Hosilni yigʼishtirish. Kartoshka tuganaklari 25–30 sm chuqurlikda shakllanadi, shuning uchun ketmon yordamida chuqurroq kovlab olinadi. Bu davrda tuproq nam boʼlishi lozim. Shunda kartoshkalarni beshikast yigʼishtirishga erishiladi.
2.3 Maxsus substratli qoplarda va idishlarda kartoshka yetishtirish usuli
Hozirgi kunda kartoshka yetishtirishning an’anaviy usulidan tashqari, yanada qulay, mo‘l hosil olishga asoslangan zamonaviy usullari ham ishlab chiqilmoqda. Shulardan biri maxsus idish – barrelda kartoshka yetishtirish usulidir.
Bu prinsip bochkalar va boshqa shunga o‘xshash idishlarga asoslangan bo‘lib, ular metall, plastmassa yoki yog‘och bo‘lishi mumkin. Asosiy shart shundaki, barrel 30 sm dan baland bo‘lishi kerak, ildizlarga namlik va kislorod mo‘l miqdorda beriladi, tuproq bo‘shashmagan va to‘yimli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |