Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti energo-mexanika fakulteti


Download 251 Kb.
bet1/20
Sana10.11.2023
Hajmi251 Kb.
#1764323
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Ishchi dastur Mexanika TJA sirtqi uzb SYLLABUS 2023-24


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
ENERGO-MEXANIKA FAKULTETI


TASDIQLAYMAN”
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
_________ t.f.d. N.A.Abduazizov
“____”_____________ 2023 yil

«MEXANIKA (MD)»
FANINI BO‘YICHA (SILLABUS)


Sirtqi b‘lim uchun



Bilim sohasi:

700000 – Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari

Ta’lim sohasi:

720000 – Ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari

Bakalavr yo‘nalishi:

60720800 - Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish

Navoiy – 2023
Modul/ FAN SILLABUSI
Energo-mexanika fakulteti




60720800- Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish bakalavr yo‘nalishi.




Fanning nomi:

«Mexanika (MD)»

Fan turi:

Majburiy

Fan kodi:

MEX1619

Bosqich:

3

Semestr:

5

Ta’lim shakli:

Sirtqi

Mashg’ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:

200 soat

Ma’ruza

6 soat

Amaliy mashg’ulotlar

6 soat

Tajriba mashg’ulotlari

4 soat

Seminar

-

Mustaqil ta’lim (k/l, k/i)

150 soat

Kredit miqdori:

5

Baholash shakli:

Imtihon

Fan tili:

O’zbek




Kurs haqida qisqacha ma’lumot (QМ)

QМ1

Mazkur dastur takomillashgan Davlat ta’lim standarti asosida 60720800 - Mаshinаsоzlik tехnоlоgiyasi, mаshinаsоzlik ishlаb chiqаrishini jihоzlash vа аvtоmаtlаshtirish mutaxassisligi talabalari uchun tuzilgan bo’lib, unda “Mexanika (MD)” fani zamon talablari darajasida nazariy va amaliy jihatdan o’rganilib, talabalarni kelajakda yetuk mutaxassis bo’lib yetishishida yordam beruvchi asosiy mavzular, amaliy mashg’ulotlar, shuningdek mustaqil ish mavzulari berilgan.
"Mexanika (MD)" fanining asosiy maqsadi bo‘lib, takomillashgan texnologiyani joriy etish bilan bir qatorda texnika-iqtisodiy talablarga to`la javob beradigan yuqori sifatli konstruksion materiallar yaratish, ulardan tejamli foydalanish kabi masalarni hal qilish lozim bo`ladi. Bu vazifalarni bajarish ko`p jihatdan fan va texnikaning rivojlanish darajasiga, sanoatning yuqori sifatli va unumli mashinalar bilan ta'minlanganligiga, ishlab chiqarishda mexnatning ilmiy asosda tashkil etilishiga bog`liqdir. Ushbu dastur metall va nometall materiallarning ichki tuzilishi, strukturasi, xossasi, ishlatilishi va markalanishini hamda bu kattaliklarni uzaro aloqasini, ularning turli ta'sirlar natijasida o`zgarish qonuniyatlari bilan bog`liq, bo`lgan bilimlarni qamrab olgan.

QМ2

Mexanika (MD) - yangi jamiyatning moddiy texnika bazasini yaratuvchi va mamlakatimizning texnik taraqqiyotini rivojlanishini belgilovchi soha, chunki u sanoatning turli tarmoqlarini yangi texnika, ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlaydi. Shuning uchun mashinasozlik ishlab chiqarishning barcha soxalarini rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatuvchi sanoatninng muhim tarmoqlaridan biri.
Mexanika (MD) ishlab chiqarish dasturiga asosan belgilangan muddat ichida talab etilgan sifat darajasida mehnat hamda moddiy resurslarni ham sarflagan holda mashina va mexanizmlar yaratish qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir.

QМ3

"Mexanika (MD)" fani mashinasozlik sanoati ishlab chiqarish asoslarini o`rgatganligi sababli uning ishlab chiqarishdagi o`rni juda yuqoridir. Bu fan ishlab chiqarishning turli jabxalarini qamrab olgan bo`lib, ularning progressiv usullarini, hamda ularni takomillashtirish jarayonlarini o`rgatadi. Bu fanni yakuni sifatida talabalarning yozgi amaliyoti ishlab chiqarishda o`tkaziladi. Mashinasozlikda qo`llaniladigan metall va nometall materiallarni tarkibi, tuzilishi, xossasini bilish va ularni ishlab chiqarishga qo`llash dolzarb muammo hisoblanadi.
Shuning uchun materiallarga alohida talab qo’yiladi. Ushbu fan asosiy umumkasbiy fani hisoblanib, ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli bu fan ishlab chiqarish bilan chambarchas bog`langan.
Ushbu fan mashinasozlik texnologiyasi asoslari, mashina va mexanizmlarning namunaviy detallarini tayyorlashning ilg’or texnologiyalari hamda ularni yig’ishning zamonaviy usullari to’g’risida ma’lumotlar mujassamlashtirgan.



Download 251 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling