Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti


Vazn so’zining lug’aviy ma’nosi o’lchov


Download 292.68 Kb.
bet2/3
Sana24.01.2023
Hajmi292.68 Kb.
#1116628
1   2   3
Bog'liq
Aruz vazni

Vazn so’zining lug’aviy ma’nosi o’lchov bo’lib, adabiyotshunoslikda vazn deyilganda, she’riy asardagi misralarning ma’lum o’lchovlarda yozilishi tushuniladi. Hozirgi zamon adabiyotshunosligida vaznning asosiy o’lchov birligi bo’g’in bo’lib, she’riy asarning vaznini belgilashda misralardagi bo’g’inlarning ikki xususiyati hisobga olinadi:
1) bo’g’inlarning miqdori;
2) bo’g’inlarning sifati.
Aruz vaznining o’ziga xos xususiyatlari
O’zbek she’riyatida vaznlar misralardagi bo’g’inlarning miqdori va sifatidan kelib chiqib ikkiga bo’linadi
Barmoq vazni misralardagi bo’g’inlarning miqdor jihatidan tengligiga asoslangan vazndir
Aruz she’riy misralardagi bo’g’inlarning miqdor jihatidan tengligi bilan birga, sifat jihatidan ham bir xilligiga asoslangan vazndir.
Bo’g’inlarning sifati deyilganda, ularning qisqa, cho’ziq yoki o’ta cho’ziqligi tushuniladi. Shunga ko’ra, hijolar uch xil bo’ladi:
1) qisqa;
2) cho’ziq;
3) o’ta cho’ziq.
Qisqa talaffuz qilinadigan unlining o’zidangina iborat bo’lgan yoki shunday unli bilan tugaydigan ochiq bo’g’inlar qisqa bo’g’in deyiladi. Qisqa bo’g’inlar aruzshunoslikda quyidagi belgi bilan ifodalanadi: V.
Qisqa bo’g’in

Cho’ziq talaffuz qilinuvchi unlilar bilan tugagan ochiq bo’g’inlar hamda qisqa talaffuz qilinuvchi unlilardan keyin keluvchi undoshlar bilan tugaydigan yopiq bo’g’inlar cho’ziq bo’g’in deyiladi. Demak, cho’ziq bo’g’inlar ikki xil bo’ladi:

  • Cho’ziq talaffuz qilinuvchi unlilar bilan tugagan ochiq bo’g’inlar hamda qisqa talaffuz qilinuvchi unlilardan keyin keluvchi undoshlar bilan tugaydigan yopiq bo’g’inlar cho’ziq bo’g’in deyiladi. Demak, cho’ziq bo’g’inlar ikki xil bo’ladi:
  • a) cho’ziq talaffuz qilinadigan unlilar bilan tugagan ochiq bo’g’inlar;
  • b) undosh tovush bilan tugagan yopiq bo’g’inlar. Shart shuki, undoshdan oldingi unli qisqa bo’lishi lozim.

Cho’ziq bo’g’in
O’ta cho’ziq bo’g’inlar bo’g’inning alohida turi bo’lib, bunday bo’g’inlar o’zbek tili fanida ham, barmoq vaznida ham mavjud emas. O’ta cho’ziq bo’g’inlarning aruz vaznida alohida o’rni bor.

Download 292.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling