Navoiy Davlat Konchilik va texnologiyalari universiteti Kimyo-metallurgiya fakultet Investetsion loyihalar tahlili fanidan Qayta o’zlashtirish Guruh : 25-19 iq bajardi : Bahronov. E qabul qildi: Xasanov. M mavzu: Moliyaviy tahlil


Download 103 Kb.
bet3/3
Sana15.03.2023
Hajmi103 Kb.
#1270334
1   2   3
Bog'liq
elbek7

Ichki moliyaviy tahlil – korxonaning ichki bo‘limlari, xodimlari tomonidan o‘tkazilib o‘rganiladigan masalalarning ko‘lami bilan tashqi moliyaviy tahlildan farq etadi. Ichki moliyaviy tahlilning axborotlar bazasi va o‘rganiladigan masalalarning ko‘lami tashqi moliyaviy tahlilga nisbatan keng hisoblanadi. Uning axborotlar bazasiga faqat chop etiladigan moliyaviy hisobotlargina emas‚ balki moliyaviy hisobning barcha manbalari va hisobdan tashqari manbalarni ham kiritish mumkin. O‘rganiladigan masalalar ko‘lamini boshqaruvchilar va tahlilchilarning qiziqishlari doirasidan kelib chiqib belgilash mumkin. Ushbu tahlil turining o‘ziga xos xususiyatlarini quyidagi jihatlar bilan izohlash mumkin.
Ichki moliyaviy tahlilning o‘ziga xos jihatlari:
- tahlil subektlarining tor guruhi;
- tahlil natijalari faqat ichki talablarga, korxona boshqaruvi yuzasidan yo‘naltirilganligi;
- teran moliyaviy tahlilni o‘tkazishda axborotlarning keng doirasidan foydalanish imkoniyatining yuqoriligi;
- tahlilni o‘tkazish bo‘yicha normativ metodikalar bilan birgalikda aniq reglamentlari (tartiblari) belgilanmagan usullardan foydalanish imkoniyatlari;
- aniq boshqaruv qarorlarini tayyorlash yuzasidan chuqur moliyaviy tahlilni o‘tkazish imkoniyati mavjudligi;
- boshqaruv apparati talablaridan kelib chiqqan holda analitik ishni tashkil etilishi.
Moliyaviy tahlil mazmuni bo‘yicha to‘liq moliyaviy tahlil va tematik moliyaviy tahlil turlariga ajratiladi.
To‘liq moliyaviy tahlil korxona moliyaviy faoliyatining barcha jihatlarini kompleks o‘rganishni xarakterlaydi. Tematik moliyaviy tahlil korxona moliyaviy faoliyatining alohida jihatlarini va akspektlarini o‘rganishni xarakterlaydi. Tematik moliyaviy tahlil predmetiga: aktivlardan samarali foydalanish, aktivlarni moliyalashtirishda alohida manbalardan optimal foydalanish darajasi, to‘lov layoqati va moliyaviy barqarorlik holati, optimal investitsion faoliyat, kapitalning moliyaviy tuzilishi kabi masalalarni kiritish mumkin.
Moliyaviy tahlilda obektni qamrab olinishi yuzasidan xo‘jalik yurituvchi subektlarning to‘liq (bir butunlikdagi) moliyaviy tahlili, alohida bo‘limlar va birliklar moliyaviy holatining tahlili (iqtisodiy javobgarlik markazlari bo‘yicha) hamda alohida moliyaviy jarayonlar tahlilini tarkiblash mumkin.
O‘tkazish davri bo‘yicha moliyaviy tahlil oldingi, joriy va istiqbolli tahlil turlariga tarkiblanadi.
Oldingi moliyaviy tahlil – korxona moliyaviy faoliyatini bir butunlikda yoki alohida olingan moliyaviy jarayonlar bo‘yicha shart-sharoitlarni bilish bilan bog‘lanadi (masalan, uzoq va qisqa muddatga bank kreditlarini olish yuzasidan korxonaning to‘lov layoqatini baholash).
Joriy (operativ) moliyaviy tahlil – alohida moliya rejalarini bajarilishida yoki moliya operatsiyalarini amalga oshirish davomida operativ tarzda moliyaviy holatga ta’sir etish yuzasidan o‘tkaziladigan tahlil turidir.
Istiqbolli moliyaviy tahlil – amaldagi holatni o‘rganish asosida moliyaviy holat va uning alohida birliklari bo‘yicha kelajakdagi o‘zgarishlarning kutilishlarini baholab beruvchi tahlil turidir.
Moliyaviy tahlilni tashkil etish bosqichlarini iqtisodiy tahlil va uning tarkibiy qismlariga nisbatan yagona asosda birday belgilash to‘g‘ri, lekin aynan moliyaviy tahlil yuzasidan uni quyidagi ketma-ketlikda o‘tkazish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.

Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling