Navoiy davlat konchilik va


Laboratoriya ishini bajarish uchun umumiy ma’lumotlar


Download 364.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana08.03.2023
Hajmi364.74 Kb.
#1250066
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-Tajriba ishi

Laboratoriya ishini bajarish uchun umumiy ma’lumotlar. 
Inson hayot faoliyati uchun yorug`lik katta ahamiyatga ega. Kishi o’zini o’rab turgan 
muhit to’g`risidagi ma’lumotlarni 90 % dan ko’prog`ini ko’rish organlari yordamida oladi. 
Shuning uchun ham korxonalardagi uskuna, jihozlarni boshqarish vanazorat qilishda ratsional 
yoritish natijasida sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan birga ish sharoitlari yaxshilanadi
ishchilarni charchashdan saqlaydi, mehnat unumdorligini oshiradi va shu bilan birgalikda 
shikastlanishlarni oldini olishda, yaraqsiz mahsulotlarni ishlab chiqarishni kamayishiga olib 
keladi hamda kasb kasalligi, shal, shapko’rlikni oldini oladi. 
Sanoat korxonalari yorug`lik manbaining turiga qarab, 2 xil usulda yoritiladi : 
1.Tabiiy quyosh yorug`ligi yordamida yoritish ( bunda quyosh tarqatadigan nurdan
to’g`ridan- to’g`ri foydalaniladi yoki quyosh nurining ta’siridan yorug`lik tarqatayotgan 
osmonning diffuziya yorug`ligidan foydalaniladi.) 
2.Quyosh yordamida yoritishning imkoni bo’lmagan sanoat korxonalarining ish o’rinlari 
elektr nurlari yordamida, sun’iy yoritish yo’li bilan amalga oshiriladi. Tabiiy yorug`lik o’zining 
barcha xususiyatlari bilan sun’iy yoritishdan keskin farq qiladi. Tabiiy yorug`lik insonning 
ko’rish a’zolari va boshqa fiziologik jarayonlarning borishi uchun zarur bo’lgan ultrabinafsha 


nurlarga boy va bu yorug`lik bilan yoritilgan xonalarda ishlash ko’zning faoliyati uchun 
foydalidir.
Sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish binolarini yoritishda quyidagi talablar qo’yiladi: 
1.Ish o’rinlarini yoritish sanitariya gigiyena me’yorlari asosida ish toifalariga mos kelishi. 
2.Ish olib borilayotgan yuzga va ko’zga ko’rinadigan atrof muhitga yorug`lik bir tekis 
tushadigan bo’lishi.
3. Ishchi yuzalarda keskin soyalar bo’lmasligi. 
4. Ish o’rinlarida to’g`ridan - to’g`ri yoki nur qaytishi natijasida hosil bo’ladigan 
yaltirash ishlovchilarning ko’zini qamashtirmasligi. 
5. Yoritilish miqdori vaqt bo’yicha o’zgarmas bo’lishi. 
6. Ish joyi bilan tevarak atrof bir biridan keskin farq qilmasligi. 
7. Yoritgichlardan tushayotgan yorug`lik nuri to’g`ri yo’naltirilgan bo’lishi va hokazolar. 

Download 364.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling