Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Konchilik fakulteti “Kon lahimlarini o’tish texnologiyasi” fanidan
Download 103.09 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kon lahimlarida yuklovchi uskunalarning unumdorligini hisoblash. Reja
Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Konchilik fakulteti “Kon lahimlarini o’tish texnologiyasi” fanidan Bajardi: __________________________ Guruh 9c(b)-19 KI Tekshirdi: ________________________ Navoiy -2022yil Kon lahimlarida yuklovchi uskunalarning unumdorligini hisoblash. Reja: Kon lahimlarida yuklovchi uskunalar Unumdorligini hisoblash Kon lahimlarida yuklovchi uskunalar Kon transporti shaxta, rudnik va karyerlarning sanoat transporti sifatida foydali qazilmani qazib olish texnologik jarayonining eng asosiy zvenolaridan biridir. Transport qurilmalari kon korxonalarida foydali qazilmalarni zaboy (qazish joyi)dan yer osti yoki ochiq kon lahimlari bo’ylab va undan keyin kon tepasidan boyitish fabrikasi yoki temir yo’l vagonlariga yuklash punktigacha, tog’ jinslarini esa ag’darmagacha tashish uchun hizmat qiladi. Shu bilan birgalikda kon transporti to’lg’azma va yordamchi materiallar hamda jihozlarni kon ustidan shaxtaga tashishni ta’minlaydi. Undan tashqari, kon transporti odamlarni gorizontal va qiya lahimlar bo’ylab ish joyigacha va smena tugagandan so’ng stvol atrofi qo’rasigacha tashishga hizmat qilib, konchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilaydi va ish vaqtining unumsiz sarfini qisqartiradi. Yuklar tashiladigan lahimlarning uzunligi, odatda, bir necha kilometrni tashkil qiladi, ayrim hollarda esa bir necha o’n kilometr bilan o’lchanadi. Shaxtada bir vaqtning o’zida bitta emas, odatda bir nechta qazish va tayyorlov zaboylari ishlaganligi tufayli, yer osti transporti yo’llarni ko’p shoxobchalarga bo’linib ketishi bilan tavsiflanadi. Ularni murakkablik darajasi konning kon - geologik sharoiti va uni qazish tartibiga bog’liq. Yo’llar ko’pincha o’zoro ketma-ket olmashiladigan gorizontal, qiya, ba’zilarida esa vertikal uchastkalardan tashkil topishligi transport sxemasini yanada murakkablashiga olib keladi. Shaxtada uchta qatlam qazib olinishida transport lahimlari sxemasi:1 - yarus shtreki; 2 va 3 – panelь bremsbergi va ukloni; 4 va 5 – uchastka bremsbergi va ukloni; 6 - asosiy shtrek; 7 - kvershlag; 8 - stvol atrofi lahimlari; 9 - vertikal stvol. Download 103.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling