Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi nukus konchilik instituti «tasdiqlayman»


Nazorat turlarini o`tkazish muddati


Download 34.94 Kb.
bet6/8
Sana30.10.2023
Hajmi34.94 Kb.
#1734571
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XQ sillabus ózb

Nazorat turlarini o`tkazish muddati

Amaliy mashg`ulotlari o`qituvchi tomonidan har juftlik darsda baholanib boriladi. Oraliq nazorat kalendar’ tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan oraliq nazorati grafiklari asosida o`tkaziladi. Yakuniy nazorat semestrning oxirgi 1 haftasi mobaynida dekanat tomonidan tuzilgan yakuniy nazorat grafigi asosida o`tkaziladi.


Mashg`ulot turlari, mustaqil ishlar va oraliq nazoratlarda saralash bahodan kam baho to`plagan va uzrli sabablarga ko`ra nazoratlarda qatnashmagan talabaga qayta topshirish uchun navbatdagi shu nazorat turigacha, so`nggi oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bo`lgan muddatda topshirish uchun ruxsat beriladi va belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda laborotoriya, amaliy mashg`ulot hamda oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakul’tet dekani farmoyish asosida, o`qishni boshlagandan so`ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladigan grafik asosida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlari qabul qilinadi.
Talabaning semestrda mashg`ulot turlari, mustaqil ishlari va oraliq nazorat turlari bo`yicha to`plangan baholaridan biri qoniqarsiz deb topilsa u yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin dekanat tomonidan qayta o`zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o`zlashtira olmagan talaba to`g`risida fakul’tet dekaniga ma`lumot beriladi.
Talaba baholash natijalaridan norozi bo`lsa, u nazorat turi natijalari e`lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakul’tet dekaniga ariza bilan murojat etishi mumkin. Bunday holda fakul’tet dekanining taqdimnomasiga ko`ra rektor buyrug`i bilan 3 (uch) a`zodan kam bo`lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyatsiya komessiyasi talabalarning arizalarini ko`rib chiqib, shu kunning o`zida xulosani bildiradi.
Baholashning o`rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o`tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi kafedra mudiri tomonidan nazorat qilinadi.



Download 34.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling