Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti energo-mexanika fakulteti


Download 251 Kb.
bet16/20
Sana10.11.2023
Hajmi251 Kb.
#1764323
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Ishchi dastur Mexanika TJA sirtqi uzb SYLLABUS 2023-24

Uchinchi bob rеduktor vallarining dastlabki xisobi. Bu bobda kurs ishining rеduktor vali elеktrodvigatеl vali bilan mufta yordamida biriktirilgan hisob ishlarini olib borish, u funktsiyaviy jihatdan amal qilishini tasdiqlab berish, hisob-kitob ishlarida buning tasdiqi topishdan iborat.
XULOSA. Kurs ishining ushbu qismi ishning barcha boblarida keltirilgan asosiy qoidalar va xulosalarni aks ettiradi. Muallif tomonidan aniqlangan muammo va kamchiliklarning mohiyati ochib berilgan, ularni hal etish va bartaraf etishga qaratilgan asosiy tavsiyalarning mohiyati qisqacha bayon etilgan. Xulosa hajmi 2-3 bet matndan iborat.
FOYDALANILGAN MANBALAR RO‘YXATIda me’yoriy-huquqiy hujjatlar ro‘yxati, kurs ishini yozishda foydalanilgan ma’lumotnoma, statistik, o‘quv, ilmiy adabiy manbalar hamda ularning to‘liq bibliografik tavsifi bilan INTERNET ma’lumotlari bo‘lishi kerak.
Kurs ishi hajmi 35-50 bet kompyuter matni (ilovalarsiz).
ILOVALAR. Ishning asosiy qismiga kiritilganda matnni chalkashtirib yuboradigan yordamchi yoki qo'shimcha materiallar ilovalarga kiritilishi kerak. Unga ko'rsatmalar, usullar, kompyuter nashrlari, yordamchi xarakterdagi rasmlar, huquqiy hujjatlar yoki ulardan ko'chirmalar, korxonalarning mahalliy aktlari kiradi.

Kurs ishining baholash tartibi





Belgilangan ball

Baholash mezonlari

1

A’lo” – 5 baho

Rejadagi savollarning mazmuni ijodiy yondoshilgan holda yoritilgan bo’lsa, foydalanilgan adabiyotlar va ma’lumotlarga snoskaalar (ilovalar) berilib, adabiyotlar ro’yxatida ko’rsatilgan bo’lsa va ish bo’yicha berilgan savollarga aniq va to’liq javob berib, o’zining fikrini erkin bayon etsa bunday tayorlangan ishlarga “a’lo” baho qo’yish mumkin.

2

Yaxshi” – 4 baho

Agar rejadagi 4-5 savolning 3-4 tasiga to’liq javob yozilgan bo’lib, bittasiga etarlicha javob berilmagan bo’lsa, himoyada talabaning javob berishiga qarab “yaxshi” baho qo’yish mumkin.

3

Qoniqarli” – 3 baho

Rejadagi 4-5 ta savolning bita yoki ikkitasining mazmuni yoritilib, qolgan savollarga javob berilmagan bo’lsa, to’g’ri yozilgan javoblar ham darslik va kitoblardan ko’chirilgan, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati yo’q, ilovalar berilmagan va boshqa shu kabi kamchiliklar bajarilsa, talabaning javobini hisobga olib bu kabi ishlarni “qoniqarli” baholash mumkin. Agarda talaba yuqoridagi kamchiliklarni yozma ravishda bartaraf etmasa, kurs ishi “qoniqarsiz” baholanadi.

4

Qoniqarsiz” – 2 baho

Kurs ishida quyidagi kamchiliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa u taqriz yozish davridayoq “qoniqarsiz” baholanadi:

    • Reja noto’g’ri va umuman qoniqarsiz tuzilgan bo’lib, mavzuning mazmuniga mos tushmasa;

    • Kurs ishi e’tiborsizlik bilan pala-parish bajarilsa;

    • Javoblar asosan o’quv adabiyotlaridan ko’chirilgan bo’lsa;

    • Foydalanilgan adabiyotlar va ma’lumotlarga ilovalar berilmagan bo’lsa;

    • Foydalanilgan adabiyotlarga ro’yxati bo’lmasa;

    • Rejadagi savollar mohiyati biri ikkinchisidan ajratilmagan holda berilsa;

    • Kurs ishini talabaning o’zi xusni xati bilan bajarmagan bo’lsa.




Download 251 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling