Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti konchilik fakulteti chuqur skvajinalarni burg’ulash-qazish uskunalari va texnologiyasi fanidan


Burg‘ulash eritmasi fizik-kimyoviy xossalarining KMS miqdoriga bog‘liqligi


Download 0.51 Mb.
bet3/4
Sana28.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1236782
1   2   3   4
Bog'liq
burg‘ulash eritmalari . mustaqil ish

Burg‘ulash eritmasi fizik-kimyoviy xossalarining KMS miqdoriga bog‘liqligi

t/r

K-4 %

KMS %

Qovushqoqligi

Zichligi

1.

3



0,6

1,2

1,34

2.

0,8

1,33

1,37

3.

1

1,48

1,4

4.

1,2

1,7

1,5

Na – KMS, PAA kabi qator boshqa reagentlarni saqlagan, hamda ular asosida miqdoriga bog‘liq holda va burg‘ilovchi eritmalarning modifikatsion tarkibini hosil qilishga muvofiq bo‘lgan suvli eritmalarning fizik–kimyoviy va texnologik xossalari tadqiqot o‘tkazilgan. Quyuqlashtiruvchilarning suvli eritmalar tadqiqoti natijalariga binoan, yuqori zichlikka, qovushqoqlikka va past darajada suv ajratishga ega bo‘lgan burg‘ilovchi eritmalar olish uchun, ya’ni o‘rtacha va og‘ir bo‘lgan eritmalar olish uchun zaruriyati kelganda, Na – KMS va PAA ni ishlatish mumkin. Na – KMS reagenti ko‘proq muvofiqlashganligi PAA ga nisbatan arzon bo‘lganligini hisobga olib, kimyoviy reagentlarning modifikatsion tarkibini hosil qilish va kelajakda ularning tadqiqoti uchun aynan bu ingrediyentlarga alohida e’tibor ajratilgan. Hozirgi vaqtda burg‘ilovchilarning oldida yana bitta kam bo‘lmagan muammo turibdi. U ham bo‘lsa, burg‘ilovchi eritmalar tayyorlash uchun minerallangan qatlamlarni ishlatishdan iborat bo‘lib, quduqlarni burg‘ilash jarayonini qimmatlashtiradigan mahalliy joylardan burg‘ilash ishlari olib boriladigan joyda keladigan chuchuk suvni ishlatilishini bartaraf etadi. Ham chuchuk, ham yuqori minerallangan qatlamli suvlarni ishlatib, tayyorlangan burg‘ilovchi eritmalarning fizik – kimyoviy va texnologik xossalar tadqiqoti o‘tkazilgan. Minerallangan qatlamli suvda tayyorlangan 10% li burg‘ilovchi eritmalarning Na – KMS konsentratsiyasi va K-4 miqdoriga binoan fizik – kimyoviy xossalaridagi o‘zgarishlar qonuniyatlari o‘rganib chiqildi. Chuchuk, hamda minerallangan qatlamli suvni ishlatish bilan Na – KMS asosidagi burg‘ilovchi eritmalarda olib borilgan fizik – kimyoviy va texnologik xossalarning kompleks tadqiqotlari, shu reagentlar konsentratsiyasi va miqdorining burg‘ilovchi eritmalar texnologik parametrlariga ta’sir qilish qonuniyatlarni aniqlashga imkon berdi. Aniq bo‘lgan qonuniyatlar asosida Na – KMS miqdorining mos ravishda tanlash yo‘li bilan, ular asosidagi neft – gaz quduqlarni burg‘ilash jarayonlardagi turli texnologik talablarga javob beradigan va unumli imkoniyatlar ochish, samarali burg‘ilovchi eritmalarni yaratish mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Yuqoridagi jadvalda qayd etilgan modifikatsion kimyoviy reagentlar retsepturasini ishlab chiqishda Na – KMS ishlatildi. Bundan tashqari Navbahor qazilmasining minerallangan suvda tayyorlangan Na – KMS ni qo‘llash bilan olingan 10 % li burg‘ilovchi eritmalarning fizik – kimyoviy va texnologik xossalarning reagentlar nisbatiga va miqdoriga bog‘liqligi xuddi shu tartibda o‘rganildi.




Xulosa
Ko‘rinib turibdiki, Na – KMS ning nisbatiga va miqdoriga bog‘liq holda 5 – 10 % li burg‘ilovchi eritmalar turli xil ijobiy fizik–kimyoviy va texnologik xossalarga ega. Shu bilan birga Na – KMS miqdori oshgan sari burg‘ilovchi eritmada fizik – kimyoviy va texnologik ko‘rsatkichlarning suvli ajratish ko‘rsatkichidan tashqari o‘sishi kuzatiladi. Buni shundan tushunish mumkin: Na – KMS yuqori molekulyar polimer. Shuningdek, KMS nisbati 2/98 dan 20/80 gacha o‘zgarganda, burg‘ilovchi eritmalarning zichligi 0,8 – 0, 88 g/sm3 doirasida, qovushqoqlik 22 – 145 doirasida bo‘ladi; 30 daqiqa davomida suvni ajratish – 11.5 dan 4,0 sm3 56-10 mg/sm3 gacha pasayadi. Yuqorida ko‘rsatilgan retsepturalardan eng ma’quli bu – tarkibida Na – KMS ni 8 % dan to 14 % gacha saqlagan hisoblanadi. Tarkibida 3 % dan to 6 % gacha Na–KMS saqlagan 10 % li burg‘ilovchi eritmaning qovushqoqligi past bo‘ladi, hamda burg‘ilovchi shlamni to‘liq haydashni ta’minlash qobiliyatiga ega bo‘lmaydi. Bunday konsentratsiyalarda suvning ajralishi yuqori bo‘lib, burg‘ilovchi eritma qatlamga kirishning oshishiga va uning sarfi o‘sishga olib keladi. Modifikatsiyada Na – KMS miqdorining 6 % dan 14 % gacha oshganda, burg‘ilovchi eritmaning barcha texnologik ko‘rsatkichlari normallashadi va ularni qatlam bosimi anomal past bo‘lgan qatlamdan o‘tishda neft – gaz quduqlarini burg‘ilashda ishlatish mumkin. Na–KMS miqdorining keyinchalik o‘sishida 14 % dan yuqori bo‘lganda, zichlik va CHC larning o‘sishiga suv ajratishning pasayishiga qaramay, qovushqoqlikning o‘sishi, burg‘ilash tezligining va bosimi anomal past bo‘lgan quduqlarni burg‘ilashda unumdorlikning pasayishiga olib keladi. Bu ma‘lumotlar burg‘ilash sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan holda ishlab chiqilgan retsepturalardan bittasini yoki bir nechtasini almashtirishi haqida dalolat beradi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling