Navoiy Davlat Pedagogika instituti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti O’zbek adabiyoti fanidan


Download 134.75 Kb.
bet2/6
Sana11.01.2023
Hajmi134.75 Kb.
#1089223
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mirtemir -mohir tarjimon

1928 yilda Mirtemirning ilk she’rlar to‘plami “Shu’lalar qo‘ynida” nomi bilan chop etildi. Bu to‘plamni tashkil etgan sochmalardagi shoirning o‘zi aytgan “jindek pafos” shakliy yangilik, optimistik ruh, jindak hayqiriq” she’riyat muxlislariga manzur bo‘ldi. Kitob tez orada yosh kitobxonlarning e’tiborini qozondi. Shoirning ustozlari Olim Sharafiddinov va Sotti Husayn esa kitobga yuksak baxo berib, Mirtemirning ijodiy istiqboliga katta umid bildirdilar. Kitobga kirgan sochmalar o‘sha kezlarda yoshlar gazetasi qoshida uning muharriri Sotti Husayn tomonidan tashkil etilgan to‘garak mashg‘ulotlarida o‘qilgan, muhokama qilingan va maromiga yetkazilgan asarlar edi. Shuning uchun ham Sotti Husayn mazkur to‘plamga “Andak” deb nomlangan so‘zboshi yozib, unda, chunonchi, quyidagi samimiy fikrlarni bayon qilgan edi: “Qo‘lingizdagi to‘plam o‘zbek adabiyotiga yangi qo‘zg‘olon, yangi umidlar bag‘ishlaydi. Bizda shu choqqacha sosializm qurishda o‘tgan yo‘llar, kurashlarni adabiy tilda qoniqarlik kuylab bergan asar yo‘q. “Shu’lalar qo‘ynida”gi sochmalarda haqiqatan kurash, isyon, zafar taronalarini tinglab olarsiz… Bu to‘plam yosh Mirtemirning proletariat adabiyoti maydoniga birinchi armug‘onidir. O‘zbek ishchisi, dehqoni o‘z hayotini, kurashini shu kitobchadan o‘qib ko‘radi, zavqlanadi, lazzat oladi. Shuning uchun san’atda yuksak, kuchli va nafis proletariat shoirini o‘zbek adabiyotidan yaratish qahramonligi nishoni umidli yosh Mirtemirga taqiladir” Bunday yuqori baxo o‘sha davr matbuotida boshqa biror o‘zbek shoiriga berilmagan. Cho‘lpon va Fitrat singari katta shoirlar “millatchi”, Oybek singari o‘rta avlod vakillari “yo‘lovchi”, Oltoy qabilidagi shoirlar esa “futurist” deb atalgan kezlarda Mirtemirning birdan-bir proletar shoiri sifatida baxolanishi kimlarningdir g‘ashini keltirgan. Gʻayratiy, Elbek, Oybek, Nasr Rahimiy, Botu, Shokir Sulaymon, Oltoy va, tabiiyki, Mirtemir ijodi bahona matbuot saxifalarida qizg‘in adabiy munozara boshlanib ketdi. Kashshof Trig‘ulovning “Nafis adabiyot jabhamizni sog‘lomlash yo‘lida” maqolasi bilan boshlangan bu munozarada Oltoy (“Nafis adabiyotga sog‘lom mafkura va sog‘lom tanqid kerak”), Botir (“Nafis adabiyot to‘g‘risidagi munozaralarga”), Yunus Latif (“Proletariat adabiyoti to‘g‘risida”, “Bugungi she’riyatimiz va “Shu’lalar qo‘ynida”, “Mirtemir sochmalari ustida”) singari shoir va munaqqidlar ishtirok etdilar. K.Trig‘ulov Mirtemir ijodidan katta va kichik nuqsonlar “topgan” bo‘lsa-da, “bu alangalik va eng umidlik komsomol shoirimizning nafis-fosih so‘zlar chashmasi” chuqur ekanligini e’tirof etdi.


Download 134.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling