Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy Texnik va texnologik Ijtimoiy Tashkiliy Harakat doirasi bo‘yicha qarorlar
13.4-rasm Boshqaruv qarorlarini qabul qiluvchilar “BOSHLIQ O’RNINI KIM BOSA OLADI?” O’QUV KEYSI Ikki yil oldin Dilmurod Usmonov bo’lim boshlig’i etib tayinlangan edi. Shu muddat ichida u birinchi bor betob bo’lib qoldi va ishga chiqa olmadi. Baxtga qarshi shu kuni boshqaruvchi bilan bir talay muhim ishlarni hal qilishi kerak edi... Uni xayolida bir qancha fikrlar charx urdi. Bo’limda nima bo’layotgan ekan? Hamkasblari usiz qanday eplashar ekan? Nima uchun hech kim qo’ng’iroq qilmayapti yoki maslahatlashmayapti? Тo’g’ri, ta’til vaqtida Fayziyev o’rnimga uncha muhim bo’lmagan vazifalarni bajargan edi, muhimlarini esa qaytishimga Iqtisodiy Texnik va texnologik Ijtimoiy Tashkiliy Harakat doirasi bo‘yicha qarorlar Strategik qarorlar Taktik qarorlar Operativ qarorlar Korxona rahbari, direktorlar kengashi O'rta pog'ona menejerlari Quyi pog'ona menejerlari/ishchilar 243 qoldirgandi. Lekin unda yoz vaqti, jim-jitlik edi. Balki o’rinbosar to’g’risida o’ylab ko’rish kerakdir... Garchand xush yoqmasada, Usmonov bu haqda ilk bor o’ylanib qoldi va hayolan vaziyatni tahlil qila boshladi. Vaqtincha vazifasini bajaruvchi qanday vakolatlarga ega? U tajribani qayerdan oladi. Shundoq ham o’zining ishlari yetib ortadi, umuman o’zi bunga rozi bo’larmikan? Agar rozi bo’lganda ham uning ishlarini kim bajaradi? Vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi imzo qo’yish huquqiga egami? Agar vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi xatolikka yo’l qo’ysa, noto’g’ri qaror qabul qilsa, u holda kim javob beradi. Fayziyev boshqa xodimlar bilan til topisharmikan? Balki, Rixsiyevdir? U har xolda jamoa bilan tez chiqishuvchan. Bu fikridan Usmonovning harorati ko’tarildi... Agar Rixsiyev bo’lim boshlig’i vazifalarini a’lo darajada uddalasa, nima bo’ladi? Chunki u yaqindagi malaka oshirishda bo’lgan va murakkab kompyuter dasturlari bilan ishlashni yaxshi biladi. Balki, shifokor ko’rsatmalariga rioya qilmasdan, ishga chiqish kerakmikan? Usmonov o’zini yomon his eta boshladi va hammasini keyinroq o’ylashga qaror qildi... Тopshiriq: 1. Bo’lib o’tgan vaziyatni tahlil qiling va menejment atamalari asosida tavsiflang. 2. D.Usmonovda paydo bo’lgan savollarga javob berishga harakat qiling va javoblaringizni asoslang. 3. Siz D.Usmonovning rahbarlik uslubini qanday baholaysiz? 4. Muqobil o’rinbosarlarning (shtat yoki o’rindoshlik bo’yicha vaqtincha vazifasini bajaruvchilarning) yutuq va kamchiliklarini tahlil eting. Ushbu variantlarning qaysi biri qanday vaziyatlarda ma’qulroq? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling