Navoiy Davlat Konchilik instituti Konchilik fakulteti 17a-17 tmj guruh talabasi Aliqulov Javohirning “Fizika”fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi


Download 359.88 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi359.88 Kb.
#217085
Bog'liq
Aliqulov Javohir fizika mustaqil ish

Navoiy Davlat Konchilik instituti Energo-Mexanika fakulteti 11a-20 TJA guruh talabasi Aliqulov Javohirning “Fizika”fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi

O‘ZGARUVCHAN TOK ZANJIRIDA REZONANS HODISASI


O‘zgaruvchan  tok  zanjirida  qarshiligi  R bo‘lgan qarshilik, induktivligi L

bo‘lgan g‘altak va sig‘imi C bo‘lgan kondensator ketma-ket ulangan holda tok

zanjirining to‘la qarshiligi

ifoda bilan aniqlanishi Sizlarga ma’lum. Bundan, agar XC = XL bo‘lib qolsa,

XC – XL= 0 ayirma nolga teng bo‘lib, Zmin = R bo‘lib qolishi kelib chiqadi. Bun-

da zanjir qarshiligi o‘zining minimal qiymatiga erishadi. Zanjirdagi tok kuchi 

amplitudasi

Im = Um/Uz

Demak,  bu  sharoitda  zanjirdagi  tok  kuchining  amplitudasi  ortib  ketar 

ekan. Bu hodisaga elektr zanjiridagi rezonans deyiladi. Rezonans kuzatilishi



uchun

wL = 1/wC   shart qanoatlantirilishi kerak.


Biz aktiv qarshiligi nolga teng bo‘lgan tebranish konturida hosil bo‘ladigan erkin tebranishlar  chastotasi  ifoda bilan aniqlanishini bilamiz. U holda zanjirda rezonans vujudga kelishi uchun zanjirga qo‘yilgan tashqi davriy kuchlanish chastotasi zanjirning xususiy chastotasiga teng bo‘lishi zarurligi kelib chiqadi. ωrez = ω0. 3.21-rasmda zanjirdagi  tok kuchining  amplitudaviy  qiymatining unga qo‘yilgan tashqi kuchlanish chasto- tasiga bog‘liqlik gradžgi keltirilgan. Im ning chastotaga bog‘liq grdžgi resonans egri chizig‘i deyiladi.

3.21-rasmda R1 < R2 < R3.  Tashqi  kuchlanish  chastotasi  ortib  borishi  bilan  zanjirdagi  tokning  amplitudaviy  qiymati  ortib  boradi  va  ωrez = ω 0 bo‘lganda maksimal  qiymatga  erishadi.  So‘ngra  chastota  ortishi  bilan  tok qiymati  kamayib boradi.Kuzatilgan rezonans hodisasini kuchlanishlar rezonansi deyiladi.Chunki, rezonans vaqtida tok ortishi bilan g‘altak va kondensatordagi kuchlanishlar  birdaniga  ortadi.  Ularning  qiymati  tashqi  kuchlanish  qiymatidan ham ortiq bo‘lishi mumkin.

Tebranish konturlarida     shart  bajariladi.  Shuning  uchun  g‘altak va  kondensatordagi  kuchlanishlar  zanjirga  qo‘yilgan  kuchlanishdan  ortiq  bo‘ladi va R kamayishi bilan ortib boradi. Umuman olganda, aktiv qarshi- likning katta qiymatlarida rezonans amalda kuzatilmaydi. Rezonans davrida o‘zgaruvchan tokning amplitudaviy qiymati bilan umu- miy kuchlanish amplitudasi bir xil fazada tebranadi. Rezonans hodisasidan texnikada keng foydalaniladi. Radiopriyomniklarda tashqaridan  keladigan  ko‘plab  radiostansiyalar  ichidan  kerakli  stansiya  signal- larini ajratib olish rezonans hodisasiga asoslangan. Bunda priyomnikning kirish qismidagi tebranish konturidagi sig‘im yoki induktivlik qiymati o‘zgartirilib, uning  xususiy  chastotasi,  qabul  qilinishi  kerak  bo‘lgan  stansiya  signali  chasto- tasiga teng qilib sozlanadi. Konturda aynan mana shu tanlangan chastotali sig- nal uchun rezonans hodisasi ro‘y berib, uning hosil qilgan kuchlanishi eng kat- ta bo‘ladi. Elektrotexnik qurilmalarda ham rezonans hodisasi hisobga olinadi. Chunki, rezonans davrida g‘altak yoki kondensatorda kuchlanishning ortib keti- shi unda elektr teshilishlari (proboy) sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Mavzu: Relyativistik dinamika elementlari.

Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar: 1. To’rt o’lchamli kattaliklarning invarit ifodalari 2. 11-sinf Fizika kitobi(darslikdan) 3. www.ziyonet.uz 4. www.google.uz


Download 359.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling