Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Konchilik fakulteti “Kon lahimlarini o’tish texnologiyasi” fanidan
Download 269.21 Kb.
|
12 hwjasjsj
Blokdan tushirish va tashish gorizontiga yetkazib berish
Og‘ish burchagi 55—60odan kam bo‘lmagan, qalinligi 6—8metrli tik ruda yotqiziqlarini qazib olishda massivdan ajratib olingan rudani qazish bo‘shlig‘ida magazinlashga (yig‘ishga) asoslangan qazish tizimi qo‘llaniladi. Bu tizimda qazish blokidagi rudani massivdan ajratib olingandan so‘ng, maydalangan rudamassasining bir qismi rudatushirgichlar orqali tashish shtrekiga tushiriladi. Natijada magazindagi ruda bilan qulatilmagan rudamassivi orasida ma'lum kenglikda (massivni burg‘ilashga imkon beradigan) bo‘shliq hosil bo‘ladi. Shundan so‘ng burg‘ilovchilar magazindagi maydalangan ruda ustida turib ruda massivida burg‘ilash ishlarini amalga oshiradilar. Rudani massivdan ajratib olish blokdagi barcha ruda zaxirasi tugamaguncha takrorlanadi va shundan so‘ng blok bo‘shlig‘ida magazinlashtirilgan ruda rudatushirgichlardan tashish shtrekiga to‘la tushirilib, transport vositalariga yuklanadi. Konchilik amaliyotida bu tizimning turli variantlaridan foydalaniladi. Masalan, magazindagi ruda uyumi ustida turib shpurlar burg‘ilash orqali rudani massivdan ajratib olish tizimi, ko‘tarmalardan skvajinalar burg‘ilab rudani massivdan ajratib olish tizimi va boshqalar. Blokni tayyorlash ishlari sodda bo‘lib, tashish va shamollatish shtreklari hamda blok ko‘tarmalarini o‘tishdan iborat bo‘ladi. Ruda tushirgichlar oralig‘idagi masofa 3—4 m, blokning cho‘ziqlik bo‘yicha o‘lchami 80—100m bo‘lishi mumkin. Blokni qazib olish ishlari uchta bosqichdan tashkil topadi dastlab tashish shtreki tepasidan ma'lum masofada kesma o‘tib, magazine (bo‘shliq) hosil qilinadi va uning tubida voronkalar (rudatushirgichlar) barpo etiladi chuqurligi 2,5mgacha bo‘lgan shpurlar orqali rudani massivdan ajratib, magazinga uyuladi rudani tashish shtrekiga to‘la tushiriladi va qavat hamda kameralar o‘rtasida qoldirilgan seliklar qazib olinadi. Rudani magazinlashtirib qazib olish tizimining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, ruda va atrof kon jinslari mustahkam bo‘lgan konlarni qazib chiqarishda qo‘llaniladi. Magazinda uyulgan ruda jipslashish va o‘z-o‘zidan yonish kabi xususiyatlardan mustasno bo‘lishi kerak. Ushbu qazish tizimi quyidagi afzalliklarga ega: kon tayyorlov lahimlari hajmining kichik bo‘lishi; burg‘ilab-portlatish ishlari samaradorligining yuqori bo‘-lishi; mehnat unumdorligining yuqori va ruda tannarxining arzonbo‘lishi. shu bilan birga uning qator kamchiliklari ham mavjud: rudani sifat rusumlari (sortlari) bo‘yicha qazib olish mumkin emasligi; ruda massivining to‘satdan bosib qolishi va kameradagi nogabaritlarni maydalashda baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishi mumkinligi va boshqalardir. Yuqorida ko‘rib chiqilgan qazish tizimlari qazish bo‘shlig‘ini tabiiy saqlashga asoslangan qazish tizimi sinfining ko‘p qo‘llanadiganlaridandir. Bu sinfning boshqa tizimlari ham mavjud bo‘lib, ularni o‘rganish maxsus fanlarning predmeti hisoblanadi. Ruda va atrof kon jinslarini qulatishga asoslangan qazish tizimi sinfiga kiruvchi tizimlar o‘rtacha va kata qalinlikka ega bo‘lgan ruda yotqiziqlarini qazib olishda keng qo‘llaniladi. Bu sinfga mansub barcha qazish tizimlarida, dastlab blokda kata hajmdagi ruda massivdan ajratib olinadi va maydalangan ruda ustiga ruda massivi (yotqizig‘i) ustida joylashgan kon jinsi qatlamlari qulab tushadi yoki majburiy qulatiladi. Qulatilgan kon jinslari ostidagi maydalangan ruda qavat (nimqavat)ning bor balandligi bo‘yicha tushirib olinadi. Amaliyotda ruda va atrof jinslarni qulatishga asoslangan qazishtizimiga mansub vertikal yoki gorizontal kompensatsion kamerali va rudani siqilgan muhitda yoppasiga massivdan ajratib, uni blokning osti yoki yonboshidan tushirib olishga mo‘ljallangan qazish tizimlari variantlari keng qo‘llanadi. Kompensatsion kamerali ruda qazish tizimida rudani ajratibolish ikki bosqichda bajariladi. Dastlab, kamerali qazish tizimiqo‘llanib,kompensatsionkameralarhosilqilinadi.Kameralar-ninghajmitaxminanblokdagirudazaxirasininguchdanbirqismiga teng bo‘ladi. Rudaning bu qismi massivdan ajratilgandamaydalanib, hajmi ko‘payadi va kameralarni to‘ldiradi.hundanso‘ng siqiq muhitda qolgan maydalangan ruda blok ostidan yokiyonboshidantushiribolinadi. Blokniqazibolishgatayyorlash—tashishvashamollatishshtreklarinio‘tish,skreperlashgorizontigarudaniyetkazibberuvchi lahim barpo etish, blokda kamera hosil qilish, qisqarudatushirgichlar va blok ko‘tarmalarini o‘tishdan iborat bo‘ladi.O‘ta qiya va tik, qalinligi 15—25 m gacha bo‘lgan yotqiziqlarniqazib olishda bloklar uzun tomoni bo‘yichayotqiziqningcho‘-ziqlikyo‘nalishida joylashtiriladi. Qavatni majburiy buzib, qisilgan rudani yonboshdan tushirib olish tizimi: l—yo‘lak; 2—ort; 3—rudatushirgich; 4—burg‘ilashshtreki; 5—rudani massivdan ajratib olish skvajinalari; 6—muhofaza to‘sig‘i; 7—shamollatish shtreki; 8 —tebranma konveyer; 9—tebranma yuklagich. Download 269.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling