Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Ishlab chiqarish jamoasining ijtimoiy-ruhiy muhiti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
14.2. Ishlab chiqarish jamoasining ijtimoiy-ruhiy muhiti
Bizga ma’lumki, inson psixologiyasini o’rganish juda murakkab masaladir. Rahbar jamoa a’zolarini o’ziga qarata olishi, ular bilan til topisha olishi bu katta san’atdir. Shuning uchun rahbar kuchli psixolog bo’lishi lozim. Shu sababli rahbarning asosiy maqsadi va vazifalari jamoalarda ijtimoiy-ruhiy iqlimni 247 yaxshilashi lozim. Jamoa a’zolari orasidagi nizolarning ko’pchiligi ishlab chiqarishning qoniqarsiz tashkil qilinganligi, rahbarlarning ish sharoitida o’ziga bo’ysinuvchi jamoa a’zolarining ruhiy holatlarini hisobga olmaganligi, zarur ish sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi. Ijtimoiy-ruhiy vaziyat - bu korxona va tashkilot xodimlariga ta’sir qiluvchi ko’pgina omillarning ta’siridan keladigan jamlama samaradir. U mehnat qilish jarayonida, xodimlarning muomalasida, ularning shaxslararo va guruhiy aloqalarida o’z ifodasini topadi. Bu munosabatlarning normal vaziyati har bir xodimga o’zini jamoaning bir zarrasi deb his qilish imkonini beradi, uning ishga bo’lgan qiziqishini va zarur ruhiy kayfiyatini ta’minlaydi, yutuqlar va yo’l qo’yilgan kamchiliklarga adolatli baho berishga undaydi. Jamoaning ijtimoiy-ruhiy vaziyati uchta asosiy tarkibiy qismdan iboratdir: xodimlarning jamoaga ruhan mos kelishi, ularning ijtimoiy intilishlari va ahloqiy tarbiyalanganligidir. Bu tarkibiy qismlar insoniy muomalaning eng nozik torlariga, aql-idrok, iroda va his-tuyg’ularga taalluqli bo’ladi, ko’p jihatdan shaxsning foydali ishiga, ijodiy faoliyatiga, boshqalar bilan hamkorlik qilishi va jipsligiga yordam beradi. Ijtimoiy-ruhiy vaziyat xodimlarning birgalikda mehnat qilishi va bir- birlariga munosabatini ifodalab, birinchi o’ringa shunday sabablarni, chunonchi, moddiy rag’batlantirish va iqtisodiy foyda kabi omillarni qo’yadi, va natijada, xodimni rag’batlantiradi, unda kuch-quvvatning ortishini yoki pasayishini, mehnatga g’ayratini yoki unga qiziqmaslikni, ishdan manfaatdorligini yoki befarqligini ifodalaydi. Demokratlashtirish, oshkoraliq hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha eski uslublarga chek qo’yildi. Hozirgi sharoitda rahbar faqat o’z sohasini yaxshi bilibgina qolmay, balki yaxshi tashkilotchi, psixolog, tarbiyachi va ijtimoiy yetakchi bo’lmog’i lozim. Buning uchun har bir rahbar xodim: sotsiologiya, psixologiya, pedagogika fanlarini mustaqil egallashi lozim. Buni hayotimizdagi jiddiy o’zgarishlar, inson omilining faollashuvi, jamoalarning o’z-o’zini boshqarish sharoitida ular bilan ishlashni taqozo etadi. Jamoaga a’zo bo’lgan har bir shaxsning qalbiga yo’l topa bilishi rahbarning ish faoliyatida muhim ahamiyatga egadir. 248 Rahbar, ayrim xarakteri og’ir, ishchilar bilan alohida ishlashi va ularga boshqacha yondoshishi, ya’ni ish natijasini yomon baholashga shoshmasligi va shu asosda ularga xayfsan e’lon qilishi yoki jazolashi noto’g’ridir. Yaponiya ilmiy maktabida shunday deyiladiki, samarali mehnatni amalga oshirish uchun ishchilarni koyish o’rniga ularni ikki barovar maqtashi lozim. Insonlarni shaxsiy qiziqishini hisobga olishi rahbar va tashkilotchining samarali faoliyat olib borishining sharti hisoblanadi. Zamonaviy ishlab chiqarishda rahbarning murakkab vazifasi, ya’ni davlat, jamoa va shaxsning qiziqishlarini birlashtirishni bilishi lozim. Bundan tashqari u ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun moddiy va ma’naviy rag’batlantirishni to’g’ri yo’lga qo’yishi lozim. Sex rahbarlari, ustalar ishchilarning qiziqishlarini tushunib yetishishlari, ularda bo’lib turadigan muammolarni o’rtoqlarcha hal qilishlari, qilgan xatolarini yo’li bilan tushuntirishlari, hamda ularning ish natijalariga to’g’ri baho berishlari, uy sharoitlaridagi kamchiliklariga yordam berishlari, ularni ruhan ko’tarinlikka olib keladi va rahbarga nisbatan hurmatini oshiradi. Albatta, shundan so’ng har bir ishchi o’z ishiga mehr qo’yadi va berilgan vazifalarni sifatli qilib bajarishga harakat qiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling