Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Yopiq maydonda keng va qo‘sh qatorlab ekish usuli hamda uning samaradorligi tahlili


Download 116.62 Kb.
bet54/72
Sana09.01.2022
Hajmi116.62 Kb.
#255210
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)

2.2. Yopiq maydonda keng va qo‘sh qatorlab ekish usuli hamda uning samaradorligi tahlili
Istiqlol yillarida mamlakatimizda kartoshka yetishtirish 3-4  barobar ortganiga qaramay, iste’mol qilish miqdori yanada oshib ketdi. Natijada bozorlarimizdagi kartoshkaning narxlari yildan yilga oshib bormoqda.

Kelgusida kartoshka narxining o‘sishini to‘xtatishning birdan-bir yo‘li, sabzavotchilik fermer xo‘jaliklarida va tomorqalarda kartoshka ekiladigan maydonlar miqdorini oshirish, qolaversa, hosildorlikni ko‘tarishdan iborat.

Chunki meditsina tomonidan belgilangan bir kishi ovqatlanishi uchun zarur bo‘lgan kartoshkaning yillik miqdori 50,4 kilogrammni tashkil etsada, ayrim xo‘jaliklarda bu ko‘rsatgi 100 kilogrammdan ham oshib bormoqda.

Agar xo‘jaliklar o‘z oilasini talab darajasidagi kartoshkani tomorqasiga eksa, bozorda sotmaganida ham, kartoshkaga sarf etiladigan xarajatni iqtisod qilib qoladi. Ahamiyat qarating. Bir sotix yerdan kamida 400 kilogrammgacha kartoshka olish mumkin. Bu oiladagi 6-8 jonni kartoshkaga bo‘lgan talabini qondiradi.

Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: kartoshkaning O‘zbekiston Respublikasi Davlat reyestriga 63 ta navi kiritilgan. Ertapishar navlardan Latona, Fresko, Red Skarlet, o‘rtagi-ertagi Kondor, Marfona, Romano, Kuroda, Sante, Diyora, o‘rtapishar To‘yimli, Umid, Ko‘k saroy, Serhosil, Aladin, Arinda, Arnova, o‘rtagi-kechki Aqrob, Mondial, Diamant, Pikasso va boshqalar shular jumlasidandir.

Erta bahorda ekish uchun qisqa davrda pishib yetiladigan kartoshkaning ertagi Agave, Sante, Granola, Zarafshon, Red Skarlet, o‘rta ertapishar Alpvara, Arinda, Beluga, Viktoriya, Draga, Kondor, Karlena, Latona, Marfona, Pikasso va boshqa navlarini ekkan ma’qul.

Hosildorlikni ortishi urug‘lik kartoshka tuganaklarining yirikligiga bog‘liq. SHuning uchun tomorqalarda 50-80 grammgacha kattalikdagi, keng maydonlarga esa eng kamida 40 grammgacha kattalikdagi tuganaklarni tanlangani ma’qul. Tuganaklarning yirikligiga qaralganda esa yumaloq kartoshkalarning diametri 4,5 santimetr, uzunchoq kartoshkalarning diametri 4 santimetrdan kam bo‘lmasligi kerak.

Kartoshka urug‘ligining kasalliklari va mexanik zararlanishlariga ham ahamiyat berish kerak. Buning uchun kartoshka kesib ko‘rilganda etida kulrang dog‘lar bo‘lmasligi, qobig‘ida esa ipsimon zamburug‘ popuklari va yaralar bo‘lmasligi kerak. Bundan tashqari sim qurt bilan zararlangan urug‘liklar soni 1-2 foizdan, mexanik shikastlanganlari 1 foizdan ortmasligi kerak. Xulosa qilib aytganda, og‘irligi jihatidan mayda kartoshkalar miqdori 1 foizdan, jami kasallangan va zararlangan tuganaklar soni 3-7 foizdan oshmasligi kerak.

Urug‘liklar ekilgandan so‘ng unib chiqishi va tomir otishi uchun o‘zining zahira moddalaridan foydalanadi. SHuning uchun mo‘l hosil olishni istaganlar 10 sotix yerga o‘rtacha va yirik bo‘lgan tuganaklar ekilganda, tuganaklar 350 kilogrammgacha sarf etiladi. Mayda tuganaklar ekilganda esa, 10 sotix yerga

160-180 kilogramm urug‘lik ham etadi. Bunda o‘rtacha  1 sotix yerga 50-70 gramm og‘irlikda bo‘lgan, 30-35 kg kartoshka urug‘ligi sarflanadi.

Kartoshka tuganaklarini mikroelementli suyuqliklar bilan ishlanib ekilsa, hosildorlik ortadi. Buning uchun 10 litr suvga 0,5 kilogramm kul, 10-15 gramm borat kislota, 20-30 gramm mis kuporosi va boshqa mikroelementlar imkoniyat darajasiga qarab qo‘shilib, undirish oldidan tuganaklar namlanadi.

Kartoshka hosildorligining ortishiga bir yerda kartoshkani takror ekish hamda o‘tmishdosh ekinlarning ham ta’siri bormi?

Kartoshkani bir dalaning o‘ziga to‘rt yilda bir marta ekish mumkin.

Amalda bir yerga surunkali ravishda kartoshka ekish holatlariga yo‘l qo‘yilmoqda. Bunday holatlarda tuproq unumdorligi organik o‘g‘itlar hisobiga oshirib borish, hamda kartoshkaga xos kasalliklar ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘yilmaslik choralarini ko‘rib borish talab etiladi.

Kartoshka ekishda o‘tmishdosh ekinlarga ham ahamiyat qaratilishi kerak.

Bir xil kasalliklar yuqishi va tarqalishi mumkin bo‘lgan sholg‘om, turp, sarimsoqpiyoz ekilgan erlarga kartoshka ekilmagani ma’qul. CHunki bunda kartoshka fitoftoroz kasalligiga tez chalinishi mumkin. SHuning uchun kartoshkani karam, makkajo‘xori, piyoz, sabzi, tarvuz, qovun, bolgar qalampiridan bo‘shagan erlarga ekishni rejalashtirish ma’qulroq.

1 sotixga 250-300 kg. (10 sotixga 2,5-3 t.) toza, chirigan go‘ng solinadi. Tuproq belkurakda 18-20 sm. chuqurlikda yumshatiladi yoki ketmon bilan chopiladi. Katta kesaklar maydalanadi va er tekislanadi.

Katta maydonlarda erta bahorda shudgor chizel va boronalar  yordamida ishlanadi va mola bostirilib kartoshka ekiladi. Tuproq sharoitiga qarab shudgorlangan maydonlarda kech kuzda pushta olib qo‘yish kartoshkani erta  muddatlarda ekib olishga imkon yaratadi.  

Undirilgan tuganaklarni bahorgi muddatlarda ekish undirilmagan tuganaklarni ekishga qaraganda hosilni 12-15% oshirib, 10-15 kun erta pishishiga imkon beradi.

Mahalliy sharoitda tayyorlangan urug‘lar undirish xonalariga ekishdan 30-35 kun oldin, chetdan keltirilgan urug‘liklar 20-25 kun ilgari qo‘yiladi.

Undirish xonasida yorug‘lik va 18-22°S daraja issiq harorat yaratilishi lozim. Urug‘liklar mayda, yirikligiga qarab (40-60, 60-80, 80-100 g.) saralab undirish xonaning pollariga, so‘kchaklarga (stellaj) 2-3 qatlamdan oshirmay yoki 12-20-25 kg.li yashiklarga qo‘yish lozim.

Tomorqa uchun mo‘ljallangan oz miqdordagi urug‘lik kartoshka tuganaklari ekish oldidan undirish uchun chirigan go‘ngga 1:1 nisbatda aralashtirilgan tuproq yoki qumni, yashik ichiga 2-3 santimetr qalinlikda namlab solib, tuganaklarni asosiy pindiklarini tepaga qilib zichlab terib chiqiladi.

Yashiklar yetishmaganda ikki qatordan maxsus joylarda terib undirsa ham bo‘ladi.

Urug‘lik kartoshkalar  havosi tez almashadigan xonalarda, kunduz kunlari 12-15 daraja, kechalari 4-6 daraja haroratda uzoq muddatda undirilsa, pindiklar bo‘yi qisqa va yo‘g‘on bo‘ladi va hosildorlik ancha oshadi. Har 6-8 kunda urug‘lik kartoshkalarni to‘ntarib, namligini bir xil ushlab turilsa, tuganaklar tez va birday unadi.

Ko‘p paytda shoshilib qorong‘i va issiq joyda tez undirilsa, tuganak pindiklari ingichka va uzun unib ketib, kam hosil bo‘lib qoladi.

Eng yaxshisi, 5-6 hafta mobaynida undirilgani ma’qul.

Kartoshka tomorqada qo‘lda ketmon bilan ekiladigan bo‘lsa, tuganaklarni yashil nishlarini  3-4 sm gacha o‘stirib ekilsa ham bo‘ladi. Og‘irligi 100 g dan katta tuganaklarni bahorda ekish uchun ikki-uch bo‘lakka bo‘linadi.

Undirilgan kartoshkani juda erta – fevral oyi o‘rtalarida sovuq yerga ekish yaramaydi. Natijada kartoshkaning ungan pixlari ko‘p zararlanadi.

Erta bahorda kartoshka ekishning muqobil muddatlari (asosiy viloyatlar) Toshkent, Samarqand,  Jizzax, Farg‘ona vodiysida 25  fevral - 10 mart; Surxondaryo, Qashqadaryo 1-15 fevral; Qora-qalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida tuproqdagi harorat 4-5° S bo‘lganda ekiladi.

Bizning iqlim sharoitimizda fevral oyida faqat polietilen plyonka ostiga kartoshka ekilib, erta va ko‘p hosil olish mumkin. Lekin baozi yillari bahorning erta kelishi natijasida fevral oyida ham ekishga sharoit tug‘ilishi mumkin. Ko‘p yillik tajribalarning natijalariga ko‘ra, 25 fevraldan 10 martgacha ertagi kartoshka ekish uchun qulay sharoitlar etiladi.

Ya’ni ochiq erlarga kartoshka ekishda tuproq harorati kamida 5-daraja, o‘rtacha 6-8 daraja haroratga etgan bo‘lishi kerak.

Agar bu davrlarda ob-havo past kelib, tuproq harorati yetarli darajaga ko‘tarilmasa, urug‘liklarni past haroratga qo‘yib, biror hafta kutgan ma’qulroq.

Yuqori hosil olish, har bir gektarda etarli tup sonini  taominlash ko‘p jihatdan urug‘likning sifatiga bog‘liq. Ekish uchun sog‘lom, ekilayotgan navga xos shaklga ega bo‘lgan  30 grammdan  80 grammgacha kattalikdagi  tuganaklar saralanib olinadi. Yirik tuganaklar  kesilgach, har bir tonnasiga chirish va kasallanmasligi uchun 5-6 kilogramm  TMTD poroshogini  100 l suvda  aralashtirib ivitib ekish eng yaxshi natija beradi.

Tajribalarda urug‘lik tuganaklarni  ekish oldidan 100 l suvda 5-6 kg. TMTD bilan birga 2,0 g. qahrabo kislotasi hamda 4 kg.ammofos qo‘shib ivitib ekish yuqori samara berishi tasdiqlangan.

Ekilgan kartoshka tuganaklarini sim qurti zararlashi mumkin bo‘lgan xududlarda Gaucho preparati urug‘likka sepiladi. Bu preparatning 220 grammi 2-3  litr suvga aralashtirilib, uning suspenziyasi 1 tonna urug‘likka sepilsa, simqurtdan tashqari shira va kolorado qo‘ng‘iziga ham samarali ta’sir qiladi.

Kartoshka qator oralarini 70 santimetr masofada ekkan ma’qulroq. Tomorqada hamma ish qo‘lda bajarilganligi sababli qator oralari zichlashtiriladi. Qator oralari 60 santimetrdan kam masofada ekilganda, kartoshka palaklari o‘sib ketib, tuganaklar mayda bo‘lib qoladi.

Qatordagi kartoshka tuganaklarining orasidagi masofa yirik va kechki kartoshkalarda kengroq, ertangi va mayda tuganaklarda zichroq bo‘ladi.

Bunda qatordagi kartoshka tuganaklarining orasidagi masofalar, yirik va kechki kartoshkalarda kengroq, ertangi va mayda tuganaklarda zichroq bo‘ladi. Masalan: tuganaklari 20-30 gramm keladigan urug‘lar 18-20 santimetr, o‘rtacha urug‘lar esa 25-28 santimetr oralig‘dagi masofa bilan ekilsa umumiy hosildorlik ortadi.

Ertangi kartoshkalar qalinroq ekilgani sababli, 10 metr kvadrat erga yirik tuganaklar 50-60 dona, kesilib ekilganda esa 60-80 dona sarflanadi.

Urug‘liklar pushtaning quyosh tushadigan tomoniga o‘rtacha 8-10 santimetr chuqurlikka ko‘miladi.

Tomorqada ertagi kartoshka tuganaklari pushtaning quyosh tushadigan tomoniga tuproq iqlim sharoitiga qarab, qo‘lda ketmon bilan 70x30 yoki 90x25 sm. sxemada 5-8 ba’zan 8-10 santimetr chuqurlikka ekiladi.

Ertagi muddatda ekilgan kartoshkaning o‘suv davri bir muncha qisqa va tezpishar xususiyatlariga ega bo‘lishi sababli, uning palagi kuchli o‘smaydi.

Shu sababdan katta er maydonlarida ham shuni hisobga olib, uni qalinroq ekkan ma’qul. Shunda bir gektar maydondagi o‘simliklar soni ortibgina qolmay, balki paykalning iqlim sharoiti yaxshilanib, tuproq ortiqcha qizib ketmaydi, harorat pasayib, o‘simlik atrofida havoning namligi oshadi. Bu ekinning o‘sishi, rivojlanishiga ijobiy ta’sir  qiladi. Shuning uchun har gektar maydonda 55  mingtadan 70 mingtagacha tup yoki 70x20-25 sm sxemada, ya’ni qator orasi 70 sm, tuganaklar orasi 20-25 sm ekiladi.

Katta maydonlarda nishlatilgan urug‘lik tuganaklar “MTZ - 80” yoki “MTZ-50” traktorlariga osilgan SN-4B rusumli kartoshka o‘tqazuvchi yordamida 6-7 sm chuqurlikka  ekiladi. Ekish bilan birga azotli o‘g‘it normasining 20 foizi, fosforli o‘g‘itlarning  qolgan hamma me’yori solinadi. Maxsus ekish moslamalari bo‘lmagan xo‘jaliklarda qator orasini 70 – 90 sm qilib, 8-10 sm chuqurlikda jo‘yak chizib, qo‘lda tuganaklarni egat ichiga qo‘yib, yana kulptivator (okuchnik) yordamida kartoshka ko‘miladi. Ekilgan tuganaklar ustini go‘ng, lignin bilan mulchalash tuganaklarni sovuq urishidan hamda tuproqni qat-qaloqdan saqlaydi.

Tajribakor dehqonlar ertangi kartoshkadan barvaqt hosil etishtirishda eng istiqbolli usul pushta olib ustiga ekishdan foydalanishadi.  Buning uchun qator oralari 70 yoki 90 sm.  qilinib, 18-25 sm.  chuqurlikda  jo‘yaklar kuzda yoki erta bahorda olinadi. So‘ngra pushtaga fevral oxiri-mart oyi birinchi o‘n kunligida nishlatilgan yoki yuqorida ta’kidlangan o‘stiruvchi moddalar eritmasida ivitilgan  tuganaklar 6-7 sm. chuqurlikda ekiladi. Ekish bilan darhol chirigan va elangan go‘ng yoki yorug‘lik o‘tkazuvchi polietilen  plyonkasi yordamida  mulpchalash issiqlik va namlik rejimini tartibga solib, barvaqt va qiyg‘os ko‘chatlar olishni, hosil to‘plashni tezlashtiradi.

Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: kartoshkaning Oʼzbekiston Respublikasi Davlat reestriga 63 ta navi kiritilgan. Ertapishar navlardan Latona, Fresko, Red Skarlet, oʼrtagi-ertagi Kondor, Marfona, Romano, Kuroda, Sante, Diyora, oʼrtapishar Toʼyimli, Umid, Koʼk saroy, Serhosil, Аladin, Аrinda, Аrnova, oʼrtagi-kechki Аqrob, Mondial, Diamant, Pikasso va boshqalar shular jumlasidandir.

Urugʼ tanlash. Kartoshka hosilini oshirish, sifatini yaxshilash va erta yetilishini taʼminlash uchun uni undirilgan tuganaklaridan ekish kerak. Undirilgan tuganaklarni bahorgi muddatlarda ekish undirilmagan tuganaklarni ekishga qaraganda hosilni 12–15% oshirib, 10–15 kun erta pishishiga imkon beradi. Mahalliy sharoitda tayyorlangan urugʼlar undirish xonalariga ekishdan 30–35 kun oldin, chetdan keltirilgan urugʼliklar 20–25 kun ilgari qoʼyiladi. Undirish xonasida yorugʼlik va 18–22oS daraja issiq harorat yaratilishi lozim. Urugʼliklar mayda yirikligiga qarab (40–60, 60–80, 80–100 g) saralab undirish xonaning pollariga, soʼkchaklarga (stellaj) 2–3 qatlamdan oshirmay yoki 12-20-25 kg. li yashiklarga qoʼyish lozim. Ularni yashil nishlari ekish davrigacha qoʼlda qoʼyib ketmon bilan yopib ekiladigan boʼlsa 3–4 sm. gacha oʼstirib ekilsa boʼladi. Ogʼirligi 100 g. dan katta tuganaklarni bahorda ekish uchun ikki-uch boʼlakka boʼlinadi.


Download 116.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling