Kursga qo‘yiladigan boshlang’ich talablar
1.
|
Fanni o‘qitilishidan maqsad–talabalarga, ya’ni bo‘lajak mutaxasislarga ochiq kon ishlarini amalga oshirishning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bilimlarni berish, kon ishlarini va jarayonlarni loyihalash yoki pasportini tuzishda xavfsizlik me’yorlari to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalar xosil qilishdir.
Fanni o‘qitilishining vazifalari- talabalarga xavfsizlik qoidalari (ochiq kon ishlarida) fanidan olgan bilimlariga tayangan holda aniq sharoitlarda ochiq usullarida qazish ishlarini olib borishda, boshqarishda va loyihalashda xavfsizlik qoidalarini va boshqa xavfsizlik ko‘nikmalarini o‘rgatishdan iborat.
Talabalarning loyiha ishlarini amalga oshirishda mutaqil ravishda tahlillash, sintezlash va texnik-iqtisodiy jihatlarni asoslash bilan bir qatorda, xavfsizlik nuqtai nazaridan xam asoslangan texnik qarorlarni qabul qilish qobiliyatini shakllantirish fanning asosiy maqsadi etib belgilangan.
Fanni o‘rgatishning ilmiy, nazariy va amaliy tamoyillari va manbalari- ma’ruzalar, amaliy mashgulotlar, mustaqil ravishda test savollarini tuzish va yechish, o‘quv va texnikoviy adabiyotlar, video-audio o‘quv filmlari, chizma, maketlar va stendlardan, xamda zamonaviy kompyuter o‘quv texnologiyalari vositalaridan iborat.
|
Ta’lim natijalari (TN)
|
TN1
|
Xavfsizlik qoidalari (ochiq kon ishlarida) fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- Fan va texnikaning zamonaviy yutuqlaridan foydalangan holda aniq sharoitlarda xavfsizlik qoidalari (ochiq kon ishlarida) fanining mazmun moxiyatini bilish, xavfsizlik qoidalari o‘zlashtirishi, kon ishlarini tashkil qilishda xavfsizlikni ta’minlash va boshqarishni o‘rganishi, mustaqil ravishda kon ishlab chiqarishda xavfsizligi asoslangan texnik qarorlar qabul qilishni shakllantirishi kerak.
|
TN2
|
- Ishlab chiqarish jarayonlari va kon ishlari texnologiyalarini, kon geologik, kon texnik sharoitlarni tahlillashni, sintezlashni bilish bilan bir qatorda va xavfsizlikga asoslangan texnik qarorlarni qabul qilish va mustaqil ravishda loyixa ishlarini amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
|
TN3
|
- kon ishlarida texnik jixatdan xavfsiz, boshqaruvi oson zamonaviy texnologiyalarni va boshqa fan yutuqlarini o‘rganishi, hamda amaliyotga joriy qilish malakalarini o‘zlashtirishi zarur.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |