Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Urug‘ni ekishga tayyorlash


Download 116.62 Kb.
bet51/72
Sana09.01.2022
Hajmi116.62 Kb.
#255210
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   72
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)

Urug‘ni ekishga tayyorlash. Ertagi kartoshka urug‘lik tuganaklarini ekishga tayyorlashning eng muhim va majburiy elementlaridan biri, kattaligiga qarab saralash, 80 grammdan ziyod tuganaklarni esa uzunasiga kesib ekish hisoblanadi. Yuqori hosil olish ko‘p jihatdan urug‘likning sifatiga bog‘liq. Ekish uchun sog‘lom, ekilayotgan navga xos shaklga ega bo‘lgan 30 grammdan 80 grammgacha kattalikdagi tuganaklar saralab olinadi. Yirik tuganaklar kesilgach, har bir tonnasiga chirish va kasallanmaslik uchun 5-6 kilogramm TMTD poroshogini 100 l suvda aralashtirib ivitib ekish eng yaxshi natija beradi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, urug‘lik tuganaklarni ekish oldidan 100 l suvda 5-6 kilogramm TMTD bilan birga 2,0 gramm qahrabo kislotasi, 50-100 grammdan bor kislota, marganes sulfat, mis kuporosi hamda 4 kilogramm ammofos qo‘shib ivitib ekilsa, hosildorlik 11-20 % ga oshishi aniqlangan. Urug‘lik tuganaklar ekish oldidan kesiladi. Lekin, ularni kuzda (noyabr oyida) kesib qo‘yish ham mumkin. Bunda kesilgan tuganaklar darhol 12-15 kun davomida 12-200 S haroratda hamda sernam (80 %) qorong‘i joyda saqlanadi. Natijada nam yo‘qolmay, ichiga mikroorganizmlar kirishidan saqlaydigan probka qavat hosil qiladi.


Download 116.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling