Navoiy Davlat Pedagogika instituti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti O’zbek adabiyoti fanidan


Download 155.19 Kb.
bet2/6
Sana11.01.2023
Hajmi155.19 Kb.
#1089239
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mehrobdan chayon romanida davr va shaxs talqini

Abdulla Qodiriyning 1917-yil Oktabr toʻntarishidan keyingi faoliyati asosan matbuot bilan bogʻlangan. Uning 1919–1925-yillar oraligʻida yozgan maqolalari soni 300 atrofida. Abdulla Qodiriyning publitsistik chiqishlari avvalo oʻsha davrning tarixiy hujjati, zamonasining solnomasi. 20-yillar oʻrtalarida yozilgan „Kalvak Mahzumning xotira daftaridan“„Toshpoʻlat tajang nima deydir?“ satirik hikoyalar turkumida yozuvchi kulgusi „xarakter kulgusi“ darajasiga koʻtarildi. Muallif bunda hayotdagi, odamlar tabiatidagi muayyan salbiy hodisalarni sof mafkuraviy nuqtai nazardan turib, nuqul biryoqlama qoralash, fosh etish yoʻlidan bormay, xarakter va hodisalarni xolis turib, murakkabligi, ziddiyatlari bilan koʻrsatishga jazm etadi. Abdulla Qodiriy shoʻro hokimiyatining dastlabki yillarida qizgʻin jurnalistik faoliyati bilan barobar oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman – „Oʻtkan kunlar“ni yaratdi (1919–1920). Romandan boblar 1922-yil „Inqilob“ jurnalida eʼlon etildi. 1924–1926-yillari har bir boʻlimi alohida-alohida kitob holida bosildi. „Oʻtkan kunlar“ yaratilgan davr oʻzbek xalqi uchun millatning erki, ozodligimustaqilligi, jahondagi oʻrni masalasi hayot-mamot ahamiyatiga molik edi. Abdulla Qodiriy mintaqamiz taraqqiyparvar ziyolilari safida turib ona yurtning, millatning taqdiri ustida astoydil qaygʻurdi, oʻzicha najot yoʻlini izladi. Avvaliga u bolsheviklarning yolgʻon vaʼdalariga ishondi, ammo adib bu vaʼdalar qogʻozda qolib ketayotganini, yovuz mustamlaka siyosati mohiyat-eʼtibori bilan oʻzgarmay qolayotganini, munofiqona tus olayotganini, el orasida buzgʻunchilik, fitna, sinfiy-mafkuraviy adovat avj oldirilib, birodarkushlik urushi boshlanib ketganligini, shoʻrlik xalq bu qonli siyosatning qurboni boʻlayotganini oʻz koʻzi bilan koʻrdi. Ayniqsa, Qoʻqon muxtoriyatining tor-mor etilishi koʻpgina hur fikrli ziyolilar qatori Abdulla Qodiriyning qalbini larzaga soldi. Adib „Oʻtkan kunlar“ romani orqali xalqning milliy ongini uygʻotmoqchi boʻldi, „tariximizning eng kir, qora kunlari“ – yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan keyingi „xon zamonlari“ – XIX a. oʻrtasidagi mudhish tarixiy jarayonlar haqida soʻz ochib, bu ayanchli haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi boʻldi.


Download 155.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling