Muammoning o’rganilganlik darajasi Pedagogik, psixologik, sotsiologik tadqiqotlarda shaxsning ijtimoiy faolligi orqali «huquqiy tarbiyani va madaniyat»ini shakllantirish va rivojlantirish muammolariga bag’ishlangan izlanishlar mavjud bo’lib, bunday tadqiqotlar sirasiga R.Mavlonova, O.To’rayeva,O. Karimova, O.Hasanboyeva, X. I. Ibragimov, Sh.Abdullayeva, O.Musurmonova, U.Mahkamov, M. Maxmudov, B.Adizov kabi olimlarning ishlarida ta’limni ijodiy tashkil etish orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv tarbiya berishda sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari muammoli ta’lim nuqtai nazaridan tadqiq qilingan.
Tadqiqot maqsadi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv yo’llari, vositalarini aniqlash, o’quv jarayonini tashkil etish hamda mazmunini boyitishdan iborat deb belgilanadi.
Tadqiqot ob’ekti: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv yo’llari .
Tadqiqot predmeti - Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv yo’llari, shakllari.
Ilmiy tadqiqotning maqsadi va vazifalari quyidagi farazni ilgari surishga asos bo’ladi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuvida ijobiy kechadi:
- birinchidan, o’quvchilarining real o’quv imkoniyatlari, shaxs kamolotida mustaqil fikrlash o’rni, individual-psixologik xususiyatlari, xususan, o’quv materiallarini idrok etishi, ularning hissiy dunyosi atroflicha o’rganilib chiqilganda;
- ikkinchidan, boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun yaxlit uzluksiz yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv tizimini ta’minlaydigan metodik majmualar ishlab chiqilganda;
uchinchidan, Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuvi uchun maxsus dastur va o’quv rejalari ishlab chiqilganda;
Tadqiqotning metodologik asosini Sharq mutafakkirlarining tarbiyaga oid ta’limotlari, Prezidentimiz I.A. Karimov asarlarida ilgari surilgan ijtimoiy muammolarga doir g’oyalariga, O’zbekiston Respublikasining « Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», “Xalq pedagogikasi”ga “Umumiy o’rta ta’lim Davlat ta’lim standartlari”ga; ilg’or pedagogik tajribalar (J.Hasanboyev,O.Hasanboyeva)lar talabalarning ma’naviy tarbiyasi va rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi tarbiyaviy ta’lim Konsepsiyasi (S.Nishonova, O.Musurmonova, O.Hasanboyeva, J.Hasanboyev, X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva, K. Toshmurodov)ga asoslaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |