusiti boshqarish samaradorligining zarurligiga jamoatchilikning e’tiborini jalb qilib, shunday degan edi: «Hozirgi tadbirkorlik tashkilotlari ijtimoiy hayotni qo‘llab-quvvatlashda muhim rolni bajarmoqda. Oziq-ovqat, kiyim-bosh, uy-joy sharoitlari taqsimot natijasida hammaga yetarli bo‘lmoqda. Bu ijtimoiy maqsadlarga erishish uchun har bir korxona taraqqiyot va ishga qobiliyatli holatini saqlashi lozim. Biz boshqarish deb ataydigan faoliyat to‘la safarbarlikni talab qiladi, bunda insoniy tajriba va intellekt mujassamlashgan. O‘zini boshqarishga bag‘ishlagan odam, juda hurmatli bo‘lib to‘la safarbarlik va o‘z hayotini qurbon qilishgacha tayyorlikni talab qiluvchi mas’uliyatli lavozimni egallaydi». K. Matsusitining ijodiy izlanishlari o‘ziga xos bo‘lgan «Yapon boshqarish tizimi»ni yaratish bilan tugadiki, boshqarishning bunday yapon tizimini, amerika modeli ega bo‘lmagan bir qancha konsepsiyalar belgilaydi. Ulardan eng muhimi umrbod ishga qabul qilish jarayonidir. Shuningdek, boshqarishda rahnamo nazariy kuchli va amaliy qo‘llanadigan konsepsiyalarga ega bo‘lishi, jazolash va izza qilishga chek qo‘yish mojaroga yo‘l qo‘ymasligi, maqsadni aniq ko‘rish, erkinlik hissiga ega bo‘lishi kerak. Yaponiyada tashkil etilgan «Sifat to‘garaklari» ham ulardagi boshqarish uslubini boshqalardan ajratib turadi. Bu to‘garaklarda oddiy ishchidan tortib, korxona rahbarigacha ijodiy g‘oyalar bilan qatnashishi, izlanish va tashabbuskorlik, kerak bo‘lsa o‘zini qurbon qilishi bilan boshqa xorijiy, an’anaviy boshqarishlardan ajralib turadi. Xorijiy tajribalardan Shved modeliga nazar tashlasak, bu modelga xos xususiyatlarning bir qancha milliy tomonlarini ko‘rish mumkin: bular ratsionalizm, tadbirkorlik, muammolarni inqiloblarsiz, katta sakrashlarsiz tinch yo‘l bilan hal eta bilish. Shved modeli shunga asoslanadiki, davlat firmalarning ishlab chiqarish faoliyatiga aralashmaydi, mehnat bozoridagi faol siyosat bozor ijtimoiy-iqtisodiy chiqimlarini iloji boricha minimum miqdorda saqlashi lozim. Modelning yana bir muhim tomoni shundaki, xususiy sektor ishlab chiqarishni maksimal o‘stirish, xalqning turmush darajasini yaxshilash, soliqlar tizimi orqali davlat tomonidan olingan foydani iloji boricha ko‘proq qismini aholiga bo‘lib berishni nazorat qiladi. 220 Biroq bunda ishlab chiqarish asoslariga ta’sir ko‘rsatmaslik kerak (erkin sohibkorlik, raqobat, talab va taklif). Bunda asosan jamoa pul jamg‘armalari va infrastruktura elementlariga ko‘proq yon bosiladi. Bu esa o‘z navbatida soliqlar va davlat xarajatlari orqali milliy daromadni bo‘linishi, iste’mol qilinishi va qayta bo‘lib berilishida davlat roli tobora oshib boradi. Shved modelining ahamiyat kasb etuvchi tomonlari uning yuqori darajada institutlashtirish (qonun kuchi) davlatning inqirozlarga qarshi siyosatining faolligidir. Ko‘pchilik shved tajribasini va uslublarini osongina eksport qilish va uni istalgan mamlakatda hayotga tatbiq qilish mumkin deb o‘ylaydi. Lekin har bir mamlakat o‘z milliy an’analari, dini, tarixiga ega va shularga qarab ish ko‘rishi lozim.Bundan tashqari kimdir shved modeli qotib qolgan va yakunlangan narsa, shvedlar endi hech narsa qilmay yashayverishlari mumkin deb o‘ylaydi. Amalda esa bunday emas. Yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, shved modelida doimo o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, chunki dunyodagi har bir o‘zgarishga mos harakat qilinmasa ortda qolishi hech gap emas. Biroq shved modeli orqali ko‘p mamlakatlar o‘zlariga xulosa chiqarib olishlari lozim. Masalan, shved modelining asosiy qismi mehnat bozoridagi faol siyosat tajribasi boshqa mamlakatlar tomonidan qo‘llanilishi mumkin. Buning ma’nosi shuki: ishsizlarga faqat nafaqa berib ulkan pul mablag‘larini sarf qilishning keragi yo‘q, buning o‘rniga ishsizlarni qayta tayyorlab, ularning malakasini oshirib mehnatning boshqa turlariga yo‘naltirishga qaratiladi. Biz uchun esa shved modeli shunisi bilan muhimki, davlat boshqaruvi bozor stixiyasini chegaralash va bozordan qo‘rqmaslikni o‘rganish imkonini beradi. U oddiy kapitalistik mamlakatlarning harakat doirasidan chetga chiqadi va eng asosiysi shved modeli kuchli ijtimoiy siyosatga ega bo‘lgan davlat yaratish mumkinligini isbotlaydi. Endi Germaniya tajribalariga nazar tashlasak, ularda ham kuchli ijtimoiy siyosat qaror topganligini ko‘ramiz. Ularning boshqaruvdagi yaxshi xislatlaridan biri xo‘jalik yuritishda va hayotning barcha sohalarida tejamkorlikka qattiq rioya qilishdir. Ular tejamkorlik masalalariga nafaqat o‘z manfaatlari, balki jamiyat nuqtayi nazaridan qaraydilar. Nemislarning tejamkorliklari ularning vaqtga bo‘lgan 221 munosabatlari orqali ham namoyon bo‘ladi. Ular o‘z vaqtlarida o‘zgalar vaqtlarini ko‘radilar va uni qadrlagan holda har ishni o‘z vaqtida bajarishga harakat qiladilar. Xitoy boshqarish tajribasiga kelsak u yerdagi o‘ziga xos demografik vaziyat masala yechimini boshqacharoq hal qilishga qaratilib, qishloqlarda sanoat korxonalari, hunarmandchilik shohobchalari, savdo va maishiy xizmatga yoshlarni va ishga qobiliyatli aholini jalb qilish orqali iqtisodiy o‘sishga erishilmoqda. Haqiqatan ham har bir davlat o‘zining kelib chiqish tarixi, iqlim sharoiti, geografik- hududiy joylashishi kabi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shuning uchun biror mamlakat joriy etish uchun boshqa biror davlatning modelini ko‘chirib olish mutlaqo noto‘g‘ri ekanligi haqiqatga mos tushadi. Faqat har bir ijtimoiyiqtisodiy sohani rivojlantirish uchun turli davlat tajribalaridan ijobiy foydalanish maqsadga muvofiqdir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling