Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Boshqaruv qarorlarini optimallashtirish usullari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
13.4. Boshqaruv qarorlarini optimallashtirish usullari va ularning bajarilishini tashkil etish Boshqaruv qarorlarining asosi deb optimal (maqbul) variantga eng yaqin bo’lgan, eng qulay variant qabul qilinadi. Bu variant mehnatni, moliyaviy-texnik resurslarni va vaqtni eng kam sarf qilingan holda, korxonadagi mavjud holat haqidagi mantiqiy axborotlarni yig’ib, tahlil qilish orqali kelib chiqadi. Optimal (maqbul) qarorni yoki unga yaqin qarorni tanlashda kerakli usul va uslubni qo’llash darkor. Boshqaruv amaliyotida qarorlarni qabul qilish va ular bilan ishlashning quyidagi usullari mavjud: tizimli-iqtisodiy va ijtimoiy tahlil, statistik javoblar va baholar usuli; variantli qatorlarning, ya’ni reja - ishlab chiqarish kabi modellarni tahlili, rivojlanish tendensiyalarini va ishlab chiqarishning mavsumiy xarakterini aniqlash usuli; tajriba javoblarini statistik tahlilini o’z ichiga olgan, tajribaviy modellashtirish usuli. Yechilayotgan muammolarni, jarayonlarni modellashtirish usuli, EHM va iqtisodiy-matematik usullar orqali bajarilsa, xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatidagi kamchilik va yutuqlari optimal ravishda kuzatish mumkin; matematik dasturlash usuli; maqsadlarni baholash va kutilayotgan xavf nazariyasi usuli. Bu usul o’qitish va motivatsiya nazariyasini hisobga olib tabiatni o’lchash va bashorat qilish uchun ishlatiladi; modellashtirish va tadbirkorlikka oid uyinlar usuli. Bu usul EHM ishlatilishini 234 taqozo etadi; noaniqlik sharoitida individual qaror qabul qilishga xar-xil yondashishlarni o’z ichiga olgan qidirishlar nazariyasi; xarajatlar usuli. Bu usul ya’ni, axborotlar yig’ish, tahlil qilish uchun ishlatish juda ko’p mablag’ talab etadi, bunda boshqaruvchi agar bu usul optimal javob topishga yordam bersa xarajatlar oldida to’xtashi kerak emas; mutaxassislar (ekspert) bahosi mutaxassislar tahlili asosida olinadi. Bu narsa xatolarni oldini olish uchun qilinadi. Shundan so’ng mutaxassislar mavjud qarorlar ro’yxati mavjud fikrlar, takliflar va xulosalar bilan tanishib chiqadilar va o’zlarining yakuniy xulosalarini etadilar; noma’lum va noaniq vaziyatlarni baholash va tahlil qilish, odatda, mavjud ishonchli ma’lumotlar orqali amalga oshiriladi. Bu holda qabul qilinadigan qaror korxona o’z oldiga qo’ygan maqsadga bog’liq. Ba’zan qaror qabul qilish iqtisodiy- ijtimoiy tizimining rivojlanish qonuniyatiga va tendensiyasi, shuningdek tahliliy hisob-kitoblar asosida amalga oshirish mumkin bo’ladi. Boshqa hollarda albatta muammoning chuqur tahlili va xar tomonlama birlashuvi kerak bo’ladi, ya’ni muammoning turlicha karab kerakli tahlil va hisob-kitoblar o’tkaziladi; qaror qabul qilish jarayonini soddalashtirish boshqaruv jarayonidagi mehnat doirasini pasaytiradi. Agar tizimli tahlil doimo o’tkazilsa, qarorlarni ishlab chiqish usuli borgan sari soddalashib aniq holatga keladi. Soddalashgan holdagi qarorlar qabul qilish va ularning samarasini baholash ko’pincha korxona faoliyatining tahlili takrorlanuvchi holatida qo’llaniladi. bir guruh mutaxassislar tomonidan qandaydir qiyin muammoni ijodiy muhokama qilish. Bu usul jamoa tajribalari va jamoaning bilimlari boshqaruvning yechimlariga asoslanishi bilan birga yaxshi g’oyalarning yuzaga kelishiga muhit yaratish hamda muhokamadagi ishtirokchilarning yaxshi tanlanganligi alternativ yechimni topishga va muammoni to’g’ri hal qilishga ta’sir ko’rsatadi. 235 13.1-rasm. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirish jarayoni. Qarorga oid bo‘lgan bosh maqsad va vazifani aniqlash Avvalgi tajribadagi qabul qilinadigan qarorni tekshirish Qo‘yilgan vazifaning maqsadga yetishish yo‘lini tanlash Qaror modelining holati va ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan axborot yig’imi Yechiladigan muammolarga oid ilmiy va tajribaviy ma'luotlarni o‘rganish Qaror modelini ishlab chiqish Ishlatiladigan, foydalaniladigan resurslar Qaror variantlarini ishlab chiqish Qaror variantini baholash va tahlil qilish Qo‘yilgan maqsad yoki vazifalar bajarilishi mumkin bo‘lgan natijalarini tekshirish Aniq vaziyat Xavf-xatarli vaziyat Noaniq vaziyat Variantni optimal baxosi bilan ta'minlash Variantning ko‘p foydali yoki eng zo‘r baxosini tanlash Maqsadga yetishish yo‘liga javob beradigan variantni tanlash Qaror variantini baxolash kriteriyasining yakuniy tanlovi. Asosiy alternativ variantini tanlash Qarorlarni tasdiqlash, ma'muriy hujjatlarni chiqarish va ularni ijrochilarga yetkazish Qaror bajarilishini nazorat qilish, uning amalga oshishini samarasini baholash Rejalashtirilgan darajadan holi bo‘lgan buysunuvchi ob'yektlarning holatini baholash. Keyingi qarorlar extiyojini aniqlash 236 Qabul qilingan qarorlarning maqsadga muvofiq holda bajarilishi uchun ishlab chiqarish jarayonida maxsus maqsadga yo’naltirilgan dasturlar, tarmoqli grafiklarni, matritsali boshqaruv tizimini ishlab chiqarish zarur. Bu tadbirlarni 3 ta guruhga ajratish mumkin: 1. Qarorlarni o’z vaqtida bajaruvchilarga yetkazib berish; 2. Kadrlar va resurslar optimal joylashtirish tezkor zahiralarni shakllantirish; 3. Qarorlarni bajarilishini nazorat qilish. Birinchi guruh tadbir. Qarorlarni o’z vaqtida bajaruvchilarga yetkazib berish. Bu yerda uni o’z holiga tashlash mumkin emas. Qarorlarni bajaruvchilarga bir oy- ikki oyda yetib borishini kuzatish mumkin. Bu holda u o’z faolligini va mazmunini yo’qotadi. Chunki u kech yetib boradi. Bajaruvchilarning fikrlarini keng tarqalgan shakllaridan biri ularni qaror qabul qilishga jalb qilish. Shu asosda ishlab chiqarishning ishtirokchilari qaror konsepsiyasi va masalalar yechimlari bilan tanishadilar. Ba’zan shu maqsadda ishlab chiqarish novatorlari va sardorlaridan komissiya tuziladi. Kelgusidagi ijro etuvchilar qarorlarni tayyorlashda ishtirok etishadi va bu yechimlarni haqiqatga yaqinroq qilishadi. Chunki ular ishlab chiqarish jarayonini chetdagilarga qaraganda yaxshiroq bilishadi. Shuningdek, kollektiv ishchilarining muhokamada, seminarlarda, yoki loyiha rejalashtirini qabul qilishda qatnashishganida ijobiy natijalarga erishadilar. Lekin, bu kollektivlilik faqatgina ayrim shartlar bajarilganda amalga oshiriladi, qachonki yakkaboshchilik va aniq personal javobgarlikka ega bo’lganda. Ikkinchi guruh tadbiri – bu kadrlar va resurslar harakati, shuningdek tezkor rezervlar. Har bir yechim moddiy ta’minotga muhtoj bo’lib, odamlarning qayta oriyentatsiyasi va ularning qayta tayyorlashga va almashtirishga to’g’ri keladi. Shuning uchun ishlab chiqarishdagi yirik dasturlarning realizatsiyasi va ishlab chiqarishni qayta ko’rish ishlarining uslub va formalarini keskin o’zgarishiga olib keladi. Bu kadrlar tuzilmasiga xam ta’sir ko’rsatadi. Uchinchi tadbirlar guruhi – bu nazorat, ya’ni chuqur malakali tahlil. Тizimli nazoratsiz yuqori natijalarga erishib bo’lmaydi. Boshqaruvning yuqori darajasida, 237 bunday nazoratni tashkilot aniq maqsadga va kerakli mexanizmga erishish uchun talab kiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling