Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Download 116.62 Kb.
bet2/72
Sana09.01.2022
Hajmi116.62 Kb.
#255210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)

XULOSA VA TAVSIYALAR…………….………………………………

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ........…………..

Kirish

Yerdan unumli foydalanish, bu – birinchi navbatda eksport, ikkinchidan oziq-ovqat mahsulotlarining zaxirasi, ya’ni ichki bozordagi to‘kinlik va barqaror narx-navo degani

Kartoshka oziq-ovqat, yem- xashak va texnik ahamiyatga ega bo‘lgan universal ekindir. U dunyo dehqonchiligida maydoni bo‘yicha sholi, makkajo‘xoridan keyingi o‘rinda turadi. Shuning uchun ko‘pchilik Yevropa mamlakatlarida “Ikkinchi non” deb yuritiladi. O‘zbekiston kartoshka asosan oziq-ovqat sifatida is’temol qilish uchun ishlatiladi. Kartoshkachilikni rivojlantirish va uni ilg‘or sohaga aylantirish bevosita yuqori navli moslanuvchan, kasallik va noqulay sharoitlarga chidamli mashina mexanizmlari yordamida ekish, yetishtirish hamda yig‘ishga mos va yaxshi saqlanuvchan navlarni tanlash va yaratishga bog‘liq. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz hukumati tomonidan Respublikada kartoshka ishlab chiqarishni ko‘paytirishga alohida e’tibor berilmoqda. Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 6-may sanasida “Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug‘chilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bizning Respublikamiz aholisi kartoshkaga bo‘lgan talabini qondirish, urug‘lik fondini yaratish uchun ayni kartoshka mahsulotlarni, ikki martaga ko‘paytirish zarur bo‘ladi. Kartoshkachilik dunyo dehqonchiligida, shu jumladan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida asosiy rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda Respublikamizda “Agrover” MCHJ tashkil etilib, kartoshka yetishtirish texnologiyasini maksimal mexanizatsiyalashtirish, kartoshkaning urug‘lik materialini birlamchi qayta ishlash va o‘z quvvatlarida saqlash ishlarini to‘liq amalga oshirdi. Natijada hozirgi kelib kartoshka yetishtirishda zamonaviy texnologiyalar yaratildi va hosil miqdori oshdi. Bunga albatta Respublika sharoitida bajarilgan ilmiy-tadqiqot natijalari, ilg‘orlar tajribasi va dunyoga mashhur texnologiya, fan texnika yutuqlarini joriy etish orqali erishilmoqda. Kartoshkachilikni rivojlantirishning asosiy yo‘llaridan biri hosildorlikni oshirish, zamonaviy urug‘chilikni tashkil etish va rentabellikni oshirish hisoblanadi. Respublikamiz qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan kartoshkachilikni rivojlantirish aholini oziq-ovqatga bo‘lgan talabini qondirishda alohida ahamiyatga ega.




Download 116.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling