Navoiy Davlat Konchilik Instituti konchilik fakulteti 21a-18 nrm guruh talabasi Murodullayeva Masturaning
Download 305.11 Kb.
|
mustaqil ish Murodullayeva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer osti suvlarining tasnifi.
- V=К(h :I)
- Grunt suvlari.
- Qatlamlararo (artezian) suvlar.
- Yoriqlarda joylashgan yoki karst suvlari.
- E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Navoiy Davlat Konchilik Instituti konchilik fakulteti21a-18 NRM guruh talabasi Murodullayeva Masturaning“Yer osti suvlari va ularning turlari”mavzusida tayyorlagan taqdimotiYer osti suvlari - Yer poʻstining yuqori qismidagi togʻ jinslari qatlamlarining gʻovak boʻshlikdarida joylashgan suyuq, qattiq (muz), bugʻsimon holatdagi suvlar. Ye.o.s. umumiy suv resurslarinkt bir qismi boʻlib , suv taʼminoti va sugʻorish manbai sifatida xalq xoʻjaligi uchun katta ahamiyatga ega. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ ahvoli grunt suvlarining holati bilan belgilanadi. Ye.o.s.ni gidrogeologiya fani oʻrganadi. Suv molekulyar kuchlar tutib turadigan bogʻlangan hamda ogʻirlik kuchi yoki bosim farqi taʼsirida harakatda boʻladigan gravitatsion yoki erkin holatda boʻlishi mumkin. Bogʻlanmagan suv bilan toʻyingan togʻ jinslari qatlamlari suvli gorizont deyiladi, ular suvli komp-lekslarni hosil qiladi. Ye.o.s. suv saqlovchi jinslarda tuplanish harakteriga koʻra gʻovak (yumshoq jinslarda), dara (tomir) — qattiq jinslarda va karst (gʻor) (darz-karst-yengil eriydigan karbonat va gipsli jinslarda) suvlariga boʻlinadi. Joylashish sharoitiga koʻra Ye.o.s. tuproq suvi (qarang Tuproq suv rezkimi), mavsumiy suvlar (yuza suvlar; aeratsiya zonasidagi suv saklovchi qatlamlar ustida yogʻinlar yoki sugʻorish suvlarining shimilishidan hosil boʻladi); grunt suvlari (yer yuzasiga eng yaqin birinchi suv oʻtkazmaydigan qatlam ustida toʻplanadi) va qatlamlararo (bosimsiz, bosimli, artezian, suv oʻtkazmaydigan qatlamlar oʻrtasida joylashgan suvli qatlamlar) suvlarga boʻlinadi.
Kelib chiqishiga koʻra Ye.o.s. atmosfera yogʻinlari, daryo va sugʻorish suvlarining shimilishi natijasida hosil boʻluvchi infiltratsion; togʻ jinslari qatlamlarida suv bugʻlarining quyuqlashuvidan hosil boʻluvchi kondensatsion; choʻkindi togʻ jinslari paydo boʻlish jarayonida dengiz suvlarining koʻmilib qolishi natijasida hosil boʻlgan sedimentatsion va magma soviganda yoki Yer mantiyasidan chiqadigan yuvinil suvlariga boʻlinadi. Ye.o.s. ning yer yuziga tabiiy chiqishi bulok, (chashma) deyiladi va oqib chiquvchi va qaynab chiquvchi (qaynar buloq)larga boʻlinadi.
Infiltratsion suv tabiatda keng tarqalgan, qolganlari sof holda juda kam uchraydi. Aholi, sanoat va yaylovlarni suv bilan taʼminlashda, yerlarni sugʻorishda, tibbiyotda (mineral suvlar), issiqlik bilan taʼminlashda (issiq suvlar), har xil tuz va kimyoviy elementlar (yod, bor, brom va b.) olishda Ye.o.s. dan foydalaniladi. Ye.o.s. yerlarning botqoqlanishi va shoʻrlanishiga sabab boʻladi. Bunga qarshi kurashish uchun ochiq va yopiq gorizontam drenajlar va burgʻi quduqlari kavlanadi. Choʻllarda Ye.o.sdan keng foydalanildi. Qoraqum, Qizilqum va Ustyurt yaylovlari asosan Ye.o.s. bilan taʼminlangan.
Yer osti suvlarining tasnifi.
.Yuza suvlar (verxavodka), grunt (sizot) suvlar, bosimli yoki artezian suvlarga bo'linadi. Suv o'tkazmaydigan qatlamdan ancha yuqorida vujudga kelgan suvlar yuza suvlar deb ataladi. Ular suv shimiluvchi qatlamlar orasidagi gil yoki soz tuproq ustida qum, qumoq jinslarda to'planadi. Yuza suvlar to'planuvchi qatlamning qalinligi 2-3 m dan oshmaydi. O'zbekistonda Qashqadaryo, Buxoro viloyati cho'llarida, ayniqsa Qizilqumda ko'p uchraydi. Bunday yer osti suvlari ko'pincha chuchuk bo'ladi, dashtlarda va cho'llarda ulardan aholini suv bilan ta’minlash maqsadida foydalaniladi..Grunt suvlari. Yer yuzasi bilan suv o'tkazmaydigan qatlam orasidagi suvlardir. Bu suvlar, odatda g’ovakli jins (qum, shag’al, lyoss) orasida ko'proq uchraydi. Bundan tashqari, qatlamli va serdarz jinslar orasida ham uchrab turadi. Grunt suvlarini o'tkazmaydigan qatlam ustida yana suv o'tkazmaydigan qatlam bo'lmaganligi uchun bu suv joylashgan qatlam bilan uni suv bilan ta’minlovchi qatlam birdir. Grunt suvlarining sathi yer betidan har xil chuqurlikda yotadi. Yer osti suvlarining suv bilan to'yingan qatlam yuzasi yer osti suvlarining oynasi deyiladi. Suv bilan to'yingan qatlam suv saqlovchi qatlam deb ataladi. Grunt suvlarida bosim bo'lmaydi, chunki uning ustida suv o'tkazmaydigan qatlam bo'lmaydi. Grunt suvlari pastqam joylarda (soy, jar, ariq) yer betiga sizilib chiqib qoladi. Yer osti suvlari yer yuzasiga chiqmagan joylarda quduq qazilganda ham yer osti suvlaridan ko'tarilishi, ularning umumiy sathidan oshmaydi. Bunga O'rta Osiyoda grunt suvlar yuzasini birlashtiruvchi quduqlar (kyariz) usuli misoldir.Yer osti suvlari daryo, ariq suvlariga nisbatan ancha sekin harakatlanadi. Yer osti suvlari tog’ jinslari orasidan ko'pincha nishab tomonga qarab sizib o'tadi. Rel'yefning bunday joylaridan yer osti suvlari buloq yoki sizot suv tarzida chiqib turadi. Bunday suvlar Sirdaryo viloyatidagi yangi o’zlashtirilgan joylarda ko'plab uchraydi.
.Sizot (grunt) suvlar tog’ jinslari orasidan sekin, lekin doim o'tib turadi. Ularning tezligi jinsning suv o'tkazuvchanligiga va yer osti suvini saqlovchi qatlamning qiyaligiga bog’liq, quyidagi formula bilan ifodalanadi:V=К(h :I)Bunda V - oqim tezligi K - jins orasidan o'tuvchi suvning tezligi koeffitsenti, h-bir nuqtadagi yer osti suvning ikkinchi nuqtasiga nisbatan balandligi, I-ikki nuqta orasidagi masofa.Yer osti suvlarining harakat tezligi, ularning qanday jinslar orasidan o'tishiga bog'liqdir. Mayda qum orasidan bir sutkada 1-5 m, yirik qumda 15-20 m, shag’al yoki serdarz jinslarda 100 m va undan ham tezroq siljishi mumkin.Artezian suvlar. Bosimli suv odatda yer qatlamlarining tektonik jarayoni natijasida qatlamlarni botiq-sinklinal' shaklni olgan strukturalarida to'planadi. Bundan tashqari, artezian suvlar monoklinal va tektonik yoriqlarida ham paydo bo'ladi.
Grunt suvlari.Yer yuzasidan birinchi suv o’tkazmaydigan qatlam ustida joylashgan suvlar grunt suvlar deyiladi. Grunt suvlar yuzaki suvlardan katta maydonlarda tarqalgan suv o’tkazmaydigan qatlami bilan farq qiladi. Lekin ular xam yuzaki suvlari singari atmosfera yog’inlari va yer ustki suvlaridan tuyinadi. Grunt suvlarining tuyinish maydoni tarqalish maydoniga mos keladi. Tabiiy sharoitlarda grunt suvlari yuzaki suvlardan farqli o’laroq, uzoq vaqt mavjud bo’ladi.Suv singdiradigan qatlamning grunt suvlarini saqlovchi qismi suvli gorizont deb ataladi. Grunt suvlarining yuzasi satx deyiladi. Grunt suvlarining satxidan suv o’tkazmaydigan qatlamgacha bo’lgan masofa suvli gorizontning qalinligi, yer yuzasidan grunt suvlarining satxigacha bo’lgan masofa ularning satx chuqurligi deyiladi. Grunt suvlari qo’yidagi xususiyatlari bilan yuzaki suvlardan farq qiladi:1) Grunt suvlari atmosfera bilan uzviy bog’liq bo’lganligi uchun uning satxi - ozod bosimsiz yuzaga egadir. Burg’ quduqlari bilan ochilgan suv satxi yuqoriga ko’tarilmasdan o’z joyida qoladi. Shuning uchun xam grunt suvlarining satxi yer yuzasi relyefini qiyosiy takrorlaydi;2) Grunt suvlari yer yuzasidagi suv xavzalari, daryolar, ko’llar, botqoqliklar, sun'iy dengizlar bilan gidravlik bog’liq bo’ladi3) Grunt suvlarining sarfi, satxi va kimyoviy tarkibining o’zgarishi yer yuzasidagi suv xavzalari xolatiga va iqlimiy faktorlarning o’zgarishiga bog’liq;4) Grunt suvlarining sarfi va kimyoviy tarkibi, fizik xususiyatlari yil davomida deyarli o’zgarmaganligi sababli shaxar va qishloqlarni doimo suv bilan ta'minlash uchun yaroqli hisoblanadi.Qatlamlararo (artezian) suvlar.Suv o’tkazmaydigan ikki qatlam orasiga joylashgan suv o’tkazadigan qatlamda suv to’planishidan qatlamlararo yer osti suvlari hosil bo’ladi. Bunday suvlar bosimsiz va bosimli bo’lishi mumkin.Qatlamlararo bosimsiz yer osti suvlari yer yuzasidan ikkinchi, uchinchi suv o’tkazmaydigan qatlamlar orasidagi qatlamlarda joylashgan bo’lib, doimo grunt suvlarining ostida uchraydi. Bu suvlar suv saqlovchi qatlamlarni to’ldira olmaydi, chunki ular past-baland relyefli tog’li va tog’ oldi rayonlarida uchraydi, daryo va jarlik o’zanida buloq tarzida yer yuzasiga chiqib, oqar suvlarga qo’shiladi. Qatlamlararo bosimsiz suvlarning ta'minlanish soxasi suv singuvchi qatlamning yer yuzasiga chiqqan qismiga to’g’ri keladi va tarqalish maydoniga mos tushmaydi. Bu suvlar oqimi grunt suvlari oqimiga o’xshash bo’ladi. (2-rasm)Qatlamlararo bosimli yer osti suvlari, odatda, suv o’tkazmaydigan va suv singiydigan qatlamlarning tektonik xarakatlari ta'sirida hosil bo’lgan sinklinal yoki monoklinal strukturalarida yuzaga keladi. Suv singadigan qatlamlar tog’li rayonlarda yer yuzasiga chiqib, atmosfera yog’inlaridan tuyinadi va singiyotgan suv o’z og’irlik kuchi ta'sirida nishablik bo’yicha pastga qarab oqa boshlaydi. Suv qatlam g’ovakliklari va bo’shliqlarini to’ldirib, o’z xarakati davomida burmaning sinklinal qismidan antiklinaliga qarab ko’tarila boshlaydi. Natijada bosim yuzaga keladi.Yoriqlarda joylashgan yoki karst suvlari.Granit, diorit, qumtosh, oxaktosh va shular singari mustaxkam tog’ jinslari yoriqlari orasida xarakat qiladigan suvlar yoriqlarda joylashgan suvlar deb ataladi. Yoriqlarning bir-biri bilan qo’shilishi va bog’lanishi sababli bulardagi suv, grun suvlaridan farqli o’laroq, xar tarafga oqishi, pastga oqishi yoki yuqoriga ko’tarilishi mumkin.Yer ostida hosil bo’lgan bo’shliq - karstlardagi suvlar karst suvlari deyiladi. Bu suvlar tog’ jinslarida gorizontal va vertikal yunalishda xarakat qilib, tutash oqimlar hosil qiladi. Karst suvlari yuzaki suvlar bilan o’ziga xos aloqasi bilan ajralib turadi. Ko’p xollarda yuzaki suvlar o’z xarakati davomida karst rivojlangan maydonlarga kelib, yer ostiga singib ketadi, so’ngra tog’-yonbag’irliklaridan, daryo qirg’oqlaridan mo’l suvli buloqlar tarzida yer yuzasiga chiqadi.Karst suvlarining satxi va sarfi keskin o’zgarib turadi. Yer yuzasida karst bo’shliqlari ko’p bo’lsa, suvning yutilishi ko’payib va tezlashib ketadi. Natijada karst rayonlaridagi buloqlarning suv sarfi va suv toshqini yoki ko’p yomg’ir yog’ishi bilan tez ko’payadi va aksincha.E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 305.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling