Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Download 162.77 Kb.
bet8/12
Sana04.10.2023
Hajmi162.77 Kb.
#1691754
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
o\'simliklar Immuniteti 2022 (3)

Aqliy hujum metodi

Bu usul dars mavzusiga oid savolga javob topish maqsadida g‘oyalarni jamlash va saralash uchun qo‘llaniladi. Har bir talaba o‘zining shaxsiy g‘oyalarini ilgari suradi. Bosqichlari – muammoli vaziyat paydo qilish; yechimni topish uchun g‘oya, fikr berish; yechimlar taqdimotini eshitish; yechimlarni solishtirish va tanlash; xulosa qilish.

  • Muammoli ta'lim metodi

Dastlab muammoli videolavha ko‘rsatiladi. Kichik guruhlar namoyish vaqtida muammolarni qayd qilib borishadi. Keyin ularning yechimlarni o‘zaro almashishadi va tuzatish kiritishadi. Oxirida muammo bo‘yicha jamoaning xulosasi shakllantiriladi.

  • Venn diagrammasi

O‘rganilayotgan ob’ektlarni taqqoslash, o‘xshash va farqli jihatlarini topish, tahlil qilish uchun qo‘llaniladi. Diagrammadagi doirachalar alohida ob’ektni, kesishmalar esa ularning o‘xshash va bog‘liq jihatlarini bildiradi.
Talabadan ob’ektlarning alohida (1-3), o‘zaro bog‘liq (4-6) va umumiy (7) jihatlarini yozma ifodalab berish talab etiladi.

  • «Muloqot» metodi

Kichik guruhlarda alohida mavzular o‘rganiladi va turli materiallar (video, foto, sxema, ilmiy dalillar) tayyorlanadi. Keyin kichik guruhlar o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tadi. O‘qituvchi kichik guruhlarning fikrlarini maqsadli yo‘naltirib boradi va oxirida o‘z munosabatini bildiradi.

  • Vebinar metodi

Bu zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalari (kompyuter, monitor, multimedia va shu kabi vositalar) yordamida turli joylardagi ishtirokchilar bilan masofadan turib o’tkaziladigan interfaol mashg’ulot turi.

  • Baliq skeleti” metodi

Bu organayzer tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Balik skeletining bosh qismiga – mavzu, yuqori qismiga –muammolar, pastki qismiga – tasdiqlovchi dalillar yoziladi.
Ushbu zamonaviy axborot va ta’lim texnologiyalari jahonning yetakchi universitetlari o’zlarining o’quv jarayonlariga keng ko’lamda joriy qilganlar. AQSh, Kanada, Rossiya, Yevropa va Osiyo mamlakatlari ta’lim muassasalarida, xususan Massachusets texnologiya instituti, Singapur Milliy universiteti kabi nufuzli xalqaro oliy ta’lim muassasalarida samarali foydalanilib kelinmoqda.
O’qituvchi va talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tamonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi


Download 162.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling