4- LABORATORIYA ISHI.
UZUNLIKNI YASSI PARALLEL UCH O‘LCHOVLARI YORDAMIDA MIKROMETR KO‘RCHATKICHDAGI XATOLIKNI ANIQLASHNI O`RGANISH.
Ishning maqsadi: Uzunlikning tekis parallel chekli olchovlari yordamida mikrometr korsatkichi xatoligini aniqlash va olchash xatoligini aniqlash malakasini egallash.
Topshiriq
Uzunlikning tekis parallel chekli olchovlari yordamida olchamni sozlash va olchash aniqligini tekshirish.
Nazorat qilinayotgan olcham uchun uzunlikning tekis parallel chekli olchovlari toplamini tuzish.
Uzunlikning tekis parallel chekli olchovlari yordamida mikrometr korsatkichi xatoligini aniqlash va mikrometrning yaroqliligi togrisida xulosa chiqarish.
Mikrometr ko’rsatishlari xatoligini tekshirish.
Tekshirish o’tkaziladigan xonada mikrometr kamida 3-4 soat saqlanishi kerak. Tekshirish o’tkaziladigan xonada me'yoriy temperatura (20o S) dan ruhsat etilgan chetlanish yuqori o’lchash chegarasi 25 50 mm bo’lgan mikrometrlar uchun 6 oS; 100 mm dan yuqori o’lchash chegarasiga ega mikrometrlar uchun 4 oS dan oshmasligi kerak. Mikrometr ko’rsatkichlari 5-10 razryadli yoki ikkinchi sinf tekis parallel chekli o’lchovlari yordamida tekshiriladi. Mikrometrni tekshirishda u ustunga o’rnatiladi va shkala boshlanq’ich holatga, nolga (0; 25; 50 va boshqalar) ga o’rnatiladi, mikrometrning ko’rsatilgan shtrixiga to’qri keladigan tekis parallel chekli o’lchovlar mikrometrning o’lchovchi yuzalari orasiga o’rnatiladi va olingan natija jadvalga kiritiladi. Tekshirishni stebl shkalasining barcha, ya'ni 0; 25; 50 va hokazo nuqtalarida keyin esa har 5 mm masofada olib borish zarur.
Mikrometr ko’rsatgichlarini tekshirish uchun tavsiya qilinadigan tekis parallel yassi o’lchovlarning nominal o’lchamlari 2.1-jadvalda keltirilgan.
Mikrometrning yuqori o'lchash chegarasi (mm)
|
25 mm
|
25 mm dan katta
|
Tekis parallel yassi o’lchovlarning o’lchami (mm)
|
10,24
15,36
21,50
25,00
|
Р 5,12
Р 10,24
Р 15,36
Р 21,50
Р 25,00
|
Р- mikrometrning quyi olchash chegarasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |