Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti konchilik fakulteti chuqur skvajinalarni burg’ulash-qazish uskunalari va texnologiyasi fanidan


Download 0.51 Mb.
bet1/4
Sana28.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1236782
  1   2   3   4
Bog'liq
burg‘ulash eritmalari . mustaqil ish



NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
KONCHILIK FAKULTETI
CHUQUR SKVAJINALARNI BURG’ULASH-QAZISH USKUNALARI VA TEXNOLOGIYASI
FANIDAN

MUSTAQIL ISH





MAVZU: Burg’ilash yuvish suyuqliklari. Burg’ilash eritmasidan namuna olish. Burg’ilash joyida o’tkaziladigan sinovlar. Burg’ilash eritmalarini tayyorlash va tozalash uskunalari.


Guruh: 19-s-19
Bajardi: M.Bozorova
Tekshirdi: L.Sharipov
MAVZU: Burg’ilash yuvish suyuqliklari. Burg’ilash eritmasidan namuna olish. Burg’ilash joyida o’tkaziladigan sinovlar. Burg’ilash eritmalarini tayyorlash va tozalash uskunalari.

Reja:
1.Kirish qism;


2. Burg’ilash yuvish suyuqliklari. Burg’ilash eritmasidan namuna olish;
3. Modifikatsiyalangan burg‘ulash eritmalari;
4. burg‘ulash eritmasi fizik-kimyoviy xossalarining KMS miqdoriga bog‘liqligi;
5. Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish qism
Respublikamiz neft-gaz kimyosi sanoatining rivojlanishi yer osti boyliklarni qidirish va uni zaxirasini yaratishga bog‘liq. Ushbu yerosti boyliklarini aniqlashda burg‘ilash jarayonida turli xil tabiiy va sintetik polimerlar qo‘llaniladi. Ushbu maqolada mahalliy xom ashyolardan foydalangan holda yuqori sifatli burg‘ulash eritmalarini olish haqida so‘z boradi.
Hozirgi kunda respublikamiz neft-gaz qidiruv korxonalarida turli xil texnogen eritmalar qo‘llanilib kelinmoqda. Ushbu burg‘ilovchi vositalar burg‘ilash eritmalarining ko‘pgina texnologik xususiyatlarini namoyon qilmaydi. Masalan, yuqori eruvchanlik, yog‘lash, gidrofoblashtirish va ekologik zararsizligi jihatidan hozirgi kun talabiga javob bermaydi. Mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimov o‘zining “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” nomli asarida ko‘rsatib o‘tganlaridek, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish hamda import o‘rnini bosadigan, eksportga yo‘naltirilgan va mahalliylashtiradigan ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish, mamlakatimizning ham tashqi, ham ichki bozorda barqaror mavqega ega bo‘lishini ta’minlaydi. Shuning uchun, mahalliy va ikkilamchi xom ashyolar asosida import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan, turli geologo-texnik sharoitlarda ishlatiluvchi burg‘ilash eritmalarini tayyorlash uchun samarali kimyoviy reagentlarning modifikatsion tarkiblarini yaratish va ularni olish texnologiyasini ishlab chiqishni asosiy maqsad qilib qo‘ydik.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling