Та’lim strategiyasi
«Mexanika (MD)» kursini o'qitish bo'yicha kredit tizimi asosida ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar, video maruzalar, taqdimotlar, hamda mavzu bo’yicha vazifalar va mustaqil ishlarni o’z ichiga oladi. Maruza, amaliy ishlariga oid o’quv materiallarida ko'rsatiladigan mavzular bo’yicha nazariy va amaliy malumotlar beriladi, amaliy mashg’ulot ishlarini bajarish va natijalarni hisoblash tartibi tushuntirish. Kurs bo’yicha qo’yilgan o’quv materiallari talabalar tomonidan mustaqil o’rganiladi, testlar, amaliy mashg’ulotlar talabalar tomonidan individual tarzda bajariladi.
Talabalar quyidagi materiallardan foydalanish imkoniga egadirlar:
• Videomaruzalar;
• Elektron shakldagi maruza matnlari;
• Har bir mavzuga doir taqdimot materiallari;
• Amaliy mashg’ulotlariga doir uslubiy ko’rsatmalar;
• Har bir dars mavzusi yuzasidan topshiriqlar va test mashqlari;
• Elektron shakldagi darsliklar va yo’llanmalar.
• Interfaol keys-stadialari;
• Seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
• Jamoa bo’lib ishlash va himoya qilish uchun loyilahalar.
Amaliy mashg’ulotlarda har bir mavzuga muvofiq masalalarni yechish bo’yicha materiallar, taqdimotlar, ko’rsatmalar talabalariga taqdim etiladi, shuningdek, mavzuni o'zlashtirish darajasini tekshirish maqsadida topshiriqlar beriladi. «Mexanika (MD)» kursining har bir bo’limi bo’yicha talabalarga «Mexanika (MD)» fanidan uslubiy ko'rsatmalarda keltirilgan masalalarni mustaqil ishlash talab etiladi. Masalalar to’g’ri ishlansa keyingi mavzuga o'tiladi.
Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarning barcha mavzularini to’la o’zlashtirgan talabalarga yakuniy nazoratda ishtirok etishga ruxsat etiladi. Talaba semester oxirida institutga kelib, yakuniy nazorat ishini topshiradi.
Talabalarni baholash
Talabalar bilimini baholash semestr va yakuniy nazorat davomida o'qitish materiallarini o’zlashtirish ko'rsatgichi (test, topshiriq va yozma ish natijasi) ga asoslangan.
«Mexanika (MD)» kursi davomida talablar 5 baho tizimida baholanadi. Joriy va oraliq nazoratlarini to'liq topshirgan talablar yakuniy nazoratga kiritiladi. Yakuniy nazoratdan olingan bahosi fan bo’yicha umumiy olgan bahosi hisoblanadi va fanni to'liq o’zlashtirgan hizoblanadi.
Joriy oraliq va yakuniy nazorat ballari quyidagicha taqsimlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |