Tadqiqot gipotezasi. Agar quyidagilar amalga oshirilsa:
Kartoshka o‘simligining kelib chiqishi, tarqalishi, dunyo bo‘ylab, mamlakatimizda va viloyatimizdagi ekin maydoni, hosildorlik darajasi to‘g‘risidagi statistika haqida ma’lumotga ega bo‘linsa;
O‘simlikning navlari, botanik, biologik xususiyatlari va yetishtirish texnologiyasi o‘rganilsa;
Kartoshkani yetishtirish uchun zarur shart-sharoitlarni o‘rganilsa;
Kartoshka o‘simligining kasallik va zararkunandalarini va ularga qarshi kurash choralari o‘rganilsa;
Avvalo an’anaviy usuldan, jumladan, ochiq maydonda keng va qo‘sh qatorlab ekish usulidan foydalanib samaradorlik tahlil qilinsa;
Yopiq maydonda keng va qo‘sh qatorlab ekish usulidan foydalangan holda hosil olinib, hosil miqdori aniqlansa;
Turli zamonaviy usullardan foydalangan holda kartoshka yetishtirilib, jarayon tahlil qilinsa, kartoshka o‘simligi haqida umumiy ma’lumotlarni yaxlitlash, uning zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, kartoshka yetishtirishning turli usullarini joriy qilish va olingan tahlil natijalariga asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |