Navoiy davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti fakulteti Pedagogika kafedrasi djumanazarova mavluda abdunazarova
Download 365.89 Kb.
|
Navoiy davlat pedagogika instituti
1 mashk: Kichik jamoalarda “Gurux portreti” uslubi yordamida namunali murabbiyga ta’rif berish.
“Guruh portreti” : Ishlashdagi izchillik shunday: Ekranda xazil shaklda chizilgan portret namoish etiladi. Bu - ramziy murabbiyning portreti. Tinglovchilarga quyidagi savol bilan murojaat etiladi: “Namunali bo’lish uchun murabbiy tanasidagi har bir a’zo muayyan vazifalarni bajarishga qaratilgan. Vazifalarni aniqlang.” Xar bir jamoaga ekrandagi portret nusxasi beriladi. Xar bir jamoa fikrlab, ushbu portretga chizmalar yordamida ta’rif beradi. “Guruh portreti” ishning natijasi xisoblanadi. U bilan keyinchalik ishlash, ya’ni tahlil etish, aniq qadamlarni takomillashtirish, yaxshilash va boshqa maqsadlarda qayta ishloab chiqish mumkin. Ushbu uslubdan “Murabbiylik soat”lari quyidagi mavzularga bag’ishlanganda foydalanish mumkin: “Namunali o’quvchi”, “A’lochi portreti”, “Muammoli talaba”, “Namunali (kasb egasi)” va xokazo. Avvalam bor, o’zimiz – murabbiylar ham notiqlik jihatidan yorqin namuna bo’lishimiz darkor. Notiqlik mahorati – muvaffaqiyat muhim omillaridan ekan, yoshlarimizda tarbiyaviy soatlarda erkin, tezkor fikrlashga imkon yaratuvchi zarur sharoitlar yaratishimiz, turli mashqlar tashkil etishimiz lozim. Notiqlik mahorati – ishontirish usullarini o’rgatuvchi fan. Notiqlik mahorati – namunali murabbiy muvaffaqiyati uchun muhim omil. «Aqliy xujum» yordamida yaxshi notiq qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kerakligini aniklaymiz Notiqlik mahoratini oshirishga qaratilgan mashqlar: «Reklama qilish» (o’zini o’zi, do’stini, guruhini, biror bir buyumni), «Hamma shanbalikka», «Tabriklayman, kutlayman» kabi mavzularda qisqa nutq tuzish. Bundan tashqari tezkorlikni, xozirjavoblikni oshiruvchi «Blits-o’yin», «Xikoya tuzish», «Ta’rif berish» (masalan buyumga, rangga, xarakatga, insonga) kabi mashqlar. Videotrening yordamida tinglovchilar o’zlarini notiq sifatida baholaydilar. Baholashga ko’mak beruvchi savollar: O’zimizni notiq sifatida chetdan kuzatib, qanday ijobiy tomonlarimizni ko’rdik (ihtiyoriy ravishda har bir tinglovchi o’ziga baho beradi); O’zimizni notiq sifatida chetdan kuzatib, qanday salbiy tomonlarimizni ko’rdik (ixtiyoriy ravishda har bir tinglovchi o’ziga baho beradi); Qaysi bir tinglovchini eng zo’r notiq deb hisoblaysiz? (O’zini maqtashi ham mumkin). Xulosa. Nutqqa tayyorgarlik – psixologik jihatdan sovg’a tanlashga o’xshaydi. Sovg’a in’om etuvchilar uch toifaga bo’linadi: O’ziga keraksiz narsani birovga sovga qilib yuboruvchi (madaniyatsiz); O’ziga ravo ko’rgan narsani birovga in’om etuvchi (sovg’a taqdim qiluvchi sovg’a oluvchini o’zidek ko’radi); O’ziga ravo ko’rgan narsadan ham a’lo narsani in’om etuvchi Nutq shahsan notiqning o’ziga yoqmasa, tinlovchilarga in’om etmasligi lozim. Nutq ham sovg’a kabi tinglovchilar uchun yoqimli va kerakli bo’lishi darkor. SHundagina nutq samarali bo’ladi. Hozirgi kunda eng muhim, eng dolzarb vazifamiz - jamiyatimiz a’zolarini, avvalambor voyaga yetib kelayetgan yosh avlodni kamol toptirish, ya’ni ularni komil inson qilib tarbiyalash. “Aqliy xujum” uslubi orqali komillik nima, komil inson deganda qanday insonni ko’z oldimizga keltiramiz degan fikrlarni tinglovchilardan jamlab olamiz. Har bir xalqning o’zi intiladigan komillik timsollari bo’ladi. Ular ajdodlarimizning o’z farzandlarini mard, sog’lom, qo’rqmas va mukammal qilib tarbiyalash yo’lidagi orzularini ifodalaydi. Vazifa: Tinglovchilarning komillik timsollarini aniqlash. Ushbu mashq individual tarzda bajariladi. Tinglovchilar komil inson haqidagi orzulari qanday kishilar siymosida o’z ifodasini topganligini aniqlashadi va daftarlariga belgilashadi. Sung, jamoadoshlari bilan fikr almashishadi. Maktab/OTM kishining ma’naviy shaxs sifatida shakllanishida poydevor rolini o’ynaydi. Bola bu yerda nafaqat bilim oladi, balki uning dunyoqarashi kengayadi. Uning aql-idrokli, teran fikr yurituvchi komil inson bo’lib yetishida bu muqaddas dargohning ahamiyati katta. O’quvchi/ sizdan ko’p narsani kutib qoladi. Siz unga yordam berasiz, uni yo’naltirasiz, to’g’ri yo’l ko’rsatasiz. SHuning uchun o’zingiz ham komillikka intilishingiz lozim. Buni siz “Mukammallikka intilish tizimi sizda mavjudmi?” so’rovnomasi orqali bilishingiz mumkin. Bu so’rovnoma 15 ta’kiddan tarkib topgan. Download 365.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling