Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti
Respublika bo‘yicha kartoshka ekilgan maydonlar miqdori hududlar kesimida
Download 116.62 Kb.
|
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAVOIY VILOYATI HUDUDLARI BO‘YICHA KARTOSHKA YETISHTIRISH HAJMI-TONNA
- 2020-2021-YILLARNING QISH-BAHOR MAVSUMIDA AHOLINI VA IJTIMOIY SOHA MUASSASALARI EHTIYOJLARINI KAFOLATLI TA’MINLASH MAQSADIDA ISTE’MOL KARTOSHKASINI ZAXIRAGA JAMG‘ARISH HAJMLARI
- 1.2. Kartoshka o‘simligining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, navlari, ularning botanik, biologik xususiyatlari va yetishtirish texnologiyasi Ahamiyati
Respublika bo‘yicha kartoshka ekilgan maydonlar miqdori hududlar kesimida
Respublikada iste’mol va urug‘lik kartoshka yetishtirishni oshirish, kartoshkachilik sohasida klaster va kooperatsiya mexanizmlarini kengaytirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, kartoshkaga bo‘lgan ichki bozor talabini to‘liq qondirish maqsadida ayrim hududlar kartoshka ekishga ixtisoslashtirildi. Bu davr mobaynida 207,4 ming tonna (102,5 foiz) don, 65,5 ming tonna (102,0 foiz) kartoshka, 194,6 ming tonna (101,6 foiz) sabzavotlar, 50,4 ming tonna (103,5 foiz) poliz, 75,7 ming tonna (105,0 foiz) mevalar, 63,2 ming tonna (105,5 foiz) uzum yig‘ib olindi. Kartoshka yetishtirish bo‘yicha bir qancha yangi usullar joriy etildi va tumanlar kesimida quyidagi natijaga erishildi: NAVOIY VILOYATI HUDUDLARI BO‘YICHA KARTOSHKA YETISHTIRISH HAJMI-TONNA
Bu ko‘rsatkichlar kartoshka hosildorligi ortib borayotganini ko‘rsatadi. Kartoshka o‘simligi mamlakatimizga kirib kelgan davrdan to shu kungacha o‘simlikni yetishtirish borasida ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishildi. Jumladan, 2009-yilda kartoshka bozorining yetakchilaridan bo‘lgan Agrover MChJ agroxolodingi tashkil etildi. Mazkur kompaniya har yili iste’mol uchun kartoshka bozorini elita navli kartoshka urug‘lari hamda eng sara kartoshka mahsuloti bilan ta’minlab keladi. Shuningdek, kartoshkaning yangi serhosil navlari yaratildi. Ekin maydonlari hajmi ko‘paytirildi. 2020-yilda esa bu borada yanada ko‘proq ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu say-harakatlarning hech biri bekorga emas albatta. Ko‘zlangan maqsadga erishish orqali kartoshka narxining yildan-yilga oshishini oldini olish va aholi jon boshiga yetarli miqdrda hosil olishga erishish mumkin. 2020-2021-YILLARNING QISH-BAHOR MAVSUMIDA AHOLINI VA IJTIMOIY SOHA MUASSASALARI EHTIYOJLARINI KAFOLATLI TA’MINLASH MAQSADIDA ISTE’MOL KARTOSHKASINI ZAXIRAGA JAMG‘ARISH HAJMLARI
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham so‘nggi yillarda kartoshka yetishtirishga katta e’tibor qaratmoqdalar. Jumladan, joriy yil 29-aprel, chorshanba kuni, koronavirus pandemiyasi davrida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va narx-navo barqarorligini saqlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Qolaversa, 2020-yil uchun “Kartoshka ekiladigan yerlarni kamida 50 ming gektarga yetkazish va hosildorlikni 2 barobar oshirish” to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. 1.2. Kartoshka o‘simligining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, navlari, ularning botanik, biologik xususiyatlari va yetishtirish texnologiyasi Ahamiyati: Kartoshka yer sharida eng muhim oziq-ovqat ekinlaridan biri hisoblanadi. Bu borada bug‘doy, sholi va makkaxo‘joridan keyingi o‘rinda turadi. Kartoshka oziq-ovqat sanoati va texnikada har tomonlama foydalanish imkoniga ega o‘simlik. Uning tugunaklari odamlar va chorva mollari uchun eng yaxshi va arzon ozuqa sifatida ishlatiladi. Chorva mollariga kartoshka tuganaklari xomligicha, siloslangan yoki bug‘langan, palagi esa yangiligicha va siloslangan holda beriladi. Bundan tashqari, kartoshka tugunagi qayta ishlangan vaqtida chiqadigan chiqindi (barda, turpi) ham mollarga beriladi. Kartoshka tuganagini oziq-ovqatda ko‘p ishlatishga sabab - uning tarkibida inson organizmi yaxshi o‘zlashtiradigan uglevodlar, oqsillar asosan, kraxmalning ko‘pligi, С vitamini, mineral tuzlar, temir, kalsiy va boshqa moddalaming mavjudligidadir. Kartoshka tugunagida 25% quruq modda, 14-22% kraxmal, 1,4-3% oqsil, 1% atrofida yog‘ochlik, 0,3% yog‘ va 10,8-1% kul moddasi, vitamin C, B6, Pp, K bor. Yangi tugunagida vitaminlar ko‘p bo‘ladi. Yer sharida kartoshkadan 200 dan ziyod xilma-xil oziq-ovqat tayyorlanadi. Kartoshka turli tarzda iste'mol qilinadi, qayta ishlashda ham ishlatiladi. 100 kg yangi tuganagi- 29,5; silosi-8,5; yangi bardasi-4; quruq bardasi-52 oziqa birligi saqlaydi. Bir gektardan 150 sentner tugunak va 80 sentner barg poya olinsa, 5500 oziqa birligi to‘planadi. Kartoshkaning yorug‘lik ta'sirida ko‘kargan - yashil tusga kirgan tugunaklari iste'mol uchun yaroqsiz, zaharli, tarkibida solanin bor. Qaynatilganda solanin miqdori kamayadi. Bu zaharli modda ta’siri uni pishirish vaqtida qisman yo‘qotiladi. Kartoshka - texnik ekin hisoblanadi. Uni 1 tonna tuganagidan 112 litr spirt, 55 kg uglekislota, 0,39 litr sivush moyi, 1500 litr barda yoki 170 kg kraxmal, 80 kg glukoza va boshqa mahsulotlar olinadi. Kartoshka tuganagidan olinadigan spirt sifati jihatidan ancha yuqori turadi. Shuning uchun u farmatsevtika, atir-upa hamda aroq ishlab chiqarish sanoatida keng foydalaniladi. Undagi kraxmal konditer, mato to‘qish va kolbasa ishlab chiqarishda ham ishlatiladi. Respublikamiz miqyosida kartoshka, asosan oziq-ovqat maqsadida yetishtiriladi. Yetishtirilgan kartoshkaning 25-30% urug‘lik sifatida foydalaniladi. Kartoshka Yevropada keng iste’mol qilinadi. FAO ma’lumotlariga ko‘ra Belorussiyada bir yilda odam boshiga 175 kg, Polshada 144 kg, Ukrainada 138 kg, Rossiyada 127 kg, AQSHda 60 kg, Kanadada 65 kg, Italiyada 39 kg va O‘zbekistonda 64 kg kartoshka iste’mol qilinadi. Kartoshkani 100 dan ortiq navi ekishga tavsiya etiladi. Oshxonabop navlarining tugunagi yumaloq, yaxshi saqlanadigan va pishadigan, ezilib ketmaydigan, mazali bo‘lishi lozim. Kartoshka ekiladigan maydonlarning kengaytirilganligi va hosildorlik oshirilganligiga qaramasdan, uni yetishtirish o‘sib kelayotgan aholining talabi, chorvachilik va qayta ishlash sanoatining ehtiyoji darajasida emas. O‘zbekistonda ekiladigan Gollandiya navlari eng serhosil bo‘lib, bizda yaratilgan navlarga qaraganda yuqori hosil beradi va aholini kartoshka bilan ta’minlaydi. Download 116.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling