Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv yo’llari muammo sifatida ilmiy-nazariy jihatdan asoslanilishi;
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv maxsus ilmiy tadqiqot predmeti sifatida o’rganilishi;
Pedagogika nazariyasi va tarixi, ijtimoiy pedagogika sohalarini boyituvchi materiallar olinganligidadir.
TADQIQOT VAZIFALARI
1. Mavzuga oid pedagogik, psixologik, sotsiologik, tarixiy, axloqshunoslik yo’nalishidagi manbalarni o’rganish, tahlil qilish va umumlashtirish.
2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining individual-psixologik xususiyatlari, motivatsiyasini, intellektual rivojlanish va qobiliyatlari, oila, mahalla, guruh va o’quv muassasasidagi pedagogik- psixologik muhitni atroflicha o’rganish tarbiyaviy ishlarning samaradorlik darajasini oshirish va taqdim qilinayotgan o’quv materiallarining tadqiqot doirasida ifodaliligiga erishish.
3. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv yo’llari chuqur tahlil etish va ulardan tatbiqiy tizim ishlab chiqish.
4. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv shakli, vosita va metodlarini yaratish.
6. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuviga yo’naltirilgan metodikaning samaradorlik darajasini aniqlash.
Tadqiqot metodlari:
Anketa, suhbat, intervyu, savol-javob, o’rganish.
Tahlil, qiyosiy tahlil.
Pedagogik diagnostika.
Sotsiologik tadqiqot, ijtimoiy so’rov.
Pedagogik eksperiment.
Matematik statistika.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv yo’llariga oid nazariy qarashlar, yondashuvlar bilan boyitildi. Ularda ma’naviy tarbiya to’g’risidagi tushunchalarni shakllantirish metodikasiga, uning shakl, usul, vositalariga ega bo’lindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |