Fan o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o’zlashtirish natijasida talaba:
«O’simliklar immuniteti» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-o‘simliklarni zararli organizmlarga chidamlilik turllarini, nav va gibridlarning kasalliklarga,xasharotlarga chidamlilik turlarni, kasallik va zararkunandalarga qarshi olib boriladigan kurash choralarini o‘simlik chidamliligiga ta’siri xaqida tasavvurga ega bo‘lishi; O‘simliklarning immunitet xususiyatiga ularning tanasiga kirgan va o‘simlik a’zolarida tarqalgan kasallik qo‘zg‘atuvchi parazitning zararli ta’siriga qarshi kurashi va shu tariqa hosildorligini pasaytirmaslik xususiyati irsiy xususiyat bo‘lib, nasldan naslga muayyan qonuniyat bilan o‘tishini, navlarni tanlashda kasallik va zararkunandalarga umumiy chidamliligini, o‘simlikni kelib chiqishini, o‘simliklarni chidamlilik darajasini aniqlash usullari haqida bilishi va ulardan foydalana olishi;
- talaba o‘simliklarning kasallik va hasharotlardan holi bo‘lishi uning tabiiy xususiyatlari, kasalliklarga qarshilik ko‘rsata olishi, chidamliligi asosida kasallikning tarqalishga imkoniyat bermasligi yoki uning rivojlanishini to‘sishi natijasida ro‘y berishini, immunitet xususiyati tufayli umuman kasallanmasligi yoki kisman yoki juda kuchli kasallanishi o‘simliklar xujayra va to‘kimalarining xususiyatiga bog‘liqligini, ya’ni o‘simlikning kasallanish darajasi uning ichki imkoniyatlari bilan birga, tashqi ekologik omillar bilan ham bog‘likligini to‘g‘ri baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
Qo‘yilgan vazifalar o‘qish jarayonida talabalarning ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishi, adabiyot va Internet ma’lumotlari bilan mustaqil ishlashi va o‘qituvchi nazoratida mustaqil ta’lim olishi bilan amalga oshiriladi.
|