Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo ta'lim yo`nalishi


Download 105.36 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi105.36 Kb.
#1578518
Bog'liq
HISOBOTIM.doc yangi



Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti 
Kimyo ta'lim yo`nalishi
3-bosqich “A” guruh talabasi 
Yaxshiboyiva Muxayoning o`quv amaliyoti bo`yicha 
 
HISOBOTI 
Men 
Yaxshiboyiva Muxayo 
Tabiiy fanlar fakulteti kimyo ta'lim 
yo`nalishi 3-bosqich “A” guruh talabasi, 2022-yil 5-sentabrdan 2023-yil 23-
maygacha davom etgan o`quv amaliyotimni Samarqand viloyati Narpay 
tumanidagi 16-umumiy o`rta ta’lim maktabida o`tadim. Ushbu maktabda menga 
biriktirilgan kimyo ustozning darslarini kuzatdim va o`zimga kerakli bo`lgan 
bilimlar, 
malaka 
va 
ko`nikmalarni 
orttirdim
Amaliyotning ilk kunida guruh rahbarimiz tomonidan maktab mas'ullariga 
tanishtirildik, ingliz tili fan o`qituvchilariga biriktirildik hamda maktabdagi amal 
qilinishi 
kerak 
bo`lgan 
qoidalar 
bilan 
tanishdik.
Ushbu o`quv amaliyotining dastlabki bosqichida biz maktab va darslarning asosiy 
hujjatlarini, masalan, dars ishlanmalari, ish rejalari, taqvim mavzu rejalar va shunga 
o`xshash hujjatlarni qanday yuritish haqida bilib oldik. Hozirda o`qituvchiga 
yuklatilgan topshirilishi kerak bo`lgan hujjatlar soni qisqartirilib, o`quvchilar 
jarayonning o`zidayoq elektron kundaliklarga baholanadi. Bu o`z navbatida 
o`quvchilarning ota-onalarining ham farzandlarining maktabdagi akademik 
faoliyatini va o`quv fanlaridan ilmiy salohiyatidan ogoh bo`lishlarini ta’minlaydi. 
Darsda o`qituvchining faoliyati, darsni boshlash, o`tgan mavzu takrori, yangi 
mavzu bo`yicha tushuntirish berish, mavzuni mustahkamlash uchun individual va 
guruh mashqlarida ishtiroki, o`quvchilarni baholash, uyga vazifa va topshiriqlarni 
e’lon qilish kabi bosqichlarni diqqat bilan kuzatdik. Kuzatuv paytida, biz institutda 
80 daqiqa vaqt ajratganimizda, 45 daqiqada vaqtni boshqarishni hisobga olish juda 
qiyin ekanligini angladim. Ammo aniq fan o`qituvchilari, masalan fizika va 
matematika o`qituvchilari bu masalani har bir guruhga xos bo`lgan vazifalarni aniq 
bajarish 
va 
tartibga 
solish 
orqali 
muvaffaqiyatli 
amalga 
oshirganlar.


O`quv amaliyotining keyingi davrida faol amaliyotga jalb etilib, dars jarayonida 
bevosita 
ishtirok 
etdik. 
Darslar 
davomida 
biz 
o`quvchining 
o`qituvchiga,o`qituvchining esa o`quvchiga bo`lgan munosabatini,o`quvchining 
darsga bo`lgan e’tiborini sinchkovlik bilan kuzatdik. Asosan yuqori sinflarda 
amaliyot olib borganligimiz sababli o`quvchilar orasida kimyo sohasini 
tanlaganlarining ishtirokini dars jarayonida juda ko`p kuzatdik. Darslarni tashkil 
qilish orqali biz yangi mavzuga qanday yondashish, kimyo darsligi bilan qanday 
ishlash, ko`rgazma materiallarini darsda qo`llash, dars davomida vaqtni to`g’ri 
taqsimlash va yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llay olish, darsda dam olish 
daqiqasini qanday tashkil etishni o`rganib, amaliyotda qo`lladik. O`quvchilarni dars 
davomida bilimga chanqoqligi hamda ularni darsga qiziqtirib o`tilsa, yanada 
ko`proq narsani bilishni istashlarini o`zimiz uchun yaratdik. Sinf rahbarlik ishlari 
bilan ham to`liq tanishdim.
Maktab kimyo darslarining asosiy manbasi bu kimyo darsligi hisoblanadi. Kimyo
darsligini avvalgi darslikdan farqlarini tadqiq qildik, va unda ancha o`zgarishlarni 
payqadik. Masalan, yangi darslik kimyo fanining tarixi bilan boyitilgan.
Bu bizning so`nggi amaliyotimiz bo`lib, kutganimizdanda ko`proq tajribaga ega 
bo`ldik. Endi menda o`quvchilarga qanday qilib ta'lim berish haqida ko`proq 
ishonch va ko`rsatmalar paydo bo`ldi. 
Maktab direktori: Ochilov .O 

Kimyo o`qituvchisi Ochilov.Z 
Amaliyot rahbari: Omonov.B 

Amaliyotchi talaba: Yaxshiboyiva .M 

Download 105.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling