Navoiy Davlat Pedagogika instituti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti O’zbek adabiyoti fanidan


Download 134.75 Kb.
bet3/6
Sana11.01.2023
Hajmi134.75 Kb.
#1089223
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mirtemir -mohir tarjimon

O‘z mohiyatiga ko‘ra, bu mulohaza ham Sotti Husaynning yosh shoir haqidagi fikr-xulosasiga yaqin edi. Shuning uchun ham Oltoy munozara jarayonida masalaga aniqlik kiritmoqchi bo‘ldi. Bu davrda o‘zining futuristik mashqlari bilan tanilgan va boshqa yo‘nalishdagi she’riy izlanishlarni tan olmagan shoir bunday deb yozdi: “Bu yosh komsomol shoiri to‘g‘risida bir narsani qat’iy aytishga tilim bormaydi. Haqiqat, bunda talant borligida shubham yo‘q. Bu talantini qaysi yo‘lda (ruslo — oqim) taraqqiy ettirish masalasi bor. Ul faqat sochma usulida yozadigan bo‘lib qoladimi? Bu noma’lum”. Oltoy Sotti Husaynning “oq yo‘l” tilab aytgan so‘zlaridan so‘nggi parchani keltirib, yana davom etadi: “Mirtemir hali oqni qoradan endi ajratay deb turgan bir yosh bola. Bu qadar ortiq baho berish, menimcha, noto‘g‘ri. Balki kelgusida shunday bo‘lib… chiqmas. Hozir bir narsani qat’iy aytish mutlaqo kelishmagan bir narsa. Bu yosh shoir hali o‘zining qat’iy bir yo‘lini belgilab olgani yo‘q”. Yunus Latif ham «Shu’lalar qo‘ynida”gi ayrim nuqsonlarga garchand o‘ta tanqidiy munosabat bildirgan bo‘lsa-da, o‘sha vaqtga qadar yozilgan sochmalar orasida Mirtemir sochmalari ajralib turganini e’tirof etgan. Shunday qilib, aksar shoir va munaqqidlar “Shu’lalar qo‘ynida” kitobini samimiy kutib oldilar. Oltoyning Mirtemir iste’dodi va istiqboliga nisbatan tuygan shubhasi esa unutilgandek bo‘ldi. Shu orada shoir “Zafar” 1929) deb atalgan ikkinchi she’rlar to‘plamini nashr etdi, qaynoq ilhom va yangi ijodiy niyatlar bilan yashadi. Ammo bu yillarda O‘zbekiston Proletar shoirlari uyushmalari va ularning viloyat bo‘limlariga kirib olgan ayrim munaqqidlar o‘zbek adabiyotining purviqor cho‘qqilari va ular etagida ulg‘aya borayotgan nihollarga qarshi kurashni avj oldirdilar. Jamiki chin iste’dod sohiblari “dushman” deb yoki “dushman muridlari”, deb e’lon etildi, ularga tuhmat toshlari otila boshladi. O‘zbek adabiyotida dushman yozuvchi obrazini axtargan va “topgan” munaqqidlarning biri Qosim Boboyev bo‘lib, u shu davrda adabiyotimizga mislsiz darajada katta zarar yetkazgan qator maqolalarni yozdi. Ana shu maqolalardagi vul’gar tanqid nayzalaridan biri Mirtemir ko‘ksiga qadaldi.


Download 134.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling