Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti mustaqil ish


Download 220.1 Kb.
bet4/7
Sana11.11.2023
Hajmi220.1 Kb.
#1766665
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bub44

Tok va momentni rostlash. Bapzi bir texnologik jarayonlarda (metall prokati, sim va kabellarni tayyorlash, qog‘oz va to‘qimachilik ishlab chiqarish) ishchi mashinalarining ijro organlari qayta ishlanayotgan material yoki maxsulotda maplum bir darajadagi cho‘zilishni tashkil qilishni talab qiladi.
Bu mashinalarning ijro organlari xosil qilayotgan cho‘zilish EYU tomonidan unga quyilayotgan moment yoki kuchlanishga proporsional bo‘lganligi uchun, dvigatel toki va momentini rostlash orqali cho‘zilishni rostlash amalga oshiriladi.
Tok va momentni rostlash, tezlikni rostlash singari, barcha xollar da sunHiy xarakteristikalarni olish va shakllantirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Tok va momentni rostlashning asosiy ko‘rsatkichi bu aniqlikdir.
O‘rin joyini rostlash. Robot va manipulyatorlar, yuk ko‘tarish -transport mexanizmlar, klapanlar, zadvijkalar va shu kabilarda ijro organlarining o‘rin joyini rostlash kerak bo‘ladi.
Ijro organlarining harakatini boshqa koordinatalari rostlangandagi kabi, bu vazifa xam elektrodvigatel valining o‘rin - joyini rostlash orqali echiladi.
Harakat sifati va aniqligiga talablar uncha yuqori bo‘lmaganda, EYUni pozitsiyalash odatda yo‘l yoki so‘ngi o‘chirtirgichlar yordamida amalga oshiriladi. Pozitsiyalashda yuqori aniqlik talab qilinganda esa EYU harakatining maqbul grafigi shakllantiriladi.
Sifatli harakat grafigi bilan aniq pozitsiyalashtirish, odatda "o‘zgartkich - dvigatel" yopiq sistemasida amalga oshiriladi.
Elektr yuritmalarning tuzilishi, ularning bajarayotgan funksiyalari, rostlanayotgan koordinatalarining ko‘rinishi va soni, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra turlicha bo‘liishi mumkin.
Barcha turdagi EYU lar ikki guruxga bo‘linadi: avtomatlashtirilmagan va avtomatlashtirilgan.
Avtomatlashtirilmagan EYUlarda boshqarish oddiy vositalar yordamida operator (odam) orqali bajariladi. U yuritmani ishga tushirish va to‘xtatishni, berilgan texnologik siklga mos ravishda tezlikni o‘zgartirish va teskari aylantirishni tapminlaydi. Operatorda yordam tariqasida kerakli ximoya, blokirovka va signalizatsiya elementlari mavjud bo‘ladi.

Download 220.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling