Navoiy Davlat Pedagogika instituti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti O’zbek adabiyoti fanidan


Download 134.75 Kb.
bet5/6
Sana11.01.2023
Hajmi134.75 Kb.
#1089223
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mirtemir -mohir tarjimon

((Mirtemir) xotin-qizlarni xotin-qiz bo‘lganligi uchun maqtab, “komsomol biletli” “Layli-Majnunlar» tug‘dirib, pornografiya momentlariga she’rdan joy berdi… (Mirtemir) simvolist, idealist, mayda burjuaziyaning o‘zginasi bo‘ldi. Agar Mirtemirning bir quloq-pomeshchik bolasi bo‘lishi, uning bir vaqtlar aksilinqilobchilar uyasi bo‘lgan Toshkent o‘lka bilim yurtida tarbiyalanishini esga olsangiz, Mirtemirninig shunday bo‘lganligiga shubha qilmaysiz…” Bu so‘zlarning biror dalilsiz ekanligini sezgan tanqidchi Mirtemir she’rlarini titib, g‘oyasiz, maslaksiz satrlarni topmoqchi bo‘lgan. Quyidagi uch misra esa unga xuddi izlagani proletar adabiyoti ruhiga batamom zid bo‘lgan parcha bo‘lib tuyulgan:Tun qorong‘u, Ko‘kda yulduz nursiz. Yerda sukut… “Mana bu satrlarni, — quvona-quvona yozadi tanqidchi, — “proletar shoiri” yozadi. Ming-million ishchi-dexqon yoshlari yangi ijtimoiy dunyo qurish uchun jonbozlik ko‘rsatib ko‘rishayotgan bir paytda “qorong‘u tun”, “nursiz yulduz” ko‘radi shoir”. Mirtemir ijodidan boshqa siyosiy nuqsonlarni topishga ojizlik qilgan muallif endi uning shaxsiy hayotidan kir axtaradi, “aksilinqilobchi shoir” Cho‘lponning Mirtemir ijodiga ko‘rsatgan ta’sirini tasdiqlovchi faktlarni topadi. “Shoir”, — davom etadi u, — shaxsiy xayotida ham artistlarga oshiq bo‘lib, yig‘lab xatlar yozib borishlarini, 700 so‘mlab qalin taqdim qilishlarini yozib, so‘zni cho‘zmadik”. “Tanqid tarixi”da Qosim Boboyevning Hamid Olimjon va Mirtemir she’rlarini savodsizlarcha tahlil qilganligi to‘g‘ri aytilgan. Ammo “tanqidchi”ning shoirning shaxsiy hayotiga xayosizlarcha nazar tashlab, uning bo‘lajak rafiqasi bilan munosabatlarini jamoatchilik e’tiboriga olib chiqmoqchi bo‘lganligini qanday baholash kerak? Bu ma’lum tashkilotlarga manzur bo‘lishga uringan “tanqidchi”ning o‘z maqsadi yo‘lida foydalangan g‘irrom usullaridir.

Ana shu g‘irrom usul keyingi parchada yanada yaqqol ko‘rinadi: “Endi “Qizil qalam”ning ichkarisidagi qora pardani ochaylik… Qora parda orqasida sahifalar, aksilinqilobiy millatchilar “Qizil qalam” jamiyatining tepasiga minib, …kotib qilib mushtumzo‘r bolasi Mirtemirni tortdilar. Cho‘lponning aksilinqilobiy she’rlaridan o‘zining “Quva qo‘ynida” degan ocherkida (”Farg‘ona” gazetasida) parchalar olgan. Uni xalq ashulalaridan deb o‘quvchilarni aldagan, batraklarning ongsizligidan kulgan…” Bunday ayblar faqat 1937 yilda emas, balki 20-yillarning so‘ngida ham xohlagan shoirni zanjirband qilish uchun yetarli edi. Buni yaxshi tushungan Sotti Husayn “Qurilish” jurnalining 1931 yil 1-2 qo‘shma sonida “Adabiy tanqidda partiya chizig‘ini mahkam o‘tkazuv uchun” degan maqola bilan chiqib, yosh shoirni himoya qilmoqchi bo‘ldi. Ammo shu jurnalning keyingi sonida bosilgan “O‘zbek proletar yozuvchilarining ijodiy yuzi” sarlavhali maqolasida Anqaboy ham bahsga aralashib, Mirtemirni fosh etuvchi yangi “dalil”larni o‘rtaga tashladi: Bu tanqidiy mulohazalardagi savodsizlik, tuhmat, badiiy ijod tabiatini mutlaqo his etmaslik o‘sha yillarda gurkirab o‘sib borayotgan vul’gar sosiologizmning tarkibiy unsurlari edi. Shu toifadagi “tanqidchi”lar uchun ma’no va mantiq, xalollik va xolislik, vijdon va e’tiqod yangi davr iste’molidan tushib qolgan tushunchalar edi. O‘sha davrda siyosiy idoralar uchun ham, munozaraga kirishgan unsurlar uchun ham dadil aytilgan tuhmat iymanib aytilgan haqiqatdan yuz chandon kuchli edi. Shuning uchun ham Sotti Husaynning himoya so‘zlari boshqa tanqidchilarning tuhmatlari oldida eshitilmay qoldi.


Download 134.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling