Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti O. Xaitovaning 2022-2023 o‘quv yilida magistrlik dissertatsiyasiga rahbarlik to‘g‘risidagi hisoboti


Download 14.86 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi14.86 Kb.
#1159034
Bog'liq
O.Xaitova


Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti “Ijtimoiy_gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti O.Xaitovaning 2022-2023 o‘quv yilida magistrlik dissertatsiyasiga rahbarlik to‘g‘risidagi
HISOBOTI
2022-2023 o‘quv yilida 70111101-Ijtimoiy va gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Tarix) yo‘nalishi 2 bosqich magistranti Botirov Nodir Sadir o’g’lining “Shayboniylar davrida Karmanada ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot” mavzusidagi magisrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik qilyapman. Magistrant Botirov Nodir 2022-2023 o’quv yilida Navoiy viloyati davlat arxivi, Navoiy shahar arxivlarida saqlanayotgan davriy matbuot, jurnal va adabiyotlar bilan tanishib chiqib ularning nusxalari olinib, tadqiqot mavzusiga oid to’plangan va o‘rganiladigan adabiyotlar bibliografiyasini tuzib chiqilgan. Magistrant tomonidan bitta respublika ilmiy ommabop jurnalida, bitta xalqaro konferensiyada maqolalar e’lon qilingan. Dissertatsiyaning kirish qismi, uchta bob, uchta rejasi yozib tugallandi. Dissertatsiyaning kirish qismida tanlab olingan mavzuning dolzarbligi, ishning o‘rganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsad va vazi­fa­lari, ilmiy yangiligi, nazariy-uslubiy asoslari, amaliy ahamiyati, himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar, aprobatsiyasi, natijalarining e’lon qilinganligi va ilmiy-amaliy ahamiyati, shuningdek, tarkibiy tuzilishi o‘z ifodasini topgan. Tadqiqotning kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslab berilgan. Magistrant tomonidan I.“Shayboniy hukmdorlarning Karmana ijtimoiy-siyosiy tarixida tutgan o’rni”,
II.“Karmanalik shayx va avliyolar - Shayboniylar davridagi faoliyati”, III.“Shayboniy hukmdorlarning madaniy hayotga qo’shgan hissasi va madaniy hayotning rivoji nomli uchta boblari ham yozib tugallandi.
Magistrant Botirov Nodir Sadir o’g’lining 2022-2023 o’quv yilida dissertatsiya yuzasidan jami 2 ta maqola bitta respublika jurnalida, bitta xalqaro konferensiyada nashr qildirdi. Jumladan “IJODKOR O’QITUVCHI” Respublika ilmiy ommabop jurnalida “Karmana bekligining Buxoro xonligida siyosiy va madaniy jihatdan nufuzining ortishi” nomli va “SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM: a collection of scientific work of the International scientific online conference” Fransiyaning Parij konferensiyasida dissertatsiya ishiga doir maqolalar chop ettirdi.


Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Ijtimoiy_gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti O.Xaitova
Download 14.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling