Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Kreditlarni olish uchun talablar (Talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash mezonlari)


Download 162.77 Kb.
bet9/12
Sana04.10.2023
Hajmi162.77 Kb.
#1691754
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
o\'simliklar Immuniteti 2022 (3)

5.

Kreditlarni olish uchun talablar (Talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash mezonlari):
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni toʻla o‘zlashtirish, tahlil natijalarini toʻg’ri aks ettira olish, oʻrganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat boʻyicha yozma ish yozish.

Talabalarning “O’simliklar immuniteti” fanidan olgan bilimlari oraliq nazorat va yakuniy nazorat turlari bo’yicha baholanadi.
Оrаliq nаzоrаt sеmеstrdа ikki mаrtа o’tkаzilаdi, yakuniy nаzоrаt – sеmеstr yakunidа mаzkur fаn bo’yichа nаzаriy bilim vа аmаliy ko’nikmаlаrni tаlаbаlаr tоmоnidаn o’zlаshtirish dаrаjаsini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Talabaning o‘zlashtirish natijalari “5” baho tizimda baholanadi.
“O’simliklar immuniteti” fani bo’yicha talabaning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.



5 baholik tizim

Talabalarning bilim darajasi

5

A’lo

Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo’llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo’lish.

4

Yaxshi

Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo’llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo’lish.

3

Qoniqarli

Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish.Tasavvurga ega bo’lish.

2

Qoniqarsiz

Aniq tasavvurga ega bo’lmaslik. Bilmaslik.

ON va YAN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o’tkaziladi. YaN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o’tkaziladi.
JN va ON nazoratlarda “ 2 “ (qoniqarsiz) baho olgan va uzrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so’nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi.
ON turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi
YaN turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi yakuniy nazorat turini o’tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Talaba tegishli fan bo’yicha yakuniy nazorat turi o’tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo’lishlari shart.
ON turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
YaN turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Oliy ta’lim muassasasida nazorat turlarini o’tkazilishi tegishli oliy ta’lim muassasasining ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tomonidan doimiy ravishda o’rganib boriladi. Bunda nazorat turlarini o’tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o’tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o’tkazilishi mumkin.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko’ra, rektor buyrug’i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo’lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko’rib chiqib, shu kunning o’zida xulosasini bildiradi.
O’simliklar immuniteti” fanidan talabalar bilimini baholash mezoni.
“O’simliklar immuniteti” fani bo’yicha baholash mezonlari, nazorat turi, shakli, soni haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
“O’simliklar immuniteti” fan bo’yicha talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o’tkaziladi:


Download 162.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling