Navoiy davlat konchilik va texnalogiyalar unversiteti energo-mexaika fakulteti
Download 1.93 Mb.
|
oydinov xojiakbar
Elektrodvigatel, undan keyin esa elektr generator ixtiro qilinishlari elektr asri boshlanishiga olib keldi. XX asr insoniyat tomonidan energiya ishlab chiqarish va undan foydalanish usullarini о‘zgartirish bо‘yicha haqiqiy inqilobni amalga oshirish asri bо‘ldi. Yaa’ni, juda yuqori quvvatli issiqlik, gidravlik va atom elektr stansiyalari, yuqori va о‘ta yuqori hamda ultra yuqori kuchlanishga ega bо‘lgan elektr energiyasini uzatuvchi liniyalar qurish. Ilm – fanning о‘sib borishi natijasida elektr energiyasini ishlab chiqarish, о‘zgartirish va uzatishning yangidan-yangi turlari ishlab chiqilmoqda (boshqaruvchi termoyadro reaksiyasi magnit gidrodinamik generator, о‘ta о‘tkazuvchan turbogenerator va shunga о‘xshash). Katta quvvatli energiya tizimlari barpo qilinmoqda, shu bilan birga katta quvvatli neft va gaz taminoti tizimlari paydo bо‘lmoqda. Shunday qilib bizni о‘rab turgan dunyo turli kо‘rinishdagi tuganmas energiya manbalariga egadir.
Hozirda ularning bazilaridan ya’ni , quyosh energiyasi, yer va oyning о‘zaro tasiri natijasida hosil bо‘ladigan energiya, termoyadrosintez energiyasi, yer issiqligi energiyasidan tо‘laqonli foydalanilmayapti. Hozir inson tamaddinining rivojlanishida energiya hal etuvchi rol о‘ynaydi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va energiya sarfi orasida uzviy о‘zaro bog‘liqlik mavjuj. Insoniyat hayotida energetika katta ahamiyatga ega. Uning rivojlanish darajasi, jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasini, ilmiy texnik taraqqiyot imkoniyatlarini va aholi turmush darajasini aks ettiradi. Afsuski, inson tarafidan istemol etilayotgan energiyaning kо‘p qismi, mavjud bо‘lgan energetik resurslardan foydalanishning past samaradorligi tufayli befoyda issiqlik aylanmoqda. Shu bilan bir vaqtda insonlarni ozuqasi uchun har yili taxminan 400 Mt energiya sarflanadi, shundan 40 Mtga yaqini foydali mehnatga aylanadi. Xо‘jalik zaruratlariga 800 Mt, jamiyat ishlabchiqarishiga esa 1000Mt energiya sarflanadi.
Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling