Navoiy davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti fakulteti Pedagogika kafedrasi djumanazarova mavluda abdunazarova
Download 365.89 Kb.
|
Navoiy davlat pedagogika instituti
UMUMIY XULOSALAR
O`tkazilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalar chiqarishga muvaffaq bo`ldik: 1. Mavzuga oid pedagogik, psixologik, sotsiologik, tarixiy, axloqshunoslik yo’nalishidagi manbalarni o’rganish, tahlil qilish va umumlashtirildi. 2. Oquvchilarning individual-psixologik xususiyatlari, motivatsiyasini, intellektual rivojlanish va qobiliyatlari, oila, mahalla, guruh va o’quv muassasasidagi pedagogik- psixologik muhitni atroflicha o’rganish tarbiyaviy ishlarning samaradorlik darajasini oshirish va taqdim qilinayotgan o’quv materiallarining tadqiqot doirasida ifodaliligiga erishishildi. 3 Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuvi chuqur tahlil etish va ulardan tatbiqiy tizim ishlab chiqildi. 4. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv shakli, vosita va metodlari aniqlandi. 6.Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv metodikaning samaradorlik darajasini aniqlandi. 7. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondashuvlar bilan boyitildi. Ularda axloqiy tarbiya to’g’risidagi tushunchalarni shakllantirish metodikasiga, uning shakl, usul, vositalariga ega bo’lindi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv asosida bolalarida urf –odatlarimiz va milliy qadriyatlarimiz orqali ularda axloqiy fazilatlarini shakllantirish mumkin. ularni ma’naviy tarbiyalash quyidagi pedagogik vazifalar amalga oshirilganda ijobiy kechadi: -Birinchidan, o`quychilarning individual-psixologik xususiyatlari, ularning motivacion sferasi atroflicha o`rganilib chiqilganda; -ikkinchidan, o`quychilar uchun yaxlit uzluksiz milliy sharqona tarbiya tizimini ta`minlaydigan metodik majmualar ishlab chiqilganda; -uchinchidan, mavzuga oid molik suxbatlar, kechalar uyushtirilganda; -beshinchidan, o quvchilarning intellektual, ma’naviy rivojlanishlari va qobiliyatlari, pedagogika fanlarida mavzuga oid bo’lgan manbalar yangicha yondashuvlar asosida aniqlanganda. 3. Tarbiyani demokratiyalashtirish zarur bu tarbiyani ma`muriy extiyoj va qiziqishlardan yuqori qo`yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o`rtasidagi o`zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar moxiyatini o`zgartirish demakdir. bu tarbiya ishiga jamotchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir. Tajriba Navoiy shahrdagi №5 maktab o’qituvchi - pedagoglari hamkorligida olib borilgan tadqiqotlarda boshlang’ich sinf boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuvlar orqali ma’naviy tarbiyalash jaryonida quyidagicha kechdi: Dars jarayonida o`quvchlarning fanlarga bo’lgan, qiziqishi, ma’naviy tarbiyalanganlik darajasini suhbat, test, pedagogik kuzatish, orqali o`rgandik; Darsda va darsdan tashqari ma’naviy –ma’rifiy tadbirlar, kechalar, ta’lim-tarbiya jarayoniga yangicha yondoshuvlar orqali talabalarda fanga bo’lgan qiziqish, ma’naviy merosimizdan foydalanish yo’llariga oid bilimlar yanada takomillashdi. Darsdan tashqari tarbiyaviy jarayonda o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuvlar samaradorligi aniqlandi va bu o`quvchlarni ma’naviy merosimiz orqali komil insonni tarbiyalashga xizmat qiliuvchi omillardan biri ekanligi isbotlandi . Shunday qilib, boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuvlar jarayonida bolalar ma’naviyatini yanada rivojlantirishda ma`naviy merosidan foydalanish yo’llarini ta’lim-tarbiya jarayonida keng targ’ib qilish ma’suliyatli ishlarni amalga oshirish davr talabidir. Modomiki, aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy salohiyat-ma’rifatli insonning ikki qanotini tashkil etar ekan, biz pedagoglar bu sohada o’z fidoiyligimizni amalda isbot qilishga intilmog’imiz shart. Download 365.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling