Navoiy davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti fakulteti Pedagogika kafedrasi djumanazarova mavluda abdunazarova


Ilmiy rahbar: katta o`qituvchi H.B.Aliqulova


Download 365.89 Kb.
bet17/18
Sana09.04.2023
Hajmi365.89 Kb.
#1344240
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti

Ilmiy rahbar: katta o`qituvchi H.B.Aliqulova

Djumanazarova Mavluda Abdunazarovnaning “Pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanish yo’llari” mavzusida bakalavr daradjasini olish uchun yozgan bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Ta’lim-tarbiya jarayonida buyuk allomalarimizning bizga qoldirgan ma’naviy merosidan foydalanib yoshlarni komil inson etib yetkazish pedagogika fanining asosiy vazifalaridan biri. Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida, O’zbekiston zaminida yetishib chiqqan bir guruh qomusiy olimlarning bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlari haqida, xususan, Muhammad Muso Xorazmiy faoliyatining umuminsoniy taraqqiyot rivojiga ulkan ta’siri, Ahmad Farg’oniyning «Astronomiya asoslari haqida kitob»ining ilmiy ahamiyati, Abu Rayhon Beruniyning ilmiy jasorati, Ibn Sinoning buyuk asarlari, Mahmud Zamahshariyning olamshumul shuhrat to’g’risida hayajon bilan so’zlaydi.Bu kabi misollar orqali muallif xalqimizning ma’naviy olami naqadar boy va rang-barang ekanini isbotlab beradi. Bunday noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur o’rganish, uning ma’no-mazmunini farzandlarimizga yetkazish masalasi barchamizning insoniy burchimiz ekanini uqtiradi.
Bu borada Djumanazarova Mavluda Abdunazarovna “Pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanish yo’llari” mavzusida yozgan bitiruv malakaviy bo’lajak o’qituvchilarni pedagogika fanlarni o’qitish orqali qomusiy olimlarimizning ilmiy merosidan foydalanish yo’llariga talabalarni kasbiy mahoratini oshirish va ma’naviy, huquqiy madaniyatiga qaratilgan bo`lib ularni vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda va tarbiyaning tarkibiy qismlari: axloqiy tarbiyani yoshlar ongiga singdirishda milliy qadriyatlarimiz yo’llari orqali tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish va o’tkazish uning bugungi kundagi ahamiyati va mazmuni o’ziga xos xususiyatlari bilan alohida ahamiyatga ega.
Bitiruvchi Djumanazarova Mavluda Abdunazarovna bitiruv malakaviy ish rejasini to’g’ri rejalashtirib olgan u ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Bitiruv malakaviy ishini yozishda Djumanazarova Mavluda Abdunazarovna o’z tatqiqot ishida, pedagogika fanlarini o’qitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanish yo’llari va bu borada fan o’qituvchisining o’rni, pedagogik mahoratini va yo’llarni o’rgangan hamda olimlarnimizni ishlarini tahlil etib o’rgangan. Dars jarayonida foydalanish va uni ta’sirchanligini oshirish yo’llari natijalari tahlil etilgan.
Men Djumanazarova Mavluda Abdunazarovnaning bakalavr akademik daradjasini olish uchun yozgan bitiruv malakaviy ishi O’zbekiston Respublikasi OAK tomonidan «Bitiruv malakaviy ishlarni bajarish tugrisida»gi Nizomida quyilgan talablarga javob beradi, uning muallifi esa bakalavr darajasini olishga loyiq.

Download 365.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling