Navoiy davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti fakulteti Pedagogika kafedrasi djumanazarova mavluda abdunazarova
Xayrullayeva Dilfuza G’ulomovnaning “Boshlang’ich sinf o’quvchilariniyakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv”
Download 365.89 Kb.
|
Navoiy davlat pedagogika instituti
Xayrullayeva Dilfuza G’ulomovnaning “Boshlang’ich sinf o’quvchilariniyakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv”
mavzusida bakalavr daradjasini olish uchun yozgan bitiruv malakaviy ishiga YAKUNIY XULOSAMamlakatimiz yanada ravnaq topishi uchun yetuk va barkamol kadrlarni yetishtirib berish, ularda Vataniga, xalqiga, Prezidentiga sadoqat, yuksak ma’naviy, madaniy hamda insoniylik fazilatlarini kamol toptirish, mamalakat qudratini oshirish, fuqarolar osoyishtaligini kafolatlashga xizmat qiladi. Bunday tarbiyani berishda vatanparvarlik g’oyasi muhim o’rin tutadi. Zamonaviy yoshlar buyuk ma’naviyat va sharqona komillik an’analarining vorislaridir. Ularni mustaqillik g’oyalari asosida sog’lom turmush tarzini shakllantirish va rivojlantirish komil inson konsepsiyasida katta ahamiyatga ega. Bo’lg’usi pedagogning kasbiy-insoniylik tayyorgarligini amalga oshirishning pedagogik yo’llari turli-tuman bo’lib, ayniqsa, bu borada o’zbek xalq ma’naviyatini jahon madaniyatining yuqori cho’qqilariga ko’targan, o’tkir did, yuksak insoniylik va salohiyat sohiblari bo’lgan Imom al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yassaviy, Xoja Baxovuddin Naqshband, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Amir Temur va boshqalarning qomusiy ta’limotga oid boy ma’naviy merosini o’rganmay turib, hozirgi davrda milliy qadriyatlarni, xususan, yoshlarning ma’naviy murabbiylari bo’lgan – pedagoglarni tayyorlash mumkin emas. Chunki, bir tomondan, ular o’zligini, xalqning o’tmish merosini va tarixini bilmas ekanlar, huquqiy ma’naviyatlari kemtik, rivojlari sust bo’ladi. Ikkinchi tomondan, ulug’ mutafakkirlarimizning madaniyat va ma’naviyatimizni belgilab beruvchi, qadriyatlarimizga asos bo’la oluvchi boy merosining har biri, insonning chinakkam inson bo’lib, mehr-muhabbatlik, g’amxo’rlik, adolatlik, xurmatlilik, sahovatlik, ezgulik, beg’arazlik, ishonchlilik va talabchanlik kabi yuksak insoniy sifatlar sohibi bo’lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Xayrullayeva Dilfuza G’ulomovnaning “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuv” mavzusida yozgan bitiruv malakaviy ishi boshlang`ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondoshuvlar belgilab berishi bugungi kundagi ahamiyati va mazmuni o’ziga xos xsusiyatlari bilan alohida axamiyatga ega. Bitiruvchi Xayrullayeva Dilfuza G’ulomovna bitiruv malakaviy ish rejasini to’g’ri rejalashtirib olgan u ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Djumanazarova Mavluda Abdunazarovna bitiruv malakaviy ishini birinchi bobida “Pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanishning ilmiy asoslari” deb nomlanib unda Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlarida «Barkamol avlod» tarbiyasi to’g’risidagi pedagogik qarashlari, pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanishning bugungi kunda jamiyat taraqqiyotidagi o’rni yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirish pedagogik muammolar, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishning mazmuni va mohiyati belgilab berilgan. Djumanazarova Mavluda Abdunazarovna yozgan bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida “Pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanish yollari” deb nomlanib unda pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanishda pedagogik texnologiyalarni qo’llash yo’llari, bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy madaniyatini va huquqiy madaniyatini yanada rivojlantirishda uzluksizlik va tizimlilik, yo’llarini aniq belgilab, bitiruv ishida bayon qilgan. Darsdan tashqari fanga oid tarbiyaviy ishlarni tashkil tashkil etishda boy milliy qadriyatlarimiz va milliy istiqlol g’oyasini yoshlar ongiga singdirish bu borada avlod-ajdodlarimiz yaratgan, milliy ma’naviy meroslarimizdan keng foydalanish yo’llarni belgilab, nazariy asoslab bergan. Bitiruv malakaviy ishini yozishda Djumanazarova Mavluda Abdunazarovna o’z tatqiqot ishida , kollejlarda tarbiyaviy tadbirlar, suhbatlarni tashkil etish, bu borada guruh rahbarining o’rni, pedagogik mahorati, maktab jamoasi va o’qituvchilar jamoasi bilan olib boradigan ishlarini tahlil o’rgangan va tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilish va uni ta’sirchanligini oshirish uchun ayrim tarbiyaviy tadbirlarni ishlanmalarini o’quvchilarga o’tib natijalari tahlil etilgan. Djumanazarova Mavluda Abdunazarovna xulosa qismida esa mavzuni nima maqsadda o’rganilishi va uni hayotga tadbiq etish borasida to’xtalib o’tgan malakaviy bitruv ishining mavzusi yaxshi yoritilgan. Djumanazarova Mavluda Abdunazarovna “Pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanish yo’llari”mavzusida bakalavr akademik daradjasini olish uchun yozgan bitiruv malakaviy ishi O’zbekiston Respublikasi OAK tomonidan «Bitiruv malakaviy ishlarni bajarish tugrisida»gi Nizomida quyilgan talablarga javob beradi, uning muallifi esa bakalavr darajasini olishga loyiq. Download 365.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling