Navoiy davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti fakulteti Pedagogika kafedrasi djumanazarova mavluda abdunazarova


Download 365.89 Kb.
bet7/18
Sana09.04.2023
Hajmi365.89 Kb.
#1344240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti

Murabbiyning funksiyalari


Murabbiyning funksiyalari:

  • axborot berishlik;

  • tashkilotchilik;

  • kommunikatsion;

  • nazoratchilik (ma’muriy);

  • ijodiy.



A xborot berishlik funksiyasi - murabbiyning talabalarning o’zlari ham ishtirok etishi lozim bo’lgan o’quv va o’qishdan tashqari tadbirlarga taalluqli zarur axborotlarni o’z vaqtida olishini nazarda tutadi.


T ashkilotchilik - murabbiyning talabalar guruhining o’qishdan tashqari hayotini (birinchi kurs talabaligiga bag’ishlov, guruhning kuni, guruh ichidagi an’analar va hokazolar) unda ishtirok etuvchilar bilan birgalikda uyushtirishini nazarda tutadi.


K ommunikatsion – o’zi murabbiylik qiladigan guruhda eng yaxshi psixologik muhitni ta’minlash va tutib turish; guruh ichidagi munosabatlarni uyushtirish; guruh hayotida rasmiy yetakchi sifatida bevosita ishtirok etish; talabalar bilan oliy o’quv yurtining kafedralari, dekanati, ma’muriyati o’rtasida vositachi bo’lish.


N azorat – ayniqsa quyi kurslarda talabalarning davomati va o’zlashtirishi, guruh yetakchisining o’z funksiyalarini bajarishi, uning saylanishi va qaytadan saylanishini nazorat qilishni ko’zda tutadi.


M urabbiyning ijodkorligi – uning individual ehtiyojlari va qobiliyatlariga muvofiq tarzda o’z faoliyatini kengaytirishini nazarda tutadi.

Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayonida muvavaffaqiyat ko’p jihatdan tarbiyachining shaxsiyatiga bog’liqdir. SHuning uchun murabbiy shaxsining shakllanishiga va rivojiga, murabbiyning o’z imkoniyatlariga ishonchini yanada ortishiga qaratilgan mashqlardan foydalanish maqsadga. Ijodkorlik bor joyda yangilanish bor, shuning uchun bir qator mashqlar murabbiylarning «yashiringan» imkoniyatlarini ochishga qaratilgan bo’lib, ularning imkoniyatlarini cheksizligidan dalolat beradi («Men – ijodkor shaxs», «Jamoa taqdimoti», «Vaqt top», «Hamkorlik va raqobat» va x.).


Prezidentimiz I.A.Karimov o’z nutqlarida yoshlarga katta ishonch bildirib, O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida ekanligini ta’kidlar ekan, avvalo yoshlarni shunday ishonchga javob bera oladigan insonlar qilib yetishtirish o’qituvchi va tarbiyachilarning fidokorona mehnati bilan bog’liqligini nazarda tutadi.
Jamiyatimiz talab etayotgan har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda o’qituvchining o’rni beqiyosdir.



Download 365.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling