Navoiy davlat pedagogika instituti san’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi yo`nalishi 4-kurs V guruhi talabasi nurullaeva go`zalning
II-Bob. “Xordofon” va “Aerofon” cholg’ulari tarixi
Download 60.22 Kb.
|
NURULLAEVA GO`ZAL Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
II-Bob. “Xordofon” va “Aerofon” cholg’ulari tarixi
2.1. “Xordofon” va “Aerofon” cholg’ulari yaratillishi Cholg‘ularni takomillashtirishda va ularning yangi turlarini yaratishda ikki nuqtai nazar asos bo‘lgan: 1 - tovush chiqarish vositasi (rezonans) aks sado bo‘lsa, 2- tovush balandligi va tovush xarakteri hamda tovush hosil qiladigan manba va materialining kattaligi (hajmi). Keyinchalik bular chuqurlik va o‘ralardan hamda ichi chirigan to‘nkalardan foydalanishgan. Bu o‘rinda chuqurlik usti- ga qo‘yilgan ovalsimon barabanlardan foydalanib, katta hajm- dagi yog‘ochlar ustida raqs tushish orqali tovush hosil qilishgan. Shuningdek, o‘ralardan birinchi baraban va ilk torli cholg‘ularni yaratishda ham foydalanishgan.Loy tuvaklarning paydo bo‘lishi hamda qovoqlar ichini o‘yib tayyorlash ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Rezonans, ya’ni sado berish masalasini tushunib yetgandan keyin avval yog‘ochli va loy barabanlardan, keyinchalik hayvon terilari tor- tilgan barabanlardan foydalana boshlashgan. Shu tariqa yangi turdagi hozirgi baraban va litavraga o‘xshash cholg‘ular paydo bo‘la boshlaydi. Tovush balandligi va tovush hosil qiladigan manbaning o‘zaro munosabatini tushunib yetishgandan so‘ng, hozirgi ksilofonga o‘xshash cholg‘ularni yaratishgan: bular har xil uzunlik va hajmdagi bir-biriga ulangan bir qator yog‘och plas-tinkalarni qovoqlar ustiga joylashtirilishi (31, 32, 33-rasmlar)3 natijasida hosil bo‘lgan marimba cholg‘usi bo‘lib, uni hozirgi kunda ham Afrika va Janubiy - Sharqiy Osiyoda uchratish mumkin. Vaqt o‘tishi bilan bronza va mis davrlariga o‘tilganda bu ksilofonlar - metallofonga aylangan. Tovush balandligi va tovush hosil qiladigan manba hajmining farqiga tushunib yetishgandan so‘ng turli hajmdagi naylarni bir- biriga bog‘lash natijasida fleyta panaga o‘xshash cholg‘u hosil bo‘ldi, bu cholg‘uni hozirgi kunda Braziliya hududlari va Solomon orollari aholisida uchratish mumkin. Doyrani yaralishiga aloqador rivoyatda shunday hikoya qili- nadi: Qadim zamonlarda bir karvon savdo-sotiq qilish maqsadida bir yurtdan o‘zga bir yurtga safarga chiqibdi. Ular cho‘lda juda ko‘p yurishibdi, lekin hech ko‘zlangan marraga yeta olmabdilar. Cho‘lning qoq o‘rtasiga yetganda safarga chiqqan yo‘lovchilar- ning meshdagi suvlari tugab, kunning issig‘iga chiday olmay asta- sekin holdan toyib, o‘zidan keta boshlabdi. Safarga chiqqan bir yosh yigitning meshida ozgina suvi qolgan ekan. U suvi bilan barcha safarga chiqqan yo‘lovchilarning og‘zini xo‘llay boshlab- di, lekin ular o‘ziga kelmabdi. Shunda yigit suvdan bo‘shagan meshini yirtib, aravaning yog‘och g‘ildiragiga tashlabdi. Quyosh- ning issig‘idan bir zumda teri tarang tortilib qurib qolibdi. Qurquvdan nima qilishini bilmagan yigit bor kuchi bilan teriga ura boshlabdi. Cho‘lning narigi burchagidan yo‘lga chiqqan boshqa karvon bu g‘alati ovozni eshitib, karvonga biron kor-xol bo‘libdi, ularga yordam berish kerak, deb ovoz taralayotgan tomonga tezda yetib kelib, karvonni qutqarib qolibdi. Yana bir rivoyatda shunday deyiladi: Meshkobchilarni suv tashiydigan meshlarini tubiga suv solganda tekis turishi uchun gardish o‘rnatilar ekan, suvdan bo‘shagan mesh yoz kuni quyosh- da terining qattiq qizishi natijasida tarang tortilib qolibdi va uni barmoq bilan chalgan paytda doyrasimon tovush chiqqan ekan. Shu-shu doyra biron-bir hodisadan xabar beruvchi, jarchi cholg‘u- ga aylanib qolgan ekan. Shuning uchun ham doyra ruhiy kasal- liklarni davolashda, folbinlarning ruhlar bilan bog‘lanishida yordam beradi. Ayniqsa doyraning karnay, surnay va nog‘oralar bilan birgalikdagi ovoz tarovati to‘y, bayram hamda tantanalardan xabar beradi. Hozirgi kunga qadar doyra gardishining yog‘ochdan yasalishiga ushbu rivoyatlar sabab bo‘lgandir. Keyingi qadam - bu damli (aerofon) cholg‘ularda teshiklar o‘yib, ovoz balandligini nazorat qilish bo‘lgan. Qadimgi odam inson ovozidan kuchliroq tovush beradigan, ochiq havoda ijro etiladigan cholg‘ularni ixtiro qilgan va uni ovda, harbiy yurish- larda, to‘y, sayil, bayram va boshqa turli yig‘inlarda qo‘llash odat tusiga kirgan. Shovqinli cholg‘ulardek juda qadimiy bo‘lmasa-da,chig‘anoqdan yasalgan har xil hushtakchalar hamda naysimon cholg‘ular eng oddiy cholg‘ulardan hisoblangan.Damli cholg‘ular miloddan avvalgi III-I asrlarda ham naysi- mon, tilli va karnaysimonlarga tasniflangan. Qadimgi Misr, Bobil va boshqa Sharq mamlakatlarida damli cholg‘ular haqida ma’lumot beruvchi tasviriy san’at asarlari mavjud bo‘lib, ular haykalchalar va arxeologik topilmalarda o‘z aksini topgan. Qa- dimgi Misr tarixiy yodgorliklaridan ma’lumki, yuksak qadrlan- gan harbiy sozandalarga kohinlar qatoridan o‘rin ko‘rsatilgan, hatto jang maydonida sozandalar o‘ldirilmas balki, asir olinib, o‘z kasbi doirasida xizmat qilishga buyurilgan.Qadimgi Xorazm hududidagi “Qo‘y qirilgan qal’a” (miloddan avvalgi IV-III asr), “Tuproq qal’a” (I-III asr), “Qirq qiz qal’a” (V- VI asr) istehkomlaridan topilgan nay, mizmar, surnay, daf va nog‘oraga o‘xshash asl nomlari saqlanmagan cholg‘u sozlari ushlagan mutriba ayol va erkaklar tasvirlangan tangachalar, ganch haykalchalar hamda Ayritomdan topilgan haykalchalardagi chol- g‘ular tasviridan biz ularning qaysi turga mansubligini aniqla- shimiz mumkin. Ammo ularning o‘sha paytda qanday atalgani ma’lum emas, ya’ni nomlari hozirgacha saqlanib qolmagan. Keyinchalik esa torli (xordofonlar) cholg‘ular paydo bo‘la boshladi. Bu cholg‘ular ham shovqinli va damli cholg‘ular singari bir qator bosqichlarni bosib o‘tdi. Birinchi bo‘lib qadimiy kamon- ga o‘xshash yoysimon shakldagi yog‘ochga ot qili tortilgan cholg‘u paydo bo‘ldi. Bunda rezonator vazifasini inson og‘zi, qovoq hamda toshbaqa kosasi bajargan. Torli-kamonli cholg‘ular eramiz birinchi ming yilligining uchinchi qismida paydo bo‘lgan degan taxminlar bor. Old In- diya g‘oridagi tasvirda noksimon lyutnya yonida kamoni bilan tasvirlangan. Bu to‘g‘rida X asrda Al-Forobiy to‘laroq sharhlagan va uning to‘rtinchi torini o‘zlari taqib, ushbu cholg‘uda ijod etganlar. Bu cholg‘uning ilk nusxasi toshbaqa kosasidan yasalgan bo‘lib, dastasi yog‘ochdan, tori esa ot qilidan taqilgan ekan. Xorazmning o‘ng va chap qirg‘oqlarida olib borilgan arxeolo- gik qazilmalar natijasida qadimgi Xorazm xalqlarining musiqa cholg‘ulari tarixiga oid juda qiziqarli tasviriy materiallar topilgan. Bu yerda musiqa cholg‘ularining tasvirini qoyatoshlardagi naqsh- lar, terrakota (sopol) haykalchalar va metal idishlarda ko‘rishimiz mumkin. 1945-1950-yillarda Tuproq-qal’ada olib borilgan qazil- malar (eramizning III-IV asrlari Xorazmning o‘ng qirg‘og‘i) nati- jasida juda ko‘p naqsh bezaklari ichida 3 ta musiqa cholg‘ula- rining obrazi tasvirlanganini ko‘rishimiz mumkin. Bular 6 torli kichik burchakli arfa, ikki torli lyutnyasimon cholg‘u va qumsoat shaklidagi ikki tomonlama barabandir6. Suyuqlik tashiladigan keramik idish (flyaga) devorida 8 ta sozanda cholg‘usi bilan bo‘rttirib ko‘rsatilgan. Barcha haykalcha- lar turli vaqtda ishlangan bo‘lib, miloddan avvalgi IV-III asrlardan eramizning I asrigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Har bir hay- kalchada bittadan musiqa cholg‘usi tasvirlangan. Bunday haykal- chalar 9 ta bo‘lib, ularning hammasi torli cholg‘ular guruhiga kiradi. Torli cholg‘ulardan: 9 torli katta burchakli arfa, 5 torli kifara, 4 torli lyutnyasimon cholg‘u va 6 ta 2 torli dutor- simon cholg‘ular, ular ham shakliga ko‘ra ikki turga bo‘linadi. Xulosa. Mamlakatimizda istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab yoshlar tarbiyasi, xususan sog’lom va har tomonlama barkamol avlodni voyaga etkazish masalalariga boshqa ustivor vazifalar qatori alohida e’tibor berib kelinmoqda. Yoshlarning qalbi va ongini milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg’unligi ruhida tarbiyalash ularni zamonaviy bilim va hunarlarni egallagan har tomonlama aqlli, ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash hal qiluvchi vazifalardan biriga aylandi.Musiqa san’ati insonni axloqiy, madaniy-ma’rifiy tarbiyalshda muhim vosita hisoblanadi. Shu bois, hamma davr va jamiyatda musiqa san’ati va uning taraqqiyotiga katta e’tibor berib kelingan. O’zbek musiqa madaniyati qadimiy va boy merosga ega. Uning mazmunida xalqimizning milliy ruhiyati hayoti oliy insoniy faoliyatlari, badiiy ma’naviyati istiqlol va mustaqillik uchun kurashi, orzu umidalri aks etadi. Musiqa ta’lim tarbiyasining maqsadi yosh avlodni, maktab o’quvchilarini, milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazib tarbiyalshdan iboratdir. Buning uchun o’quvchilar musiqa san’atini butun nafosati, go’zalligi bilan o’rganishalri, uni badiiy idrok etish, jamoaviy tarzda kuylash, raqs tushish va ijodkorlik malakalarini egallashlarida musiqa madaniyati mashg’ulotlarida keng foydalanish talab etiladi. O’quvchilarning musiqiy iqtidorini rivojlantirish, musiqa san'atiga mehr-ishtiyoqini oshirish, musiqadan zarur bilim va amaliy malakalar doiarasini tarkib toptirish ularning musiqa haqidagi bilimlarini kengaytirishda jumladan opera asarlarini tahlil eta olish mazmuni-mohiyatini to’g’ri tushinish kabilarni amalga oshirish ustoz-o’qituvchidan katta mahorat, samarali uslublardan foydalanishni taqozo etadi. Mustaqil rivojlanish davrida xalqimiz o’z oldiga qo’ygan buyuk maqsadlarining ushalishini ta’minlovchi eng ishonchli yo’llaridan biri: bu – ta’lin va tarbiya, yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish ma’naviy va ma'rifiy rivojlanishini eng yuksak darajaga ko’tarishdir. Bu ulkan vazifalarni bajarishda “Musiqa madaniyati” mashg’ulotlaridan unumli foydalanish, musiqaning ta’sirchan vositalarini ishga solish kerak. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan tub yangilanishlar yangi shart-sharoitlar o’qituvchining mehnat faoliyatiga salbiy-pedagogik tayyorgarligiga ham talablar qo’ymoqda. Ilgari fan o’qituvchisi asosiy e’tiborni o’z predmeti bo’yicha ta’lim metodlarini takomillashtirishga qaratgan bo’lsa, bugun ta’lim jarayonuda o’quvchilarning tarbiyasini va rivojlanishini umumlashtirgan holda olib borish ta’lab etiladi chunki musiqa san'ati bugumgi kunda yoshlarimizga yetuk ma'naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda kuchliroq ta’sir etmoqda. Xulosa qilib aytganda musiqiy ta’lim-tarbiyaning eng ilg’or zamonaviy yutuqlaridan foydalanish, mumtoz asarlar bilan birgalikda o’zbek opera va musiqali dramajanrlarini targ’ib qilish orqali yoshlarimizning musiqa san’atiga nisbatan qiziqishi va muhabbati ularda yuksak ma’naviy estetik taqrbiyani shakllantirish hozirgi zamon musiqa ta’limining va musiqa ta’limi pedeagoglarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlarDownload 60.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling