Navoiy davlat pedagogika instituti egamqulova nodira bahodirovnaning abdulla oripov she


III BOB ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA QO’LLANGAN BADIIY TASVIR VOSITALARI VA ULARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI


Download 187 Kb.
bet3/3
Sana10.12.2020
Hajmi187 Kb.
#163054
1   2   3
Bog'liq
a.oripov


III BOB

ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA QO’LLANGAN BADIIY TASVIR VOSITALARI VA ULARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI
III.II Abdulla Oripov ijodida takrorning o’rni va roli
She’rning joziba kuchi, badiiyligini oshirishda takror alohida o’rin tutadi. “Shoir va yozuvchilar tasvirlayotgan voqea-hodisaning nazarda tutilgan tomoniga o’quvchining diqqatini tortish, uni bo’rttiribroq ko’rsatish uchun yoki ma’lum narsalarni sanab ko’rsatish niyatida ko’proq she’riy asarlarda… ayrim tovush yoki tovushlar birikmasiga, gaplarga alohida urg’u beradi, takrorlaydi.”1 So’z takrori nazmda bir qancha san’atlarning vujudga kelishiga asos bo’ladi.

Abdulla Oripov she’rlarida juda ko’p takror qo’llanadi. Ularni kontakt holatdagi va distant holatdagi takror ko’rinishlarida o’rganish maqsadga muvofiqdir.

Abdulla Oripovning bir qator she’rlarida, jumladan, “Ziyo “ “Ikar” , “Malomat toshi “, “Shoshmaslik haqida ballada” larida takror qo`llangan. Biz distant takrorning eng xarakterli namunasi bo`lgan “Ikar “ she`rini tahlil qilamiz. She`r o`n besh to`tlik banddan iborat bo`lib , unda o`n olti marta ikar so`zi qo`llangan. Uch bandda ayni so`z qo`llanmagani holda, to`rt bandda so`z ikki martadan takrorlangan. Demak, shoir san`atning so`zni har misra yoki baytda (bandda) qo`llash qoidasiga qattiy amal qilmagan. She`rning birinchi bandi komunikativ xarakterda bo`lib, ikar so`zi o`z ma`nosida qo`llangan:

Fazoga ilk bora qanot qoqqanni,

Ikar deb atamish hayolan inson.

O`zini beayb o`tda yoqqanni

Unutmay yuradi abadiy jahon.

Ikkinchi bandda esa bu obrazni tilga olishdan qanday maqsad ko`zlanganligini ifodalovchi poetik mushohada boshlanadiki, endi ikar so`zi nomenativ ma`no doirasidan chiqadi; ko`chma ma`no kasb etadi:

Ikar bitta emas, yo`q bitta emas,

Sanog`i yulduzlar misoli katta.

Kimki ilk savolga iz ochdimu bas,

Shu yo`lning ikari bo`lgay albatta.

Bandning birinchi misrasida so`z takroriga asoslangan yana bir san`at- takrir san`ati qo`llangan . Dastlabki ikki misrada tezis sifatida berilgan fikr keying ikki misrada dalillanyapti: bundan insoniyat tarixida savob ishga qo`l urganlar soni juda ko`p degan xulosa ham kelib chiqadi. Bundan keyin esa ana shu ilk savobga yo`l ochgan ikarlarga misol keltiriladi. Bu misol keltirish to oltinchi bandgacha davim etadi. Uchinchi bandda ham ikar ikki marta qo`llangan bo`lib “ ikar” atalgay jumlasi ikkinchi va to`rtinchi misralarda muvoziy holda takrorlanadi:

Yarog`im yo`q deya ilk bora qo`lin,

Salomga cho`zgan ham ikar atalgay.

Tark etib g`ordagi asriy manzilin,

Ilk chayla tuzgan ham ikar atalgay.

Bu so`z takrorning yana bir ko`rinishi bo`lib , u ilm-u badidda tasdir san`ati deb yuritiladi . Bayt ikkilik band hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Abdulla Oripovning bir band doirasidagi qatarig`ini ham tasdir namunasi deb qarash xato bo`lmaydi. Demak, shoir aruzda shakllangan va qo`llangan san`atlarni barmoqqa ko`chirgan va uni bir so`zdan jumla takrori darajasiga yetkazgan. To`rtinchi bandda esa bunday takrorning aksiga duch kelamiz: uchinchi bandda juft misralar oxirida takror yuz bergan bo`lsa bunda juft satrlar boshidagi so`z qaytariladi.

Ikardir- Protomey nomini olib,

O`t izlab xudolar qoshiga borgan.

Ikardir ilk sevgi domida qolib,

“Yallama yorim “ ni kuylab yuborgan.

Shu yerda Prometey – talmeh bo`lib, shoir mumtoz adabiyotning sharqdagi nomlar, qissalarga ishora qilish an`anasidan chekinadi , G`arb mifologiyasi qahramoni- o`t izlagan Prometeyni ham o`ziga xos bir ikar deb ataydi. Biroq bu takrorlar shunchaki shakliy g`o`zallik bo`lmay fikrni ta`kidlashga, uqtirishga qaratilgandir. Beshinchi bandda esa qaytarish san`atining yana bir bora duch kelamiz:

Odamzot boshidan o`tib ne kunlar,

Ikarsiz qolmagan lekin hech qachon.

Birovin jigarni cho`qib quzg`inlar,

Birovi o`tlarda yongan beomon.

“ Birovin- birovi” qaytarig`i qaytarig`i ham Ikar o`rnida qo`llangan . Bu o`rinda shoir dunyo tarixi ikarlariga misol keltirishdan chekinib, ularning daxshatli taqdirlarini tilga oladi. Shu banddan keyin tasvir yo`nalishida ham o`zgarish ro`y beradi : shoir umumiy misollar keltirishdan konkret misollarga o`tadi. Bular: Jordano Bruno, Spartak, Gulsara. . . Shoir yana g`arb qahramonlarini tilga olib , talmeh san`atidan ijodiy foydalangan. Xo`sh, tarix yo`llarida kechgan bu ikarlar nomini bir ishga tizishdan , ularni eslashdan murod nima? She`rning to`qqizinchi va sakkizinchi bandlarida muallif o`z davriga qaytadi. O`ninchi bandda yana tezis xarakteridagi fikrlar keltirilari-da ,she`r ikki qismga ajraladi. Ikarlar haqida gapirib kelgan shoir bayon usulidan hozirgi yoshlarga murojaat qilishga o`tadi. She`r talabalarga bag`ishlangan. Shuning uchun ham shoir yoshlarga murojaat qila turib, ularning jamiyatda tutgan o`rni va roliga she`riy baho beradi:

Zamin-u zamonda , o`zingsan g`olib,

Ey mening dilovar olov qalb ukam,

Sen o`zing ustozsan , sen o`zing tolib,

Sen o`zing armonim, umidlarim ham,

Sen borsan bu davron dasturxonida.

Oftob ham bamisli qo`rdan chiqqan non.

Sen borsan nur porlar yurt osmonida,

Sen borsan sobitdir bu qadim jahon.

Yuqoridagi bandda “sen borsan “ jumlasi uch qayta takrorlangan. Lingvistik nuqtai nazardan, “sen borsan” bosh gap bo`lib, bandni tashkil qilgan uch sabab ergsh gapli qo`shma gapning tarkibiy qismidir. Demak shoir so`z takrorining yangi ko`rinishini yuzga keltirgan. Har uchchala gapda ham yoshlarning mubolag`ali ta`rifi berilgan bo`lib, birinchi gapga original tashbeh bor: oftob- qo`rdan chiqqan non. Mumtoz va keying davr adabiyotida oftobga xos turli tashbehlar bor, aksariyat hollarda quyosh yorning yuziga o`xshatiladi. Abdulla Oripov quyoshni nonga daf’atan o`xshatmaydi, balki oldingi misradagi davron –dasturxoni bu tashbehni talab qilayotir. Oxirgi band she`rning finalidir, shu yerda shoir she`rida qo`llangan ikki obraz – ikar va yoshlarni, shuningdek yuqorida ajratganimiz ikki qismni mantiqan bog`laydi:

Faxru g`ururinga kelmasin malol,

Oqmagan daryoning nomidir taqir.

Sinmas qanot bilan- buyuklar misol

Ikar bo`la olgin o`zing ham, axir.

Demak, Ikarlar tarixiga she`riy ekskursdan maqsad – yoshlarni ham ana shunday jasoratga chorlash. Shu banddagi ikkinchi satr tamsili- misol keltirish xarakterga ega. Shoir oqmagan daryo taqdirni misol keltirish orqali yoshlarni hayotda yangi yo`llarni ochishga undaydi. Birgina she`rida so`z takroriga asoslangan badiiy san`atlarning bir necha turidan , shuningdek boshqa an`anaviy badiiy vositalardan foydalanilgan. Ammo shoir ayrim o`rinlarda sanoiyning mumtoz poetika mezonlari qolipidan chiqish orqali ulardan ijodiy fodalangan.

Abdullar Oripovning so`z va jumla takrorlaridan unimli va o`rinli foydalanganligini biz yuqorida “Ikar”she`riy misolida ko`rgan edik . shoir she`rlarida yana bir usul- misra takrorlari ham nisbatan ko`p uchraydigan hodisadir. Klassik poetikada bunday qaytariq “raddul – matla`” istilohi bilan ataladi. Raddul matla- g`azal yoki qasida matladagi misralardan birini keying baytlardan biri tarkibida yoki maqta`da muayyan maqsad bilan yangicha stilistik aspektda takrorlash san`atidir”. Demak , daddul-matla` faqat g`azal yoki qasidaga xos san`at ekan, Abdulla Oripovmimg misra takrorlarini bunday nombilan atab bo`lmaydi. Umuman olganda esa klassik badiiy san`atlarning ko`pchilidi aruzda shakillangan. Ularning barchasini ham barmoqda ifodalayverish mumkin, deyish mumkin. Shuning uchun biz mazkur usulni misra takrori degan istiloh bilan ataymiz.

“ Shovilladi tun bo`yi shamol”deb boshlanuvchi sakkizlikda birinchi va uchinchi misralar aynan takrorlangan:

Shovilladi tun bo`yi shamol,

Qaldiroqlar kuchli larzakor.

Shovillading yonimda hushhol,

“Yana keldi , do`stginam , bahor”.

Shovilladi tun bo`yi shamol,

Qorliklarda o`chdi izimiz.

Shovillading yonimda hushhol,

Mangu birmiz, do`stim ikkimiz.

She`r shoir ijodining ilk bosqichida yozilgan bo`lib oddiygina lirik lavhadan iborat. Ammo ishqiy mazmundagi bu sakkizlik o`zining tabiiyligi , samimiyligi, tasvirning orginalligi bilan o`quvchi qalbini rom qiladi. Unda dabdabali tashbehlar, balandparvoz jumlalarisiz sevishganlarning holati tabiatdagi yangilanishlar bilan mutanosib holda ifodalanadi. Inson ruhidagi uyg`onishlarning tabiatdagi uyg`onishlar bilan hamohang ekanligini ifodalashda misra takrori qo`l kelgan va she`rning g`oya zarbini kuchaytiradi.

Takrorning yana bir go`zal namunasi “Sen bahorni sog`inmadingmi” she`rida ko`rish mumkin. Bu she`rda band oxiridagi misra takrorlanib turadi. She`rning asosiy mag`zini so`roq shaklidagi ana shu misra tashkil qiladi. O`zbek adabiyotida ishq va bahor mavzuida yaratilgan mumtoz asarlardan biri hisoblangan bu she`rning qofiyalanish tartibi ham ancha murakkab bo`lib (b-v-b-v-g-g-a, b-v-b-v-g-g-a, ) o`zbek she`riyatida bunday qofiyalanish tartibiga ega she`rning uchrashi qiyin. Lirik qahramon qalbiga tabiat go`zlliklari taskin bera olmaydi, yor ham bahor qo`ynidadur, degan xayol bilan chiqqan oshiq uni topolmay hajr azoblarini chekadi. Shunda uning qalbidagi firoq, avg`on, gina, tana “sen bahorni sog`inmadingmi” shaklida otilib chiqadi. Yorga boshqacha so`zlash mumkin emas. Shu birgina so`rovdan barchasi ayon. Ammo she`rning oxiridagi mazkur misra takrori boshqacha xarakterga ega. Bu o`rinda” bahor “ tabiat fasli ma`nosidagina emas, balki go`zllik, ishq, ko`ngil bahori” ma`nolariga ham ega. Aniqrog`i, bu yerda “bahor” so`zining botinida oshiq , ya`ni yorni sog`ingan lirik qahramon - “men” yashirin . Shu bilan birga “sen bahorni sog`inmadingmi” misrasida sharqona bir nazokat, iffat ham mujassam: sharq kishisi oshkora “men seni sog`indim, meni sog`inmadingmi?” deb aytishi og`ir. Shul bois ham u o`z iztiroblarini va sog`inch ”armonini” bahorga ko`chirdi.”Umrim bo`yi chorlab o`tarman” tizimi shunday xulosa chiqarishga asos beradi. Demak,shoir satrni muayyan maqsad bilan , yangicha stilistik aspekda takrorlayotir. “Sen bahorni sog`inmadingmi?” she`ri ham “Olomonga” singari boshdan oxir savoldan iborat. Bu esa Abdulla Oripov ijodida mazkur usulni o`ziga xos o`rin tutishidan dalolat beradi. Xuddi ana shu usulda yozilgan yana bir she`r “Sen qaydan bilasan “ deb nomlanadi. Bu yerdagi “sen” endi mehrsiz, loqayd, beparvo ma’shuqa emas , balki inson qalbi evrilishlardan behabar g`ofil bir kimsa . She’rdagi tasvir ifodalar ana shunday deyishga asos beradi:

Sen qaydan bilasan, Sen qaydan bilasan,

Balki yulduzlar Balki bu ko`zlar

Menga sirlarini Unsiz bu qo`shiqni

So`ylayotgandir. Kuylayotgandir.

Sen qaydan bilasan, Sen qaydan bilasan,

Balki keng olam Balki meni ham

Shu mo`jaz qalbimga Kimdir qaydadir jim

Bo`ylayotgandir. O`ylayotgandir.


Gap garchi so`roq shaklida bo`lsada undan “sen bilmaysan “ degan tasdiq anglashilib turibdi . Lirik qahramon yulduzlar sirini tinglaydi, ko`zlari unsiz qo`shiq kuylaydi, qalbi butun olamni sig`diradi, ammo raqib bunday ruhoniy hislardan begona. Monorifmiya tuzilishidagi she`rning ham bir bandi “Sen qaydan bilasan” degan so`roq bilan boshlanadi. Shoir mazkur misra takrori orqali har bir inson qalbi, uning iztirob va evrilishlari, g`am anduhi, sog`inch va armonlari o`ziga xos betakror bir olam ekanligini ta`kidlayotir. Har bir shaxs, aniqrog`i, oshiq botinidagi go`zal tuyg`ular o`zgalar ko`zida turfa ko`rinish , o`zgalarni goh hayratlantirib, gohida taa`jjubga solishi mumkin, lekin bu she`rdagi lirik qahramonni tushunmoq, anglamoq uchun uning darajasida oshiq bo`lgan do`sti sodiq kerak, yo`qsa uning iztiroblari o`zgalarga bir “tomosha” bo`lib ko`rinishi mumkin. Shuning uchun ham shoir bunday g`ofil kimsalarga qarab dunyo va ishq go`zalliklarini “Sen qaydan bilasan” deb o`kinch aralash kinoya qilayotir.

Ko’rayapmizki takror ham lingvopoetikada muhim o’rin egallaydi va asar g’oyasini ochib berishda o’ziga xos hususiyatlarga ega. “Har bir takroriy qo’llnagan so’z, o’zining yakka holda, takrorlanmasdan qo’llanishiga nisbatan yangi ma’no ottenkalariga ega bo’ladi va shu asosda uning semantic doirasi ham yana kengayadi, emosionallik xusisiyati ortadi. Bu esa takrolash usulining naqadar muhim ekanligini ko’rsatadi.”1

Umuman olganda, Abdulla Oripov misraning takroridan keng foydalandi. Takror shoir she’riyatida yetakchi sintaktik figura darajasiga ko’tarilgan bo’lib, u she’rda ta’kid iltimos, o’tinch, so’roq ma’nolarini yanada teranlashtirish, qiyoslash kabi turli vazifalarni ado etadi. Takrorlar Grammatik hamda so’z tartibi jihatidan o’zgarishga uchraganda, turli xil ma’no qirralarini namoyon etgan; takrordagi grammatik o’zgarishlar ma’nodagi nozik farqlanishni yuzaga keltirgan bo’lsa, ikkinshi tomondan she’riy tizim talabi bilan ma’noni saqlab qolish maqsadida qo’llangan.

Jahon adabiyati tarixida mumtoz ijodkorlarning ayrim fikrlari , misralari chuqur mazmunni ixcham formada bayon etilganligi tufayli maqol darajasiga ko`tarilgan. Ular hikmatli so`zlar , aforizmlar kabi atamalar orqali ifodalanadi. “Aforizm “ grekcha so`z bo`lib ‘aphorisnos”-hikmatli so`z degan ma`noni anglatadi2. Demak , hikmatli so`z va aforizm atamalari mutloq sinonim bo`lib , har ikkalasini ham qo`llash xato emas. Xalq maqollaridan farqli ravishda aforizmlar avtorlarining hamma vaqt aniq bo`lishidan tashqari o`zlarining individualligini saqlab qoladi. Umuman adabiyotshunoslikda muallifi aniq bo`lgan hikmatli so`zlarga nisbatan aforizm atamasi qo`llangan. Adabiyot tarixida ayrim mualliflar aforizmlarni, muayyan mavzularga ko`ra geografik o`rniga ko`ra to`plab nashr etish tajribasi mavjud.

O`zbek adabiyotining ulkan siymosi , donishmand-u , ulug` shoir Alisher Navoiy aforizmlari jumhuriyatimizda bir necha bor nashr etilgan. Ularni to`plash va chop etishda H. Zarif, S. Mutallibov, H. Sulaymon, A. Rustamov, M. Rahmatullayeva kabi olimlarning xizmatlari beqiyosdir. Afsuski , milliy adabiyotimizda asarlarida maqolnamo juda ko`p ixcham fikrlarni bayon qilgan mutafakkir ijodlorlar anchagina bo`lgani holda, ularning tafakkur durdonalarini to`plash , tadqiq etish, chop ettirish qoniqarli ahvolda deb bo`lmaydi. Shuning uchun ham biz asrimizning zabardast shoiri Abdulla Oripov aforizmlari haqida so`z yuritishni lozim topdik.

Har bir san`tning o`rinli yoki o`rinsizligi uning asar mazmuni, fikr, til qoidalari va o`zidan boshqa badiiy vositalarga bo`lgan munosabati bilan belgilanadi. Barchasiga munosib tushib birortasining buzilishiga sabab bo`lmasa , u o`rinlidir. Aks holda , unday san`atning boridan yo`g`i yaxshidir”. Demak badiiy san`at mohiyatan oddiy bo`lishi mumkin, ammo gap uni ishlata bilishda.

Ko`rinib turibdiki , mumtoz adabiyotshunoslikda oddiy usullar ham badiiy san`at sifatida qayd qilingan . Vaholanki , aforizm yaratish murakkab usul bo`lib , u muallifdan donishmandlik , hayotiy va badiiy tajriba, ixchamlik , aniqlik kabi juda ko`p narsalarni talab qiladi. Shunga asosan biz aforizmlarni ham alohida murakkab ma`naviy san`at namunasi deb oldik.

XX asr o`zbek adabiyoti vakillarining ham ayrim misra , baytlari xalq orasida kaqoldek ommalashib ketgan. Masalan , Abdulhamid Cho`planning

“ Xalq dengizdir , xalq to`lqindir, xalq kuchdir” ,

“ Kishan kiyma, bo`yin egma , ki sen ham hur tug`ulg`onsan” ,

G`afur G`ulomning

“ Taqdirni qo`l bilan yaratur odam ,

G`oyibdan kelajak bax bir afsona” ,

Erkin Vohidovning

“ Do`st bilan obod uying ,

Gar bo`lsa u vayrona ham,

Do`st qadam qo`ymas ekan,

Vayronadir koshona ham.”

Jamol Kamolning “ Avval Vatan , keyin jon” kabi satrlari shular jumlasidandir.

Abdulla Oripovning she`rlari , dostonlari , maqollarida axloq-odob, ma`rifat , ezgulik, inson haqidagi fikrlar ixcham aforizmlar shaklida berilgan. Bunday xizmatlar muayyan asar kompazitsiyasidan ajralib, alohida bo`lib turmaydi, balki shaklan ham , mazmunan ham o`sha asarga mustahkam bog`langan. Biroq ularni alohida olib , ixcham va o`tkir xizmat tarzida qo`llash mumkin. Masalan “Jannatga yo`l “ dostonida do`st bilan ikkipaysa savob ustida tortishib o`tirgan yigitning shunday so`zlari bor:

Vo ajabo, tomoshaning qizig`i chiqdi!

Bilasanmi, ta`ma zahri kufurdan ortiq.

Yigitning “ta`ma zahri kufurdan ortiq “ so`zlarini alohida olganda xalqona , o`tkir aforizm paydo bo`ladi, mazmunan ham , shaklan ham uning biror matndan uzib olinganligi sezilmaydi. Ayni paytda u yigitning nutqiga shu qadar singib ketganki , alohida qo`llash mumkin emasdek tuyiladi.

Abdulla Oripov aforizmlarining mavzu doirasi keng. Ularda odamiylik, insof, vijdon , vatanparvarlik, adolat mehnatsevarlik, halollik , ota-onaga hurmat , ezgulik, do`stlik- birodarlik singari azaliy va abadiy tushunchalar ixcham , badiiy ifoda etilgan. Shuningdek, ularda insoniylikka zid bo`lgan hasadgo`ylik, ig`vo, kibr, pastkashlik, munofiqlik kabi illatlar qoralanadi.

Shoir aforizmlaridan , xalq maqollarida bo`lgani singari mubolag`a priyomi keng qo`llanadi. Masalan,

Kim munofiq farzand bo`lsa , padar shavkati,

Fir`avanning ehromidan bo`lar balandroq.

Yoki


Otalar sha`niga loyiq so`z demak ,

Tabarruk bir kitob yozish bilan teng.

Hatto ba`zi o`rinlarda shoir hikmatlari , xalq maqollariga sinonimik xarakter kasb etadi. Chunonchi, “asragay har kas nomin faqat xalqning hayoti” aforizmi “bor qilsa ham xalq qiladi , yo`q qilsa ham xalq qiladi” maqoliga , “ otang ketsa agar ota bo`larsan, onang o`rnini bosgay qiz, singil” aforizmi “ ot o`rnini toy bosar , ota o`rnini o`g`il “ maqoliga “ ona o`g`lin ardoqlar u bo`lsa ham o`g`ri” aforizmi “ qo`ng`iz ham bolasini oppog`im der” maqoliga mazmunan hamohang. Bunday ma`nodoshlik hatto xalq maqollari o`rtasida ham mavjud. Demak , shoir aforizmlari xalq durdonalari xazinasiga alohida ganj bo`lib qo`shiladi.

Abdulla Oripov aforizmlariga xos yana bir xususiyat ularda xalq maqollaridan farqli o`laroq, inversiyaning kuchliligidir. Bu ayni hikmatlarining she`rning tarkibiy qismi ekanligi bilan izohlanadi. “ Bir hovuch kul emish otash qismati” , deb yozadi shoir. Grammatika qoidasiga ko`ra : “ Otashning qismati bir hovuch kul emish” tarzida bo`lishi kerak. Bunday inversiya progressive xarakterda bo`lib , aforizmning tez yodda qolishini ta`minlaydi.

Xalq maqollarida bo`lganidek Abdulla Oripov aforizmlarini ham o`z ma`nosidagi va ko`chma ma`nodagi aforizmlarga ajratish mumkin . “Hargiz iltimosga kuning qolmasin” , “Dayr dengizida yakka inson-zarra qum” , “ uyda tinchi bo`lsin yigitning avval, so`ngra butun bo`lsin do`stning iymoni” ,”Ota yurt vayron esa , farzandga jahon abas”, “ Jasorat atalmas ilojsiz bardosh” , “Botirni tan olmas so`qir fojia , charchash ham mardlikka keltirmagay shak”, “Qayda xasad urug` qo`ysa , o`sha joyda baland bo`lgay ig`vo hosili” singari o`nlab hikmatlar o`z ma`nosida. Ularning anchaginasi esa majoziy xarakterdadir. Masalan “Qora bulut yog`may ketsada magar , tiniq ko`zgularga tushib o`tar nam” aforizmi o`z ma`nosidan tashqari “ Yomon odam yaxshi , pok, sofdil odamlarga yovuzlik istab, biror zarar, shikast yetkaza olmasa ham ko`nglida qandaydir xijillik, yoqimsiz his qoldiradi” degan ko`chma ma`noga ham ega . Aslida maqsad ham ana shu ko`chma ma`nodir. Shuningdek, “ oqmagan daryoning nomidir taqdir “ deyish orqali kishi qanchalik iste`dodli bo`lmasin,ko`rmasa , bunyod etmasa , iqtidori, qudrati bir puldir, degan ma`noni ; “ Norning it oldida tiz cho`kkanin ko`rdim” deyish orqali hayotda shunday lahzalar bo`ladiki, ba`zan sofdil, yaxshi odamlar ham yovuzlar oldida hech narsa qilolmay qoladilar , degan ma`noda; “qumursqa yaralgan yoppa talarga “ deyish orqali olamon qavmida bo`lgan patkashning xususiyatini “ O`ra bersang g`ayur tortar eng yuvvosh it ham” deyish orqali har qanday zulm pirovard-oqibatda mazlumlarning isyoniga olib kelishini ifodalaydi. Bunday xalqona majoziylik aforizmlarga badiiy baquvvatlik, ixchamlik baxsh etgan.

Abdulla Oripovning she`riy asarlarida bo`lgani kabi nasrida ham aforizm shaklidagi quyma fikrlar uchraydi.

Demak, aforizmlar zo`r fikrning oddiygina , jo`n bayoni emas, balki ichki ohang , sintaktik yaxlitlik, xalqona ravonlikka asoslangan uchun ham har qanday ijodkor ham yaratavermaydi. Abdulla Oripovda murakkab ma`naviy san`atlar sirasiga kirishayotganimiz hikmatli so`zlar anchagina. Ular ezgulikni ulug`lab , g`ayriinsoniylik illatlarini qoralaydi, tabiat va jamiyat haqidagi falsafiy aqidalarni ixcham ijodga eta oladi.

Abdulla Oripov hikmatli so`zlarini ma`no ko’chimiga qarab to`g`ri va ko`chma ma`noli aforizmlarga guruhlantirish mumkin.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun barchamiz mas`ulmiz. Toshkent: 2001. 12-bet.

2. Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch. Toshkent: 2008. 60-bet.

3. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent: “Sharq” 1999. 81-bet.

Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo`ng`urov R., Rustamov H. O`zbek tili stilistikasi. Toshkent: “O`qituvchi” 1983. 5-bet.

4. Zaripov B.P. Nutq ko`rinishiga xoslangan leksemalarning badiiy asar tilida qo`llanishi. (O`tkir Hoshimov asarlari asosida). Ilm sarchashmalari jurnali. Xorazm: 2011-yil 5-son.

5. Jamolxonov H. Hozirgi o`zbek adabiy tili. Toshkent: “Talqin” nashriyot 2005. 210-213-betlar.

6. Sanaqulov U. So`zlashuv nutqi haqida. “O`zbek tili va adabiyoti” jurnali. 2004-yil. 5-son.

7. R.Sayfullayeva va boshqalar. “Hozirgi o`zbek adabiy tili”.

8. Rahmatullayev Sh. “O`zbek frazeologiyasining ba`zi masalalari”, “Fan” nashriyoti, T.1966.

9. U.Tursunov, J.Muxtorov. Sh.Rahmatullayev. “Hozirgi o`zbek adabiy tili”, “O`qituvchi” nashriyoti, Toshkent, 1965, 158-bet.

10. “O`zbek tili va adabiyoti” jurnali. 2004-yil 5-son, 2000-yil 6-son.

11. “Til va adabiyot ta`limi” jurnali. 1999-yil 5-son.

12. “O`zbekiston adabiyoti va san`ati” gazetasi. 2010-yil 24-son.

13. “Sharq” jurnali. 2010-yil 6-son.

14 Said Ahmad “Saylanma” uch jildlik, -Toshkent.: G`afur G`ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti,1980-yil.

15. Said Ahmad “Jimjitlik”, -Toshkent.: G`afur G`ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti, 1989-yil.

16. Said Ahmad “Ufq” trilogiyasi, -Toshkent.: G`afur G`ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti, 1989-yil.


1 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.:1997, 137 bet

1 Qo’shjonov M. Kamalakdek serjilo.”Yillar armoni” to’plamiga so’zboshi. T., G’.G’ulom nomidagi ASN.1984,

3-22-betlar



2 Sharafuddinov O. She’riyat – qalb yolqini. “Talant – xalq mulki” kitobida. T., 1979, 158-171-betlar.

3 Meliyev S. She`riy so`z va estetik ta`sir. “O`zbek tili va adabiyoti” jurn., 1982, 2-son, 27-33-betlar.

4 .Meliyev S. Jonli so`z qudrati. „Yoshlik“ jurn., 1989, 6-son, 73-75-bet.

5 G`afurov I. She`riyatning dekabri. “O`zbek tili va adabiyoti” jurn. 1988. 2-son 11-17-bet.

6 Farmonova M. Hozirgi o`zbek she`riyatida tabiatni poetik talqin qilish usullari. “Adabiy meros” jurn., 1991, 2(56)-son, 25-29-betlar.

1 Q.: Qodirov B.Hozirgi zamon ga`zallari poetikasining ayrim xususiyatlari. F.f.n.ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. T., 1993; Boboraximov M.

2 Doniyorov Sh. Shukur Xolmirzayev hikoyalarining badiiy-uslubiy o’ziga xosligi: Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi.-T.,2000 23 bet.

3 Normurodov R. Shukur Xolmirzayev asarlarining til xususiyatlari

4


5


6


1 Sharafiddinov O. Go’zallik izlab. – T.: G’.G’.nom. Adabiyot va san’at nashriyoti. 1985,37-bet

1 A.Husayniy. Badoye us-sanoye – T.:1981, 135-bet

2


3 Mamatov A. O’zbek tilida frazeologik iboralarning shakllanish masalalari//O’zbek tili va adabiyoti, 1994, 4-5-6-sonlar

4 Samadov Q. Oybekning til mahorati. Toshkent, 1981. 62-bet

1 Abdulla Oripov “Tanlangan asarlar” T.: 2001, 1-2 jild (Keyingi misollar ham shu manbaadan olingan bo’lib, sahifasi qavs ichida ko’rsatilgan)

2 O’zbek xalq maqollari. T.: 1978. 125- bet

1 Sh. Shomaqsudov, S. Dolimov “Keng uyning kelinchagi” T.:1961, 197- bet (Keyingi misollar ham shu manbaadan olingan)

1 Shomaqsudov SH., Dolimov S. Keng uyning kelinchagi. T:1961 yil, 48-bet

1 Shomaqsudov A. O’zbek tili stilistikasi. Toshkent, 1974. 56-bet.

1 A.Oripov. tanlanagan asarlar. T.:2001. 1-2jild. (Keyingi misollar ham shu manbaadan olingan bo`lib, sahifasi qavs ichida ko`rsatilgan)

1 O’zbek xalq maqollari. T.:1978, 17 bet

2 O’sha manbaa

3 Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati. – T.: 2002 yil. B-16

1 Azim Hojiyev. Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati. T.: 2002. 63-bet

2 Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar 1- jild. T.:2000.197- bet (keyingi misollar ham shu asardan olingan bo’lib qaysi sahifadan ekanliga qavs ichida ko’rsatiladi)

1 O’zbek tilining izohli lug’ati. T.:1981 yil. 128 –bet.

2 O’sha manba, 158-bet.

1 Qo’ng’urov R. O’zbek tilining tasviriy vositalari. – T.: Fan, 1977. -B.127

1 Ahmedov A. furqat poeziyasining leksikasi: Filol.fan.nomz…dis. – T., 1960.- B.104

2 Hojiyev A. Tilshunislik terminlarining izohli lug’ati. T.: 2002 yil 28-bet

Download 187 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling