Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Energo-mexanika fakulteti


Download 0.58 Mb.
bet3/4
Sana16.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1704797
1   2   3   4
Bog'liq
soha

Bevosita iqtisodiy usullar. Ularga kuyidagilar kiradi: moliyalashtirishga yo‘naltirilgan investitsiya (maqsadli, predmetli mo‘ljalga, muammo echimini topishga yo‘naltirilgan); lizing; fond operatsiyalari; rejalashtirish va dasturlash; davlat tadbirkorligi.
Bilvosita iqtisodiy usullar. Davlatning innovatsion siyosatidagi iqtisodiy usullari asosan bilvosita iqtisodiy tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Bunga innovatsion resurslarni olish imkoniyatiga ega bo‘lish va ularning tarkibi va baxosi, innovatsion xavf-xatarni yumshatish okibatlari kiradi. Eng ko‘prok ko‘llaniladigan usullar kredit va solik siyosati xisoblanadi. Kredit siyosati yangiliklarni moliyalashtirishga yo‘naltirilayotgan moliyaviy resurslar xajmini tartibga soladi.
Iqtisodiyotga loyihalarni boshqarishning nisbatan yangi konsepsiyasi (Project Management) jadal ravishda kirib kelmoqda. Bu konsepsiyaning asosini loyihasiga har qanday tizimning vaqt va mablag‘lar sarflanishi bilan bog‘liq dastlabki holatini o‘lchashga qarash tashkil qiladi. Oldindan ishlab chiqilgan dasturlar bo‘yicha byudjet va vaqtli chegaralashlar doirasida amalga oshirilgan bu o‘zgarishlar jarayoni esa – loyihalarni boshqarishdir. Hozirgi vaqtga kelib loyihalarni boshqarish barcha sanoati rivojlangan va yangi sanoatli mamlakatlarda investitsion faoliyat metodologiyasi tomonidan tan olingan. Mamlakatimiz amaliyotida bu konsepsiya dasturiy – maqsadiy dasturlar (DMD)ni qo‘llanilishida o‘z aksini topgan.
Innovatsion loyiha” tushunchasi quyidagicha ko‘rib chiqilishi mumkin:

Innovatsion loyiha innovatsion faoliyatni maqsadli boshqarishni shakli sifatida fan va texnikani ustuvor yo‘naltirilgan rivojlantirishning aniq maqsadlari (vazifalari)ga erishishga qaratilgan tadbirlarning resurslar, muddatlar va ijrochilar bo‘yicha o‘zaro asoslangan va o‘zaro bog‘langan murakkab tizimidan iboratdir.
Innovatsiyalarni amalga oshirish jarayoni sifatida – bu innovatsiyalarga olib keluvchi ilmiy, texnologik, ishlab chiqarish, tashkiliy, moliyaviy va tijorat tadbirlarini belgilangan izchillikda bajariladigan majmuasidir.
SHuning bilan bir vaqtda innovatsion loyiha – bu loyiha maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan texnik, tashkiliy, rejaviy va hisoblash – moliyaviy hujjatlarning yig‘indisidir.
Bu uchta nuqta nazarlarni hisobga olish bilan, quyidagi ta’rifni berish mumkin: innovatsion loyiha – bu masofa va vaqtda muammolarni hal qilish, innovatsion jarayonlarni tashkil qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan maqsadlar va tadbirlarni belgilab beruvchi hujjatlarining yig‘indisidir. Maqsadlar va tadbirlarni ilmiy asoslanishiga menejmentga ilmiy yondashishlarga rioya qilish, zamonaviy usullarni qo‘llash yo‘li bilan erishiladi.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling