NAZORAT TURLARI VA BAHOLASH TARTIBI.
“Xavfsizlik qoidalari (konchilik ishlarida)” fani 5311600 – “Konchilik ishi” bakalavriat ta`lim yo`nalishining o`quv rejasi bo`yicha 3-4 kurs 6-7 semestrida bo`lib o`tishi mo`ljallangan. Talabalarning bilim saviyasi va o`zlashtirish darajasining Davlat ta`lim standartlariga muvofiqligini ta`minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o`tkazish nazarda tutiladi:
Amaliy mashg`ulotlarni va mustaqil ishlarini baholash – talabaning fan mavzulari bo`yicha bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash maqsadida amalga oshiriladi. “Xavfsizlik qoidalari (konchilik ishlarida)” fanining xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy ishlari berilgan uy vazifalarini tekshirish va suhbat o`tkazish orqali amalga oshiriladi.
Talabaning mustaqil ishlari mustaqil ravishda o`rganish, bajarish uchun berilgan mavzular asosida tayyorlangan referatlar shaklida qabul qilinadi. Mustaqil ishlarni baholash tayyorlangan mavzu bo`yicha talabaning mustaqil va ijodiy fikri, mavzuni anglab etganligi orqali amalga oshiriladi.
oraliq nazorat – semestr davomida o`quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o`z ichiga olgan) bo`limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o`tkaziladi, uning shakli “og`zaki” shaklida o`tkazilib o`quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
yakuniy nazorat – semestr yakunida muayyan fan bo`yicha nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarni talabalar tomonidan o`zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “og`zaki” shaklida o`tkaziladi.
“Xavfsizlik qoidalari kon ishlarida)” fanidan yakuniy nazorat dekanat tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida o`tkaziladi. Yakuniy nazoratni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi hamda yakuniy nazorat qayta o`tkaziladi.
“XAVFSIZLIK QOIDALARI (KONCHILIK ISHLARIDA)”FANIDAN
Do'stlaringiz bilan baham: |